Mavzu: mutafakkir ajdodlarimizning tarbiyaga oid



Download 479,97 Kb.
Pdf ko'rish
bet11/11
Sana24.01.2023
Hajmi479,97 Kb.
#901877
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
MyyiaWJMaFQox7xkAnridZuq8ZP5ZdyUxsHOO6G8

Abdulla Avloniydir 
(1887 - 1934). Uning XX asar 
boshlarida Turkistonda mashhur bo‗lgan «Turkiy guliston yohud axloq» (1913) asari 
axloqiy muammolarga jadidchilik nuqtai - nazaridan yondoshishi, ko‗pchilikka 
tushunarli tilda yozilgani bilan ajralib turadi. Agar Anbar otinning «Qarolar falsafasi» 
risolasida dolzarb axloqiy muammolarga majoziy - falsafiylik, ilmiy, nazariy 
xulosalar orqali yoritilsa, Avloniy asarida fazilatlar va illatlarga ko‗proq tarif berish, 
ularni sharhlash yo‗li bilan yondoshiladi.
XX asr boshlaridagi, milliy ozodlikka, yangicha hayot tarziga intilishni o‗z 
oldiga niyat qilib qo‗ygan Turkiston fuqarosi olinadi. Ana shu yangi inson tarbiyasi 
bosh masala tarzida o‗rtaga tashlanadi. Avloniy tarbiyani, qadimgilar va o‗rta asrlar 
musulmon sharqi mutafakkirlari an‘analariga suyanib, uchga bo‗ladi: badan tarbiyasi, 
fikr tarbiyasi, axloq tarbiyasi. Shular orasidan axloq tarbiyasiga a‘lolhida urg‗u berib, 
uni «insonlarga eng muhim, ziyoda sharaf, baland daraja berguvchi» tarbiya deb 
baholaydi. Fazilatlarni faylasuf - pedagog yaxshi xulqlar, illatlarni esa – yomon 
xulqlar deb ataydi. Matonat, diyonat, sharaf, hayo singari musulmon sharqi uchun 
an‘anaviy bo‗lgan fazilatlar sharhi bilan birgalikda Avloniy vijdon, Vatanni suymoq 
singari Turkiston mintaqasi uchun yangi talqinda taqdim etilgan fazilatlar haqida 
a‘lohida to‗xtaladi. Vatanni suymoq lozim bo‗lsa, uning yo‗lida jonini fido etmoq 
yuksak axloqiy insonga xos fazilatdir. Inson Vatanni tanlamaydi. «Biz turkistonliklar 
o‗z vatanimizni jonimizdan ortiq suyganimiz kabi, arablar Arabistonlarini, qumlik, 
issiq cho‗llarini, eskimoslar shimol taraflarini, eng sovuq qor va muzlik yerlarini 
boshqa yerlardan ziyoda suyarlar. Agar suymasalar edi, havosi yaxshi, tiriklik oson 
yerlarga o‗z Vatanlarini tashlab hijrat qilurlar edi». Vijdon esa Avloniy nazdida, 
inson niyatlari va qilmishlarini aks ettiruvchi eng musaffo axloqiy ko‗zgudir, «inson 
aqli va fikrining haqiqiy mezoni»dir. Abdulla Avlolniy « Turkiy guliston...» da 
«yomon xulqlar» ga – illatlar tahliliga katta o‗rin ajratadi. Millat taraqqiyotiga eng 
kuchli to‗siq bo‗ladigan illatlardan biri sifatida alloma jaholatni keltiradi: «Jaholat 
insoniyatning eng zo‗r dushmani va yomon xulqlarning boshlig‗idir». Avloniy 
g‗azab, shahvat, hasad, tama‘ singari illatlarga ham atroflicha ta‘rif beradi.


Avloniy pedagog sifatida bola tarbiyasiga alohida e‘tibor beradi va tarbiyaning 
rolini to‗g‗ri aniqlaydi. ―Agar bir kishi yoshligidan nafsi buzilib, tarbiyasiz bo‗lib 
o‗sdimi, allohu akbar, bunday kishilardan yaxshilik kutmak yerdan turib yulduzlarga 
qo‗l uzutaman abidur‖, - deydi. Uning fikricha, bolalarda axloqiy hislatlarning tarkib 
topishida ijtimoiy muhit, oilaviy sharoit va bolaning atrofdagi kishilar katta 
ahamiyatga ega. Haqiqiy insoniy axloqni o‗zida barqaror qilgan yaxshi kishilar 
yoshlarga yaxshi ta‘sir ko‗rsatadi va ularning mehr-shafqqatli, sofdil va maqbul 
bo‗lib tarbiyalanishi uchun zamin hozirlaydi. Shunisi diqqatga sazovorki, Abdulla 
Avloniy axloqshunoslik tushunchalarining faqat pedagogik emas, balki ham falsafiy, 
ham badiiy jihatdan talqinini beradi. Chunonchi, u muayyan axloqshunoslik 
tushunchasi yoki axloqiy me‘yorning sodda, lo‗nda tarifini taqdim etar ekan, ba‘zi 
hollarda Suqrot, Aflotun, Arastu, Ibn Sino singari hakimlarning fikrlarini isbot tarzida 
keltirsa, goho ularni nazmiy tizmalar bilan o‗quvchiga yetkazishga harakat qiladi. 
Abdulla Avloniy shaxsning ma‘naviy axloqiy rivojlanganlik darajasini aniqlash 
borasidagi fikr mulohazalari ham diqqatga sazovordir. U ―… so‗z insonning daraja va 
kamolini, ilm va fazlini o‗lchab ko‗rsatadurg‗on tarozisidir. Aql sohiblari kishining 
dilidagi fikr va niyatini, ilm va quvvatini, qadr va qimmatini so‗zlagan so‗zidan 
bilurlar…‖. Abdulla Avloniy ko‗plab ma‘naviy-axloqiy sifatlarni o‗z asarlarida 
ta‘riflaydi. Jumladan, ―haqqoniyat deb ishda to‗g‗rilik, so‗zda rostlikni aytilur. Inson 
bo‗stoni salomatga, gulzori saodatga haqqoniyat yo‗li ila chiqar. Insoniyatning ildizi 
rahmdillik, haqshunoslik, odillik kabi eng yaxshi sifatlarning akasi haqqoniyatdur…‖. 
―Hayo deb ishda, so‗zda odobni rioya qilmakka aytilur. Hayo dilni ravshan 
qiladurgan bir nurdirki, inson har vaqt shul ma‘naviy nurning ziyosiga muhtojdir. 
Shariat buyurmagan, odamlar suymagan ishlarni ishlamoq g‗iybat, hajv, masxara, 
safsata kabi odamlarning nafsiga, iffatiga tegadurgan odobsiz so‗zlarni so‗zlamak 
zo‗r odobsizlikdir. Iffatning pardasi, vijdonning niqobili, hayodir‖. ―Hayrihohlik deb 
nima ila bo‗lsa bo‗lsin bir-birimizga foyda yetkurmakni aytilur. Hayrihohlik bir-
birimizga qarshi intiladurgan bir vazifayi insoniyatdurki, kishi o‗z nafsiga loyiq 
ko‗rmagan bir ishni boshqa bir musulmon qarindoshiga munosib ko‗rmasdan egri 
yo‗llardan, yomon ishlardan kuch yetganicha qaytarmoq va yordam qilmoq lozimdur. 
Janobi haq insonlarni bir-birlarining yordamiga muhtoj qilub yaratmishdir‖.
Umuman olganda, Abdulla Avloniyning «Turkiy guliston yohud axloq» 
risolasi XX asr Turkiston axloqiy tafakkurida eng salmoqli o‗rinni egallaydigan, ham 
nazariy, ham amaliy axloq muammoalirini falsafiy va pedagogik yondoshuv orqali 
hal etishga bag‗ishlangan yirik asardir. 

Download 479,97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish