353
“Bir necha yil davomida Turkiya bilan
chegaradosh hudud aholisi
chegaraning narigi tarafidagi Turkiya fuqarolari bilan qarindoshlik aloqalarini
saqlab kelmoqda. Ayrimlari Turkiyaga muhojirlikka ketmoqda. Shuningdek, ular
faol ravishda kontrabanda bilan shug‘ullanmoqda va turk josuslik idoralariga turli
ma’lumotlar yetkazib berib, o‘zlari ham josuslik to‘dalarini
tuzishda xizmat
qilmoqda...
NKVD Axalsix, Axalkalaki, Adigen, Aspindz va Bogdanovsk tumanlaridan
hamda Ajariya ASSRning bir necha tumanidan 16 700 turk, kurd, xemshinli oilala-
rini ko‘chirish lozim deb hisoblaydi”.
Stalin Beriyaning bu taklifini ham ma’qullaydi. 31-iyul kuni SSSR mudofaa
ishlari bo‘yicha davlat qo‘mitasi №6279-raqamli “mutlaqo maxfiy” qarorni qabul
qildi. Qarorda Gruziya SSR janubida, Sobiq Ittifoqning Turkiya bilan chegara
hududlarida yashovchi mesxeti turklari, kurdlar va xemshinlilarni O‘zbekiston,
Qozog‘iston va Qirg‘iziston hududiga badarg‘a qilish ko‘zda tutilgan edi.
“Mutlaqo maxfiy” qaror 1944-yilning iyul oyida qabul qilingan bo‘lsa-da,
Beriya negadir uni bajarishni noyabr oyigacha kechiktiradi. 14-noyabr kuni
birdaniga Mesxetiyani NKVD xodimlari bosadi va mahalliy
aholiga zudlik bilan
uylarini tark etishi lozimligi, aks holda buyruqni bajarishdan bo‘yin tovlaganlikda
ayblanib, o‘sha joyning o‘zida otib tashlanishi mumkinligi aytiladi.
Aholini zudlik bilan quvg‘in qilish ishlariga NKVD va xavfsizlik
xizmatining 4 mingdan oshiq tezkor xodimi jalb etiladi. Odamlarga jo‘nash uchun
bor-yo‘g‘i ikki soat vaqt beriladi. Mesxeti turklar zo‘rg‘a kiyim-kechak olishga
ulguradi.
Shundan so‘ng, 17-noyabr kuni mesxeti turklarni 25-eshelonda vagonlarga
tiqib, Markaziy Osiyoga jo‘natishadi. Quvg‘in
kuzning sovuq kunlarida
boshlangan bo‘lsa-da, mesxeti turklar yuk vagonlarida manzilga dekabrning
so‘nggi o‘n kunligida, qishning ayozida yetib borishadi. Ana shunday og‘ir
sharoitda manzilga yetib borguncha surgun qilinganlarning 25-30 foizi halok
bo‘ladi.
Havo sovuq bo‘lgan kunlarda, yuk vagonlarda 5-6 haftalab uzoq yo‘l bosish
mesxeti turklarni holdan toydiradi. Yuk vagonlaridagi og‘ir holat,
kasallik va
epidemiya tarqashiga sabab bo‘ladi, oqibatda ko‘pchilik halok bo‘ladi.
Mesxeti turklarning omon qolgan qismi O‘zbekiston, Qozog‘iston va
Qirg‘izistonga yetib kelganda qishning ayni avj pallasi edi. Ana shunday holatda
ular sovuq baraklar, palatkalarda jon saqlashga majbur bo‘ladi. Bugun yurtimizda
yoki boshqa yurtlarda yashayotgan keksa yoshdagi mesxeti turklardan o‘sha
dahshatli kunlar haqida so‘rasangiz, ular gap boshlashdan avval, albatta, ko‘z yosh
to‘kib oladi. Sababi, ularning aksariyati juda yosh bo‘lgan, uyidan, vatanidan quvib
chiqarilgani yetmaganday, so‘nggi manzilga yetib kelguncha o‘z yaqinlarini ham
yo‘qotgan.
Quvg‘in qilinganlarning umumiy soni qariyb 120 ming nafar bo‘lgan. Ularni
avvaliga maxsus baraklarga, palatkalarga joylashtirishadi.
Keyinchalik mahalliy
aholi yordamida ular uy-joy tiklab oladi. Quvg‘in qilinganlarga o‘zlari joylash-
tirilgan hududdan boshqa joylarga borish taqiqlanadi.
354
1953-yilning martida Stalin vafot etadi. Uning davrida nohaq qamalganlar
bilan birga nohaq quvg‘in qilinganlar ishi ham qayta ko‘rila boshlanadi. Nihoyat,
1956-yil 18-aprelda sobiq Ittifoq Oliy Soveti Prezidiumi boshqa millatlar qatori
mesxeti turklari, kurdlar va xemshinlilarning quvg‘in qilinishi xato bo‘lgani haqida
qaror qabul qiladi. Shundan so‘ng, boshqalar qatori mesxeti turklariga ham Sobiq
Ittifoq bo‘ylab
erkin harakatlanib, ko‘chib yurish huquqi beriladi. Ammo
boshqalardan farqli o‘laroq, mesxeti turklariga tarixiy vatani Mesxetiyaga
qaytishga ruxsat berilmaydi. Shu sababli ularning asosiy qismi surgun qilingan joyi
– O‘zbekiston, Qozog‘iston va Qirg‘izistonda yashab qoladi. Ozroq qismi
RSFSRdagi Kabardin-Bolqor ASSRdan berilgan yerga ko‘chib boradi.
Mesxeti turklari – oltoy tillari oilasining turk guruhiga kiruvchi, turk
tillarining o‘g‘uz
lahjasida gapiruvchi, turk, ozar va gagauz millatlariga yaqin
bo‘lgan millat hisoblanadi. Ular o‘zlarini Ahiska turklari (Ahıska Türkleri) deb
ataydi. Bugun dunyoda yarim milliondan oshiq mesxeti turklari bor. Ular dunyo
bo‘ylab tarqalib ketgan. Mesxeti turklarining eng katta qismi Qozog‘iston, Rossiya
va Turkiyada yashamoqda. Ularning aksariyati islom dinining sunniylik
yo‘nalishiga, hanafiya mazhabiga amal qiladi.
Bugun
bu millatga Turkiya, Ozarboyjon katta e’tibor va yordam beryapti.
Masalan, 2014-yilda Ukraina sharqida ayirmachilar bilan hukumat o‘rtasida qurolli
mojaro kelib chiqqanida Turkiya hukumati mojaro ichida qolgan mesxeti
turklariga boshpana berishini ma’lum qiladi va 400 nafarga yaqin mesxeti
turklariga boshpana beradi. Qolaversa, Turkiyaga ko‘chib
boradigan mesxeti
turklariga ham ko‘plab imtiyozlar taqdim etiladi.
O‘tgan asrning 80-yillari oxirida mustabid bir tuzum bo‘lgan Sobiq Ittifoq
parchalanib ketish arafasiga kelib qoladi. Ana shunday vaziyatda mamlakatni
tarqab ketishdan asrab qolishga ko‘zi yetmagan Sobiq Ittifoq rahbariyati turli
hududlar bo‘ylab, turli millatlar o‘rtasida qonli nizolar uyushtira boshlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: