4
KIRISH
Har bir kasb o‘zining rivojlanish tarixiga ega bo‘lib, jamiyatda ifodalangan
muammoning yechimini topishi natijasida yuzaga keladi hamda insonning umumiy
va xususiy tayyorgarliklari hamda aniq harakatlarni amalga oshirish uchun
o‘zlashtirilgan bilim va orttirilgan tajribalari
natijasida egallagan amaliy
ko‘nikmalarining yig‘indisi hisoblanadi. Bu jarayonda bajariladigan har bir harakat
o‘z mazmuniga ega bo‘lib, ijtimoiy muammoni bartaraf etishga yo‘naltirilgan
bo‘ladi. Jumladan, tug‘ma nogironligi, orttirilgan nogironligi,
kasbiy nogironligi,
boquvchisini yo‘qotganligi sababli ijtimoiy xizmat olishga ehtiyojmandlarga
yordam berish nafaqat tuzilishi balki maqsadi va xizmat ko‘rsatish tarzi bilan ham
ajralib turadi. Ijtimoiy munosabatlar tizimida turli xil nizoli vaziyatlar, inqirozlar,
hissiy muammolar, spirtli ichimliklarga ruju qo‘yish, giyohvandlik, majruhlik,
ishsizlik, nogironlik, nochorlik, tobelik, darbadarlik va hokazolarda amaliy yordam
berish uchun ijtimoiy xizmat ko‘rsatish mutaxassislari faoliyat yuritadi. Madaniy-
tarixiy yondashuv asosida ta’kidlash lozimki, har bir
kasb jamiyatda ifodalangan
muammoning yechimini amaliy jihatdan hal etish natijasida yuzaga kelgan.
Ijtimoiy ish insonga
jismoniy, ma’naviy va psixologik ko‘maklashishda bilim va
tajriba orttirib, uni amaliyotda qo‘llash natijasida institutsonallashdi
va bugungi
kunda tarmoqlashuv jarayoni ham kechmoqda. Bu jarayonda bajariladigan har bir
harakat o‘z mazmuniga ega bo‘lib, ijtimoiy muammoni bartaraf etishga
yo‘naltirilgandir. Oxir-oqibatda ijtimoiy ish ijtimoiy xohish-irodaga aylanib
fenomenlashmoqda va natijada ijtimoiy ishning etik-professional qadriyatlarini
o‘rganishga nisbatan bo‘lgan talab kuchayib bormoqda. Ayniqsa, 2020-yilda
dunyoda ro‘y bergan COVID-19
pandemiyasi
1
davrida insoniyatga to‘g‘ridan-
to‘g‘ri tahdid solish xavfi-ning kengayishi natijasida ijtimoiy ish va xizmat
ko‘rsatishga nisbatan talabning yanada oshishiga sabab bo‘ldi. Shu boisdan ham
inson hayoti va faoliyatiga, jamoa a’zolarining jismoniy, ma’naviy va psixologik
salomatligiga ta’sirini tushuntirib berishga, shaxsiy va kasbiy vazifalarni bajarish
uchun faol harakatlarni amalga oshirishga, inson kamolotini ta’minlashda “Inson –
Tabiat – Noosfera” orasidagi munosabatlarni ziddiyatsiz kechishini ta’minlashga
doir
bilimlarni yetkazishga, turli shakl va ko‘rinishdagi xavf va tahdidlar inson,
jamiyat va davlat darajasida namoyon bo‘lganda, maqbul harakatlarni amalga
oshirish texnikasini o‘rgatishga nisbatan talablarning oshganligini nazarga olgan
holda tayyorlanayotgan ijtimoiy ish mutaxassis
kadrlariga chuqur bilim berish,
ko‘nikma va malakalarini shakllantirish yanada dolzarblashdi.
O‘zbekiston Respublikasining “Keksalar, nogironlar va aholining boshqa
ijtimoiy ehtiyojmand toifalari uchun ijtimoiy xizmatlar to‘g‘risida”gi qonunning 5-
moddasida: “Ijtimoiy xizmatlar shaxsning turmushi sifatini oshirishga, unga
jamiyat hayotida ishtirok etishning boshqa fuqarolar bilan teng bo‘lgan
imkoniyatlarini yaratishga va o‘zining asosiy hayotiy ehtiyojlarini mustaqil
Do'stlaringiz bilan baham: