104
11.1
.Tomonlar ushbu mehnat shartnomasini
bajarmasliklari yuzasidan
O’zbekiston Respublikasi qonunchiligida belgilangan tartibda javobgar bo’ladilar.
11.2
. Mehnat shartnomasi 2 nusxada to’ldirildi va bir xil huquqiy kuchga ega,
bir nusxasi ish beruvchida, ikkinchi nusxasi xodimda saqlanadi.
11.3.
Ushbu mehnat shartnomasining shartlariga taraflarning kelishuvi
asosida qonunga muvofiq o’zgartirishlar yoki qo’shimchalar kiritilishi mumkin.
O’zgartirishlar va qo’shimchalar ushbu mehnat shartnomasining bo’linmas tarkibiy
qismi bo’lib hisoblanadi.
11.4
. Boshqa shartlar________________________________
Tomonlarning manzillari va imzolari:
700174,Toshkent, TDIU,
______________________________
Islom Karimov ko’chasi 48, ______________________________
ma’muriy bino
______________________________
uy telefoni___________________
Rektor (prorektor) pasport____ №________________
_______________ ______________________________
(imzo, sana) (qachon va kim tomonidan berilgan)
xodim_________________________
Gerbli muhr (imzo, sana)
5.4. Sinov muddati
Ishga qabul qilishda dastlabki sinov o’rnatilishi mumkinligi Mehnat
kodeksining 84-87-moddalarida ko’rsatib o’tilgan. Ishga qabul qilishdagi
dastlabki sinov ish beruvchi va ishga kiruvchi shaxslarning o’zaro kelishuvlari
asosida o’rnatiladi. Agar xodim dastlabki sinov
sharti bilan ishga qabul
qilinayotgan bo’lsa, ushbu shart mehnat shartnomasida nazarda tutilgan bo’lishi
kerak. Mehnat shartnomasida dastlabki sinov ko’rsatilmagan bo’lsa, xodim
dastlabki sinovsiz ishga qabul qilingan hisoblanadi.
105
Qonunda dastlabki sinovning muddati uch oygacha qilib belgilangan. Agar
xodimga uch oydan ortiq sinov o’rnatilgan bo’lsa, u haqiqiy emasdir.
Xodimga o’rnatilgan sinov va uning muddati mehnat shartnomasida hamda
ishga qabul qilish to’g’risidagi buyruqda qayd qilingan bo’ladi. Buyruq esa
xodimga imzo chektirib, tanishtiriladi. Ammo xodimga o’rnatilgan sinov uning
mehnat daftarchasiga yozilmaydi. Boshqa ishga doimiy yoki vaqtincha o’tkazilgan
xodimlarga sinov o’rnatilmaydi.
Eslatib o’tish kerakki, vaqtinchalik mehnatga qobiliyatsizlik
davri va xodim
uzrli sabablarga ko’ra ishda bo’lmagan boshqa davrlar dastlabki sinov muddatiga
kiritilmaydi. Masalan, xodim 1 mayda 3 oylik sinov muddati bilan ishga qabul
qilinsa-yu, 1 iyundan 1 iyulgacha mehnatga qobiliyatsizlik varaqasida bo’lsa, sinov
muddati 31 iyulda emas, 31 avgustda tugaydi.
Dastlabki sinov muddati davrida xodimlarga faqat mehnat to’g’risidagi qonun
hujjatlarigina emas, balki muassasada o’rnatilgan mehnat shartlari ham to’liq tatbiq
qilinadi. Masalan, ular mehnat intizomini buzsalar, intizomiy jazo choralarini
qo’llash, muassasadagi ichki mehnat tartibi qoidalariga rioya qilishni talab etish va
boshqalar.
Mehnat kodeksining amalga kiritilishi, ya’ni 1996-yil 1- aprelga qadar amalda
boigan Mehnat kodeksida dastlabki sinov sharti faqat ish beruvchining manfaatlari
uchun xizmat qilar, xodimning topshirilayotgan
ishga muvofiqligi tekshirib
ko’rilardi. Amaldagi Mehnat kodeksi xodimga ana shu ishning davom ettirilishi
maqsadga muvofiqligi haqida o’zi bir qarorga kelish huquqini ham berdi.
Dastlabki sinov muddati tugagunga qadar bir taraf uch kun oldin ikkinchi tarafhi
yozma ravishda ogohlantirib, mehnat shartnomasini bekor qilish huquqiga egadir.
Ikki tomonning kelishuviga binoan uch kun oldin ogohlantirish muddati
qisqartirilishi mumkin. Xodimga ogohlantirish muddati davomida mehnat
shartnomasini
bekor
qilish
to’g’risidagi
arizasini
qaytarib
olish
huquqi ham berilgan.
Xodimning ishlab berish normalari yoki ishlar hajmini bajarmasligi, ish
sifatining pastligi va boshqalar ishni uddalay olmayotganligini ko’rsatuvchi dalillar
106
bo’lib, xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasi ish
beruvchi tomonidan bekor
qilinishi mumkin. Bunda kasaba uyushma qo’mitasining roziligi olinmaydi va uch
kunlik ogohlantirish muddati pullik kompensatsiya bilan almashtirilmaydi. Mehnat
nizosi kelib chiqqanda, ish beruvchi xodim haqiqatan ham topshirilgan ishni bajara
olmayotganligini isbotlab berishi kerak bo’ladi.
Xodim sinov muddati davrida o’z tashabbusi bilan mehnat shartnomasini
bekor qilsa, undan buning sababini tushuntirib berish talab qilinmaydi. Uning
burchi bu haqida ish beruvchini uch kun oldin yozma ravishda ogohlantirishdan
iborat boiadi.
Agar sinov muddati tugagunga qadar ish beruvchi ham, xodim ham mehnat
shartnomasi to’xtatilishini
yozma ravishda bildirmasa, mehnat shartnomasining
amal qilishi davom etadi. Bu haqida hech qanday qo’shimcha buyruq
chiqarilmaydi. Keyinchalik mehnat shartnomasining bekor qilinishiga faqat
umumiy asoslar mavjud bo’lgandagina yo’l qo’yiladi.
Mehnat kodeksining 84-moddasiga muvofiq, homilador ayollar, uch yoshga
to’lmagan
bolasi bor ayollar, korxona uchun belgilangan minimal ish joylari
hisobidan ishga yuborilgan shaxslar, o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi
muassasalarining hamda oliy o’quv yurtlarining tegishli ta’lim muassasasini
tamomlagan kundan e’tiboran uch yil ichida birinchi bor ishga kirayotgan
bitiruvchilari ishga qabul qilinganda, shuningdek
xodimlar bilan olti oygacha
muddatga mehnat shartnomasi tuzilib, ishga qabul qilinganda dastlabki sinov
belgilanmaydi.
Sinov muddati ishga qabul qilish haqidagi buyruqda ko’rsatilgan boiishi
kerak. Xodim sinov muddatidan muvaffaqiyatli o’tgan taqdirda, yangi buyruq
chiqarilmaydi va xodim doimiy ishga qabul qilingan hisoblanadi.
Sinov muddati
qoniqarsiz deb topilganda, xodim kasaba uyushma qo’mitasining roziligini
olmasdan ishdan bo’shatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: