Annotatsiya
Mazkur dastur 5120100- Filologiya va tillarni o’qitish (tillar bo’yicha) ta’lim
yo’nalishining 2017/2018 o’quv yilida tasdiqlangan o’quv rejasidagi “
Adabiyotshunoslik
nazariyasi
”, “
O‘zbek adabiyoti tarixi
”, “
Hozirgi
adabiy jarayon
”, “
O‘zbek adabiy tanqidi tarixi
”
fanlarining namunaviy dasturlari asosida tuzilgan bo’lib, 5A120101 – Adabiyotshunoslik
(o’zbek adabiyoti) mutaxassisligi bo’yicha o’qishga kiruvchilar uchun mo’ljallangan.
Tuzuvchilar:
M.Y. Sulaymonov
– NamDU, o‘zbek adabiyotshunosligi kafedrasi mudiri, dotsent,
f.f.n;
F.I.Karimova
– NamDU, o‘zbek adabiyotshunosligi
kafedrasi dotsenti, f.f.n.
Taqrizchi:
K.A.Abdullayev
– NamDU, o‘zbek adabiyotshunosligi kafedrasi dotsenti, p.f.n.
Dastur Jahon tillari fakultetining 2021-yil 29-iyundagi 11-sonli Kengashida
muhokama qilingan va tasdiqlashga tavsiya etilgan.
Kirish
Adabiyotshunoslik fanlarini o`rganish har qachongidan ham hozirgi kunda rivojlandi. Dunyo
miqyosidan global muammolarni hal etishda badiiy asrlarni o`qish, ularda ilgari surilgan g`oyalarni
tahlil qilish, to`g`ri xulosalar chiqarish, masalalarni yangicha tamoyillar asosida o‘rganish har
jihatdan dolzarbdir. Adabiyotshunoslik fanlarini jahon adabiyoti miqyosida erishilgan yutuqlar
bilan
bog`lab o`rganish davr talabiga aylandi.
5A120101 – Adabiyotshunoslik (o‘zbek adabiyoti) magistratura mutaxassisligiga kirish
uchun o‘zbek adabiyotshunosligining barcha bo‘limlarini, xususan, adabiyotshunoslik nazariyasi,
mumtoz adabiyot tarixi, o`zbek
folklori, jahon adabiyoti, adabiyot o‘qitish metodikasi, adabiy
tanqid
tarixi kabi asosiy fanlar, shuningdek, qiyosiy adabiyotshunoslik, ozbek mifologiyasi kabi
fanlarni bilishi zarur.
O‘zbek tilining barcha bo‘limlarini o‘qitishda
yozma matnlar, ommaviy axborot vositalari
nashrlari, badiiy materiallar, lug‘atlar, o‘zbek diaelektologiyasi mateariallaridan foydalaniladi.
Dastur hozirgi o‘zbek tilidagi lisoniy va nutqiy sathlarni izchil farqlab,
lisoniy sistema
sathlari va birliklari, bu birliklarning o‘zaro munosabatlarini til imkoniyatlari sifatida tavsiflaydi, bu
imkoniyatlarning nutqiy voqelanishini lisoniy va nolisoniy omillar yaxlitligida talqin qilish
masalalari ta’limini sistemalashtiradi. Oliy ta’lim DTS asosida o‘zbek tilining lisoniy sathlari
bo‘yicha beriladigan ma’lumotlarni tilshunoslikning tegishli bo‘limlariga mos ravishda
tartiblashtiradi.
Asosiy qism
Adabiyotshunoslik fani ta’limining maqsadi Davlat ta’lim standartlari asosida bo‘lajak
filologlarga o‘zbek
va jahon adabiyotining tarixi, hozirgi holati, yutuqlari, hozirgi davr uchun
dolzarb muammolari haqida tizimli ilmiy-nazariy ma’lumot berishdan iborat bo‘lib, ta’lim
oluvchilarda qayd etilgan masalalar bo‘yicha bilim, ko‘nikma va malakalarni
shakllantirish uning
asosiy vazifalarini tashkil etadi.