307
o‘rganib borish tavsiya etiladi. Bu vazifani tashkilotdagi psixolog yoki sotsiolog
amalga oshirishi maqsadga muvofiq, negaki individual kasbiy layoqatlilikni
namoyon etish yoki namoyon etmaslik o‘z maqsadlariga ega bo‘lishi mumkin.
Ijtimoiy ish kasbiy tizimi doirasida individual kasbiy layoqatlilikni
ifodalanishida quyidagi maqsadlarda kuzatiladi:
- ijtimoiy ish xodimi egallagan kasbiy mahoratini ish joyiga moslashtirishga
ishtiyoqmandligi;
- ish joyini (lavozimini) saqlash kafolati;
- kasbiy o‘sish uchun aniq asoslarning mavjudligi;
- mehnat bozoriga ijtimoiy ish mutaxassis sifatida kirib borishi;
- yuqori mehnat haqini olishning ta’minlanganligi;
- kasbiy jamoada shaxsiy nufuzini ko‘tarish imkoniyatining mavjudligi;
- ijtimoiy ish mutaxassislari tomonidan kasb ustasi sifatida e’tirof etilishi;
- ijtimoiy ish an’anasini davom ettirish va b.
Ko‘rinib turibdiki, kasbiy
layoqatmanlik nafaqat jamoa, balki alohida
mutaxasisning faoliyatining (bu holat boshqaruvda yoki ishlab chiqarishda
kuzatilishi mumkin) mahsuldorligini oshirishga xizmat qiladi. Shu bois, kasbiy
layoqatlilikni oshirish shaxsiy va jamoaviy ahamiyat kasb etadi.
Kasbiy
layoqatlilikni oshirish deganda, ijtimoiy ish kasbiy faoliyat samaradorligini
ta’minlash uchun tayanch hisoblangan shart-sharoitlarni yaratib, kasbiy ta’lim,
kasb sohasi va yo‘nalishini boshqarish,
trening va seminarlar, namunaviy o‘quv
mashqlar yordamida strategiyani amalga oshirishni tushunish lozim bo‘ladi.
Ijtimoiy ish barcha insonlarning azaliy qadriyatlari va qadr-qimmatining tan
olinishi va shulardan kelib chiqadigan huquqlarini hurmat qilinishiga asoslanadi.
Ijtimoiy ishchilar har bir insonning tinchligini va jismoniy, fiziologik, emotsional
va ruhiy yaxlitligining himoya qilishlari va qo‘llab-quvvatlashlari kerak. Bular
quyidagilarni anglatadi:
1. Mijozning o‘z o‘rnini, yo‘lini mustaqil belgilab olishi huquqini hurmat
qilish.
2. Insonlarning ishtirok etish huquqi. Mijozlarning shaxsiy hayotiga
qiladigan mustaqil qarorlarni qabul qilishlariga imkon yaratish.
3. Insonga butun shaxs sifatida nazar solish.
4. Kuchli tomonlarni aniqlash va rivojlantirish.
Ijtimoiy ishchi o‘zlari olib boradigan insonlarga
va umuman jamiyatga
aloqador bo‘lgan ijtimoiy adolatning o‘rnatilishiga yordam berishga majburdirlar.
Bu quyidagilarni anglatadi:
1. Negativ (salbiy) tahqirlashga qarshi chiqish.
2. Tafovutlarni tan olinishi.
3. Chora-imkoniyatlarning teng taqsimlanishi.
4. Adolatsizlikka qarshi chiqish.
5. Mustahkam birdamlikda ish olib borish.
Do'stlaringiz bilan baham: