127
kelmasdan ilgarigi ishlagani to’g’risidagi hujjatlar bilan tasdiqlangan umumiy ish
staji yoziladi.
Mehnat daftarchasi egasining oldingi umumiy ish staji jamlanib, ya’ni
qaysi
korxonada, qaysi davrda va qaysi lavozimlarda ishlagan yillari, oylari va kunlari
umumiy tarzda yoziladi. Masalan: bir ish joyida boshqa ishga o’tkazilishi va
boshqalar ko’rsatilmaydi.
Hujjat bilan tasdiqlangan va belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan umumiy
ish staji mehnat faoliyatining ayrim davrlari bo’yicha quyidagicha yoziladi:
2-ustunda ishga qabul qilingan sana ko’rsatiladi;
3-ustunda
xodim ishlagan korxona, stex va mansabi, nomi yoziladi.
Agar, taqdim qilingan hujjatlarga xodimning mazkur korxonaning o’zidagi
boshqa doimiy ishga o’tkazilishi to’g’risidagi ma’lumot bo’lsa, unda bu to’g’rida
xam tegishli yozuv kiritiladi
So’ng 2-ustunda mehnat shartnomasi bekor qilinganlik sanasi ko’rsatiladi, 3-
ustunda esa xodim tomonidan taqdim qilingan hujjatda tegishli ma’lumot bor
bo’lsa, mehnat shartnomasining bekor qilinganligi xam ko’rsatiladi.
4-ustunda, dublikatga yozuv kiritilishi uchun asos bo’lgan hujjatning nomi,
son raqami va sanasi kiritiladi. Ish stajini tasdiqlovchi
hujjatlar egasiga qaytarib
beriladi. Ish beruvchi xodimga mazkur korxonaga kirmasdan oldingi ish stajini
tasdiqlovchi hujjatlarni olishda yordam ko’rsatishi majburiy.
Ushbu Yo’riqnomaning
2.16 bandida
ta’kidlangan ma’lumotnoma bilan bir
qatorda, umumiy jamlangan ish staji ko’rsatilmagan
holda bosh satrdan tegishli
hujjatlarning nomi, son raqami va sanasi ko’rsatilgan holda quyidagilar yoziladi:
a) qabul qilingan va xizmatdan bo’shagan sanalari ko’rsatilgan holda xalq
qo’shinlari va partizan otryadlarida bo’lgan davri;
b) kasb-hunarmandchilik shirkatlari artelining a’zosi sifatida ishlagan davri.
Yangi mehnat daftarchalari (dublikati)ni berishda ish beruvchi xodimdan
qonun hujjatlarida belgilangan eng kam ish haqining 10 foizigacha miqdorida haq
olish huquqiga ega.
128
Mehnat daftarchalari noto’g’ri to’ldirilgan (rasmiylashtirilgan)da yoki ularni
saqlashda ehtiyotsizlik tufayli yaroqsiz holga
tushib qolganda mehnat
daftarchalarining narxini ish beruvchi qoplaydi.
Tabiiy ofatlar yoki boshqa sabablarga ko’ra korxona tomonidan xodimning
mehnat daftarchasi yo’qotilgan taqdirda, xodimga mehnat daftarchasining dublikati
bepul beriladi.
Ishdan bo’shagan xodimlar mehnat daftarchalarini o’z vaqtida olmagan
taqdirda, ular ishlayotgan xodimlarning mehnat daftarchalaridan alohida qilinib,
korxona xodimlar bo’limida ikki yil davomida saqlanadi. Ushbu muddat davomida
ham yo’qlab kelinmagan va olinmagan mehnat daftarchalari ish beruvchi arxivida
50 yil saqlanadi va ushbu muddatdan so’ng belgilangan tartibda yo’qotilib
yuborilishi mumkin.
Ish beruvchilar zarur miqdordagi mehnat
daftarchalari mavjudligini
ta’minlashlari shart.
Do'stlaringiz bilan baham: