Samarqand davlat universiteti isoqjon negmatov ijtimoiy ishning etik


 Ijtimoiy ish amaliyotini amalga oshirish va axloqiy me’yorlar



Download 3,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet231/320
Sana26.01.2023
Hajmi3,6 Mb.
#903183
1   ...   227   228   229   230   231   232   233   234   ...   320
Bog'liq
544380b408b004544d7b8cdc14ddc379 Ijtimoiy ishning etik professional qadriyatlari

3. Ijtimoiy ish amaliyotini amalga oshirish va axloqiy me’yorlar 
Ta’kidlash lozimki, ijtimoiy ishni institutsional rivojlanishi uchun ijtimoiy 
yordam oluvchilarni individual shaxsiy xususiyatlarini ham inobatga olish lozim 
bo‘ladi. Negaki soha mutaxassisi yosh bolalar, keksalar, turli darajada 
rivojlanishida og‘ish kuzatilganlarga amaliy yordam ko‘rsata olish bilan birga, 
ularni hayot tarzi va mazmunini ta’minlashda bevosita ishtirok etishni inobatga 
olish lozim bo‘ladi. Ko‘rinib turidki, Ijtimoiy ish soha mutaxassislarini 
tayyorlashda tizimli tarzda yondashishni taqozo etadi. Masalan, amaliy yordam 
ko‘rsatish amaliyotida ko‘p uchraydigan holat bu, ideal “Men” va joriy “Men” 
orasidagi hamda subyektda “istayman-qo‘limdan kelmaydi” va “istamayman-
birovning yordamiga doimiy tarzda zarurat sezaman” kabi tasavvurlarning 
mavjudligi asosida yuzaga keladigan nizolar ko‘p uchraydi. Bu turdagi nizo 
shaxsiy darajada yuzaga kelib, galdagi rivojlanish bosqichida shaxslararo mazmun 
kasb etishi mumkin. Boz ustida inson organizmining harakatlanishi quyidagi 
dinamik faollikni qamrab olganligini inobatga olsak, bu masala alohida 
tayyorgarlik asosida yondashish lozimligini taqozo etadi: 
- tenglashtirish jarayoni (organizmda kuch-quvvatni teng taqsimlash); 
- muhimlikni ta’minlash jarayoni (ijodiylik inson organizmining asosiy 
motivi sifatida); 
- muhit bilan murosaga kelish jarayoni (organizm, o‘z talablariga mos 
tushadigan muhitni izlashi) va h.k. 
Bu holatda ijtimoiy ishning maqsadi, samarasiz shaxs tuzulishi 
dezintegratsiyasini, nisbatan rivojlangan tarzda shakllantirishdan iborat bo‘ladi. 
Bundan ko‘rinib turibdiki, bu bevosita psixokorreksiya o‘tkazish faoliyati bilan 
bog‘liq hodisadir. 
Ijtimoiy ish doirasida birlamchi yordam qachon yetkaziladi? – degan savol 
ko‘pchilikni qiziqtiradi. Bu savolga javob berish uchun muammoning xarakteri, 
vaziyati, yordam ko‘rsatish turi, vaqti va joyini inobatga olish lozim bo‘ladi. 
Ammo yordam ko‘rsatish jarayonida salbiy ta’sir ko‘rsatadigan omillar mone’lik 
ko‘rsatishi kuzatiladi, bunda quyidagilarni hisobga olish tavsiya etiladi:
 
1) nochorlik hissini yuqori darajada ifodalanganligini; 
2) ijtimoiy yordam olishga ehtiyojmandni o‘lim bilan “yuzlashgan”ligini; 
3) tanada qattiq jismoniy shikastlarni kuzatilishini; 
7.Umumlashtirilgan 
nazariya 
O‘z yo‘nalishi rivojlanti-rish 
va 
yangi 
nazariyalarni 
egallash 
Bitta nazariyaga asoslanadi, 
boshqasini bilmaydi. 
8. Pozitsiya 
Kasbiy refleksiyaga asos-
langan pozitsiya 
Men konsepsiyasiga asoslan-
gan pozitsiya. 
9. Maslahat maqsa-
dini inobatga olini-
shi 
Mijoz buyurtmasi bo‘yicha 
aniq ishlash. Maslahatning 
aniq maqsadini ta’qib etish. 
Maslahat chegarasini kengay-
tiradi yoki kamaytiradi. Suhbat 
maqsadi haqida xira tasavvur-
ga ega yoki aniq maqsadga ega 
emas. O‘z taxminlari asosida 
mijoz maqsadi almashtiradi 


314 
4) vafot etgan insonga o‘zini o‘xshatishini; 
5) jismoniy yoki psixologik yetuk bo‘lmaganligini; 
6) ijtimoiy aloqalar doirasining torligini; 
7. mavhumlik holati hukmronligini; 
8) shaxsiy va oilaviy yo‘qotishlarni; 
9) ijtimoiy yordam oluvchini yaqinlarining patologik reaksiyasi va 
boshqalar. 
Bunday holatlarda amaliy yordam ko‘rsatish bilan birga psixologik ta’sir 
ko‘rsatish ham lozim bo‘ladi. Chunki ishontirish, tushuntirish, chalg‘itish, ruhlan-
tirish, ehtirom keltirish amaliy yordam ko‘rsatuvchidan psixologik bilimlarga taya-
nishni taqozo etadi. 
Ijtimoiy ishchining professional va etik kodeksining ijtimoiy ishning qadri-
yatlari va tamoyillariga bag‘ishlangan qismi 2004-yil oktyabrida Adelaida 
(Avstraliya)a qabul qilingan Ijtimoiy ish bo‘yicha maktablar xalqaro assosiatsiyasi 
va Ijtimoiy ishchilar xalqaro federasiyasining “Ijtimoiy ish etikasi: tamoyillar 
Deklaratsiyasi” umumiy hujjati asosida ishlab chiqildi. Bu hujjatda ijtimoiy 
ishchilarning o‘z faoliyatlarini etik tomonlari haqida xabardor bo‘lishi professional 
amaliyotning muhim qismi, inson huquqlari va ijtimoiy adolatga amal qilish
 
tamoyillari esa ijtimoiy ish faoliyati uchun belgilovchi hisoblanishi ta’kidlanadi.
Ijtimoiy ishning mohiyati va missiyasi uning noyob va o‘ziga xos xarakterini 
belgilovchi asosiy qadriyatlarida aks etgan. Ijtimoiy ish quyidagi qadriyatlarga 
asosan ish tutadi:
- inson huquqlari va insoniy qadr-qimmatni hurmat qilish;
- ijtimoiy haqqoniylik va gumanizm; 
- sodiqlik va vijdonlilik ; 
- professional vakolatlilik; 
Ijtimoiy haqqoniylik va insonparvarlik ijtimoiy ishning asos soluvchi 
tamoyillari va qadriyatlari hisoblanadi. Bu qadriyatlar bilan bog‘liq ravishdagi 
tamoyillar quyidagilarni anglatadi: 
- ijtimoiy ishchining insonning asosiy ehtiyojlarini qondirish maqsadida teng 
huquqlar hamda imkoniyatlar va vositalarni haqqoniy hamda teng huquqli 
taqsimlashni ta’minlash bo‘yicha faoliyati, davlat va jamoatchilik tashkilotlari 
imkoniyatidan foydalanishning teng kafolatlangan imkonini yaratish va amal qilish 
bo‘yicha faoliyati; 
- ijtimoiy ishchilar ijtimoiy noxush ahvoldagi odamlar chaqiradigan ijtimoiy 
sharoitlar va qiyinchiliklarni aniqlashga ko‘maklashadi, ijtimoiy siyosatning 
shakllanishi hamda uni amalga oshirish mexanizmlarini yaxshilashga ta’sir 
ko‘rsatadi;
- ijtimoiy ishchilar kamsitishning har qanday, jumladan, jins, yosh, u yoki bu 
madaniyatga mansublik, oilaviy holat, ijtimoiy-iqtisodiy maqom, irqiy va diniy 
mansublik belgilari, jismoniy tavsifnoma va jinsiy yo‘nalishni kamsitish kabi 
turlari bilan kurashishlari zarur; 
- ijtimoiy ishchilar o‘z faoliyatida ijtimoiy haqqoniylik tamoyiliga amal 
qilgancha odamlar orasidagi ijtimoiy-madaniy farqlarni inobatga oladi, tan oladi va 


315 
hurmat qiladi; 
- ijtimoiy ishchilar faoliyati inson stigmatizatsiyasi, ajralib qolishini 
uyg‘otadigan va uni ijtimoiylashuv jarayoniga jalb etadigan ijtimoiy sharoitlarni 
tenglashtirishga yo‘naltirilishi darkor. Ijtimoiy ishchining amaliy faoliyati ijtimoiy 
haqqoniylik tamoyillariga amal qilish maqsadida ijtimoiy farovonlikni yaxshilash 
va o‘z-o‘zini aniqlash, o‘zo‘zini ijobiy ro‘yobga chiqarishga ko‘maklashadi. 

Download 3,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   227   228   229   230   231   232   233   234   ...   320




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish