Mavzu: mutafakkir ajdodlarimizning tarbiyaga oid



Download 479,97 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/11
Sana24.01.2023
Hajmi479,97 Kb.
#901877
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
MyyiaWJMaFQox7xkAnridZuq8ZP5ZdyUxsHOO6G8

Abu Nasr Forobiy 
nomi bilan bog‗liq bo‗lib, uning inson kamoloti haqidagi ta‘imoti ta‘lim – tarbiya 
sohasida katta ahamiyatga ega. Mashhur Yunon faydasufi Arastudan keyin Sharqda 
o‗z bilimi, fikr doirasining kengligi bilan nom chiqargan Forobiyni yirik mutafakkir – 
«Muallimiy soniy» - «Ikkinchi muallim» deb ataydilar. Farobiy 70 dan ortiq til bilgan 
qomusiy olim. U yaratgan asarlarning umumiy soni 160 dan ortiq bo‗lib, uni ikki 
guruhga ajratish mumkin. 1. Qadimiy Yunon faylasuflari va tabiatshunoslari 
Aristotel, Platon, Evklid, Galen va boshqalaming ilmiy merosini tarjima qilish, 
sharhlash, targ‗ib qilish va o‗rganishga bag‗ishlangan asarlar. 2. o‗rta asr fanining 
tabiiy, ijtimoiy-falsafiy sohalariga oid risolalar. Bu borada Aristotelning 
«Metafizika» kitobining maqsadi to‗g‗risida», «Osmon sistemasi» kitobiga izoh», 
«Etika kitobiga sharx», «Qonunlar haqida kitob», «Bo‗shliq haqida kitob», «Musiqa 
haqida so‗z», «Falsafani bilishdan oldin nimalami bilish kerakligi to‗g‗risida», 
«Falsafiy savollar va ularga javoblar», «Inson a‘zolari haqida risola», «Donolik 
asoslari», «Mantiq ilmiga kirish», «Aql to‗g‗risida», «Fozil odamlar shahri» va 
boshqa asarlarini ko‗rsatish mumkin. Farobiyning fikricha, inson va jamiyatning 
g‗alabaga erishuvi, yaxshilikni qo‗lga kiritishi, axloqiy va aqliy mukammallikka 
ko‗tarilishi inson va jamoatning o‗z qo‗lidadir. U davlatni fozil va johil davlatlarga 
bo‗ladi. Fazilatli shaharlarda ilm, falsafa, axloq-ma‘rifat birinchi o‗rinda boimog‗i 
lozim, deb biladi. Shunda jamiyat yetuklikka erishadi, deydi. Fozil shahar boshlig‗i 
bilimli, haqiqatni sevuvchi, yolg‗on va yolg‗onchilarga nafrat bilan qarovchi, adolatni 
yaxshi ko‗ruvchi va adolat uchun kurashuvchi boiishi kerak deb aytadi.
Farobiy insonning kamoloti uchun xizmat qilgan, xayr - ehsonli ishlar, go‗zal 
insoniy fazilatlarni yaxshilik deb hisoblaydi. Insonning kamolotiga to‗sqinlik qiluvchi 
dangasalik, bekorchilik kabi yomon odatlar bilimsizlik, ongsizlik, kasb-hunarga ega 
bo‗lmaslik kabi nuqsonlarni yomonlik deb hisoblaydi va kishilami undan 
ogohlantiradi. Farobiy hayotning oliy maqsadi baxt-saodatga erishuvdan iborat, 
kishilar bunga olamni o‗rganish, kasb-hunar va ilmlarni o‗zlashtirish, ma‘rifatli 
bo‗lish orqali erishadi deb qaraydi.
Abu Nasr Farobiy o‗zining «Fozil odamlar shahri» kitobida inson takomilini 
to‗rt bosqichga bo‗ladi. 1. Ilk bosqichda inson qalbi go‗yoki o‗rmon bo‗lib, unda 


g‗azab, yolg‗on va jaholat hukmron bo‗ladi. 2. Komillik yo‗liga kirishga ahd qilgan 
insonda o‗zini-o‗zi anglashga qat‘iy urinish ehtiyoji tug‗iladi. Tinimsiz mehnat 
natijasida inson takomilining ikkinchi bosqichiga ko‗tariladi. Bu davrda o‗zini tiya 
bilish va adolat kabi xususiyatlarni asosiy mezonga aylantiradi. 3. Inson takomilining 
uchinchi davri ijodiy davr hisoblanib, unda mustahkam bilim, e‘tiqod, o‗zgalarni 
tushunish ustuvor mavqe kasb etadi. 4. Inson komillik sari intilar ekan, o‗z 
takomilining to‗rtinchi davrida donolik, faylasuflik maqomiga erishadi. Bu davrda 
uning adolati va muhabbati ham mukammal darajaga yetadi. Muhimi, u nafaqat 
o‗zini, balki boshqalami ham baxt-saodat sari yetaklay oladi.
Abu Nasr Farobiyning fikricha, inson o‗z-o‗zidan baxtli bo‗la olmaydi, u baxtli 
bo‗lishi uchun jamiyat unga ma‘naviy unsurlarni taqdim qilib berishi kerak. Buning 
uchun avvalo odamlarni axloqiy jihatdan fozillashtirish darkor. Demak, odamlarni 
fozillashtirish uchun quyidagilarni bilish lozim: 1. Kishini tuyg‗u quvvati 
oziqlantiradi va tuyg‗u xayol surishiga turtki beradi. 2. Xayol tafakkurni hosil qiladi. 
Kishilardagi eng birlamchi quvvat - tuyg‗udir. Tuyg‗usi o‗lgan kishi axloqiy-ruhiy 
jihatdan rivojlanmaydi. Shu sababli Farobiy tuyg‗u xayolning, xayol tafakkurning 
manbayi ekanligini uqtiradi. Odamlar o‗z tuyg‗ularini avaylashi kerak, bu bilan xayol 
surishga yo‗l ochiladi, xayol tufayli fikrlash va anglash kelib chiqadi. Farobiy bu uch 
tuyg‗udan tarbiyalashni uqtirgach, endi qalb va miyani tushuntiradi. Qalb badanning 
hech bir a‘zosiga bo‗ysunmaydi, miya ham shunday, lekin u faqat qalbga bo‗ysunadi. 
Chunki qalb tuyg‗ular, hislar va sezgilar makoni bo‗lishi bilan insonning butun 
vujudini boshqaradi va miya ham undan quvvat oladi. Bundan tashqari Forobiy inson 
baxt – saodatga erishuvi uchun ularni baxtli – saodatli qila oladigan jamoa rahbari 
bo‗lishi kerak deydi.
U fozil shaharni boshqaradigan 

Download 479,97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish