Xoja Muhammad Bahovuddin Naqshband
nomi bilan bog‗liqdir. Naqshband 1318 yilda Buxoro yonidagi Qasri Hinduyon
qishlog‗ida tug‗iladi (so‗ngra Hazrati Naqshband sharofati bilan bu qishloq ―Qasri
Orifon‖ deb atala boshlagan). 1354 yilda vafot etgan mutasavvuf olim Xoja
Muhammad Boboi Samosi Bahovuddin Naqshbandning Buxoro yonidagi Qasri
Hinduyon qishlog‗ida paydo bo‗lishini oldindan bashorat qilgan ekan. Mazkur
mutasavvuf donishmand yosh Bahovuddinni o‗ziga o‗g‗il qilib oladi va har
tomonlama uni tarbiya qiladi. Vafotidan oldin uni o‗z shogirdi Sayyid Mir Kulolga
topshiradi. Shu zaylda yosh Bahovuddin o‗sha davrdagi atoqli mutasavvuf Sayyid
Mir Kulol qaramog‗ida ta‘lim olgan. Tasavvufning mashhur bilimdoni, atoqli
sharqshunos E.E.Bertelsning yozishicha, Naqshband ta‘limotining asosida ixtiyoriy
ravishdagi faqirlik yotadi… Shunga binoan, Bahovudin Naqshband umri bo‗yi
dehqonchilik bilan kun kechirgan, o‗z qishlog‗ida unchalik katta bo‗lmagan eriga
bug‗doy va mosh ekar ekan. U uyida hech qanday mol-dunyo va boylik saqlamagan.
Qishda qamishlar ustida, yozda esa bo‗yra ustida yotib kun kechirgan. Uning uyida
hech qachon xizmatkor ham bo‗lmagan. Hazrati Naqshband butun umrini o‗z xohishi
bilan faqirlik va yo‗qsilliqda o‗tkazgan. Zero, bu tariqatning asl aqidasi – ―Dil – ba
yor-u, dast – ba kor‖ – ya‘ni ―doimo ko‗ngling Allohda bo‗lsin, qo‗ling esa ishda‖
degan g‗oyani ilgari suradi. U o‗z qo‗l kuchi bilan kun ko‗rishni yoqtirgan, topgan-
tutganlarini – etim-esirlarga, beva-bechoralarga in‘om etgan, hukmdorlardan doimo
o‗zini yiroq tutgan, ular oldida hech qachon ta‘magirlik qilib yashamagan.
Naqshbandiyada piru muridlik qoidalari xiyla osonlashtirilgan, sirtdan turib
e‘tiqod qo‗yish, imon mustahkamligi, Haq taologa sidqidildan itoat etish, ixlos va
ma‘naviy kamolot asosiy o‗rin egallaydi. Rasm- rusumlar, odatlarni ko‗r-ko‗rona ado
etish, riyo, soxta dindorlik qoralanadi. Axloqiy poklik, qanoatli, sabrli bo‗lish,
ixtiyoriy faqirlik bilan Allohga intilish yuksak fazilat hisoblanadi. Naqshbandiyada
odamning qadri mansabi, boyligi bilan emas, ma‘naviy komilligi bilan o‗lchanadi.
Unda hunar, kasb egallab, o‗z mehnati bilan halol luqma yeb yashash talab qilinadi,
tilanchilik, darbadarlik bilan kun kechirish sufiy uchun isnod sanaladi. Qul,
xizmatkor saqlash, o‗zganing mehnatidan foydalanish ham man etiladi.
Naqshbandiyaning yuqoridagi shiori tarkidunyochilikka, tekinxo‗rlikka qarshi
qaratilgan. Naqshbandiyada manmanlik, sufiy, shayxman deb kerilish, shovqin-suron
ko‗tarib zikru samo‗ bilan odamlar diqqatini o‗ziga qaratish qoralanadi.
Naqshbandiyada asosiy talab — qalbni dunyo g‗uborlaridan tozalash, o‗z nafsi
bilan kurashib ruxda charog‗onlik topish, qalbda Alloh nomlarini naqshlab borish
usullari ishlab chiqilgan. Zikri xufiya (yashirin zikr tushish) shunga xizmat qilgan.
«Tashqaridan xalq bilan, ichkaridan Haq bilan bo‗lish», har bir nafasni Xudo yodi
bilan chiqarish, qadamni savob ishlar, ezgu amallar sari qo‗yish, yurt kezib, aziz-
avliyolar qabrini ziyorat qilish, g‗ofillarni hushyor etish, har qanday holatda qalb
ogohligiga erishish — Naqshbandiyning asosiy ma‘naviy tarbiya usuli hisoblangan.
Naqshbandiyada pir va murid orasidagi ma‘naviy orifona suhbatga katta e‘tibor
qilingan. Naqshbandiyaga ko‗ra, suhbat — anjuman ichra bo‗lish, bilmaganni bilib
olish, yuksalish, karomatlar siru asrori, ilohiyot olami nurlaridan baxramandlik
bo‗lsa, buning aksi — xilvat esa kishini bilimdan, ma‘rifatdan mahrum qiladi.
Naqshbandiyada o‗zini o‗zi nazorat qilib borish, olgan bilimlarini dilda
mustahkamlash, umrning har bir damini savob ishga, har bir nafsni ma‘naviy kamolot
uchun sarflash lozim deyiladi. «Vuqifi zamoniy» (muayyan vaqtda to‗xtab o‗zini
tekshirish),«vuqufi adadiy» (ishlarini sarhisob qilib tekshirish), «vuqufi qalbiy» (qalb
amallari qanday bo‗layotganligini to‗xtab, tekshirib borish) kabi shiorlar («qudsiy
so‗zlar») ham ana shu nazorat usuliga kiradi. Naqshbandiy, shu tariqa, tasavvufni
islom shariati va payg‗ambar sunnati bilan yanada mustahkamroq bog‗ladi. «Urvatul
vusqo», ya‘ni barcha ishda payg‗ambar so‗zlari va ishlariga suyanish Naqshbandiya
shiorlaridan biriga aylandi. Naqshbandiyada sufiylik iste‘dodiga ham e‘tibor berilgan,
ya‘ni ba‘zi kishilarning men falon silsiladanman, nasl-nasabim falon-falonchilarga
borib taqaladi, degan gaplariga qarshi Bahouddin Naqshband «gan silsilada emas»,
gan Allohning jazibasida» deb aytadi. Jaziba bo‗lmasa, sufiylikda maqomatlarga
ko‗tarilish qiyin.
XIV asrda Markaziy Osiyoda paydo bo‗lgan ―Naqshbandiya‖ ta‘limoti
Afg‗oniston orqali Hindistonga va boshqa islom yurtlariga shiddat bilan tarqala
boshlaydi. Naqshbandiya ta‘limoti Temurning mo‗g‗ullar iste`losiga qarshi kurash,
mustaqil davlat barpo etib, unda madaniy-ma‘naviy rivojlanishni ta‘minlashga
intilishida, temuriylar davri madaniy yuksalishida katta ijobiy ahamiyat kasb etadi.
XV asrning ko‗p olim-fozillari, davlat arboblari, san`atkorlari Naqshbandiya
ta‘limotidan keng foydalandilar, unga o‗ta ijobiy munosabatda bo‗ldilar. Zahiriddin
Muhammad Bobur (1483–1530) davrida, undan keyingi XVI – XVII asrlarda bu
jarayon ancha tezlashadi. Naqshbandiya tariqati XVI asrda Xoja Muhammad al-
Boqiy Kobuliy (vafoti 1605) Hindistonga borgandan so‗ng, Hind tuprog‗ida ham bu
avj oladi. Bu mashhur mutasavvuf olim Afg‗on va Hind yurtlarida Xoja Boqibillo
nomi bilan mashhurdir. Uning shogirdi Xoja Ahmad Foruq Sirhindiy (1563–1624)
esa Naqshbandiya ta‘limotining XVII asrda Hindistonda yoyilishida katta ro‗l
o‗ynagan.
Shunday qilib, bizning tabarruk yurtdoshimiz Hazrati Bahovuddin Naqshband
tomonidan asoslangan Naqshbandiya ta‘limoti Markaziy Osiyo, O‗rta va Yaqin Sharq
xalqlarining ijtimoiy-siyosiy, ma‘naviy-madaniy hayotida juda katta o‗rin egalladi.
Bu ta‘limot boshqalar mehnati bilan kun kechirishni, tekinxo‗rlikni, ijtimoiy zulm-
istibdodni
qat`iyan
qoralaydi.
Bu
ta‘limot
tarafdorlari
asketizmga
(tarkidunyochilikka) karshi, boy-zodagonlarning zulm va istibdodiga qarshi
bo‗lganlar, faqat o‗z qo‗l kuchi, peshona teri bilan halol mehnat qilib kun kechirishga
chaqirganlar. Naqshbandiylar savdo-sotiq, dehqonchilik, hunarmandchilik, badiiy
adabiyot, musiqa, ilm-ma‘rifat, xattotlik, naqqoshlik, mi-niatyurasozlik, quruvchilik
kabi barcha foydali va xayrli yumushlar bilan shug‗ullanishga da‘vat etganlar.
Shuning uchun ham o‗z davridagi ilm-ma‘rifatning, adabiyotning yirik
namoyandalari bo‗lmish Abdurahmon Jomiy, Alisher Navoiy, Xushholxon Xatak,
Ahmad Shoh Durroniy, Mahdumquli Firog‗iy singari yuzlab ulkan taraqqiyparvar,
insonparvar shoirlar va mutafakkirlar Naqshbandiya yo‗lini tanlaganlar, hayotni va
insonni avji baland pardalarda kuylab, tinmay barakali ijod qilganlar.
Xoja Bahovuddin Naqshbandni Markaziy Osiyo xalqlari juda yuksak
qadrlaydilar. Xalqimiz ul Hazratga baland e‘tiqod qo‗yib, ―Bahovuddin –
balogardon!‖ deya uni behad e‘zozlaydi. Hozirgi mustaqil jumhuriyatimiz sharoitida
―Yassaviya‖, ―Kubraviya‖, ―Naqshbandiya‖ kabi o‗lkamizda (Turkistonda) vujudga
kelgan tariqatlar endi bizda ham har tomonlama chuqur o‗rganila boshlandi. Xoja
Ahmad Yassaviy, Shayx Najmiddin Kubro va Xoja Bahovuddin Naqshband singari
mutasavvuf donishmandlarning poklik, to‗g‗rilik, mehr-shafqat, adlu-insof,
imondorlik, mehnatsevarlik, vatanparvarlik kabi ilg‗or umumbashariy fikrlari
davrimizga hamohang bo‗lib, kelajak uchun xizmat qiladi. 1993 yilda O‗zbekistonda
Bahovuddin Naqshbandning 675 yilligi zo‗r tantanalar bilan o‗tkazildi, unga
bag‗ishlab qator asarlar nashr etildi, xalqaro ilmiy konferensiyalar bo‗lib o‗tdi.
Buxorodagi Naqshband nomi bilan bog‗liq bo‗lgan yodgorliklar qaytadan tiklandi.
Do'stlaringiz bilan baham: |