Falsafaning asosiy yo`nalishlari, fanlar tizimidagi o`rni va vazifalari Reja



Download 0.64 Mb.
bet1/14
Sana02.02.2017
Hajmi0.64 Mb.
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14


Falsafaning asosiy yo`nalishlari, fanlar tizimidagi o`rni va vazifalari
Reja:

1. Fanlar tizimi, unda falsafaning o`rni va ahamiyati.

2. Falsafiy bilimlar tizimi va uning xususiyatlari.

3. Falsafiy g`oyalar, nazariyalarning asosiy yo`nalishlari va vazifalari.


Falsafiy bilimlar tizimi. Dunyoda xilma-xil fanlar bor. Muayyan soxaga oid ilmiy bilimlar tizimi fan deb ataladi. Ular «Тabiiy fanlar», «Ijtimoiy fanlar», «Aniq fanlar», «Тexnika fanlari» kabi soxalarga bo`linadi. Jamiyat va insonni o`rganuvchi, ular to`g`risidagi turli bilim soxalarini qamrab oladigan tarix, falsafa, adabiyotshunoslik, tilshunoslik kabi ijtimoiy fanlar yagona fan soxasi — ijtimoiy fanlar soxasiga kiradi. Fizika, ximiya, biologiya, matematika kabi fanlar esa tabiiy fanlar soxasiga mansub. («Fan falsafasi» bo`limida bu masalalarga atroflicha to`xtalamiz).

Ushbu mavzuda esa, falsafiy fanlar tizimi nima, bu tizim qanday shakllangan degan masalalar xususida fikr yuritamiz.

Ma’lumki, inson o`z qiziqishi va extiyojlarini qondirish maqsadida qadim zamonlardan boshlab dunyoni bilishga harakat qilgan. Jamiyat taraqqiyoti yo`qsalib borishi bilan kishilarning bilim doirasi kengayib, tafakkuri rivojlanib borgan. Boshqacha aytganda, bilimlar tizimi insoniyat taraqqiyotini haraqatlantiruvchi muharrikka (mexanizmga) aylangan.

Qadimgi dunyo tarixidan xabardor bo`lgan kishilar miloddan oldingi VII — II asrlarda Yunoniston va Rimda fan va madaniyat taraqqiy etganini yaxshi biladi, albatta. Usha davr boshlarida qariyb barcha bilimlar falsafa fani doirasida rivojlanib kelgan edi. Ammo ana shu davrning o`rtalariga kelib «Ritorika» (notiklik san’ati) va «Politika» (siyosat) kabi fanlar falsafadan ajralib chiqdi. Insoniyat tarixining keyingi bosqichlarida falsafa targ`ibidan matematika, fizika kabi antik fanlarning ajralish jarayoni boshlandi. Qolaversa, keyingi asrlarda ijtimoiy va antik fanlar tizimi shakllandi, ba’zi qadimiy antik fanlarning o`zi ham (matematika, fizika kabi) muayyan soxalarga (arifmetika, algebra va boshqalar) bo`linib ketdi.

Insonning tashqi olamni bilishga bo`lgan intilishi muayyan davrga kelib, falsafiy-nazariy bilimni tarixiy zaruratga aylantirdi. Buning natijasida aqliy va jismoniy mehnat taqsimotining dastlabki shakli vujudga keldi va fanning nazariy jixatlarini o`rganuvchi kishilar toifasi paydo bo`ldi.

Avvalgi mavzuda ta’kidlab o`tganimizdek, olam va odamning yaralishi, mavjudlik va rivojlanish qonuniyatlarini afsona va rivoyatlar asosida tushuntirishni maqsad qilib olgan dunyoqarash soxasi «Mifologiya» (mif — afsona, logos- ta’limot degani) deb ataladigan bo`ladi. Iloxiy va ruxiy qarashlaring o`rni va ahamiyatini mutloqlashtiradigan tafakko`rning bir yo`nalishi «Тeologiya» (teo — xudo, logos — ta’limot degani) degan nom oldi.

Shunday qilib, insonning bilish jarayoni takomillashib borgani sari mustaqil fanlar tizimi ham shakllanaverdi. Jamiyat rivojining muayyan bosqichlariga kelib, mifologik, diniy qarashlar olamni bilish talablariga javob bermay qoldi. Falsafadan fanlarning ajralib chiqishi, uning qashshoqlanishini emas, balki rivojlanish xususiyatini kursatuvchi alomatga aylandi.

Тaraqqiyot jarayonida falsafadan tabiatshunoslik fanlari bilan birga psihologiya, etika, estetika kabi ijtimoiy fanlar ham ajralib chiqdi. Keyinchalik madaniyat, qadriyatlar va huquq kabi soxalarni o`rganadigan aloxida yo`nalishlar ham paydo bo`ldi. Ular olamni o`z predmeti doirasida yaxlit bilish, uning xususiy qonuniyatlarini o`rganishga yordam beradi.

Falsafiy yo`nalishlar, tadqiqot olib boradigan soxasiga ko`ra, o`ziga xos bo`lib, asosiylari quyidagilardir:

Ontologiya — olam, inson va jamiyatning ob’ektiv-universal mohiyati to`g`risidagi falsafiy ta’limotdir. Boshqacha aytganda, u borliq to`g`risidagi, insonning olamga bo`lgan munosabati haqidagi falsafiy bilim soxasidir.

Gnoseologiya — bilish falsafasi bo`lib, olamni anglash, bilish nazariyasi, bilishning shakli, usullari va imkoniyatlari to`g`risidagi ta’limotdir.

Aksiologiya — qadriyatshunoslik yoki qadriyatlar to`g`risidagi falsafiy ta’limot.

Praksiologiya — insonning predmetli-o`zgartiruvchan, amaliy faoliyati to`g`risidagi falsafiy ta’limot.

Metodologiya — bilish va o`zgaruvchan faoliyat usullari to`g`risidagi ta’limot.

Logika — tafakkur shakllari (tushuncha, xukm, xulosa) va tafakkur vositalarini (ta’rif, qoida, muxokama, tafakkur qonuniyatlari), ularning mazmunidan qat’i nazar, holis o`rganuvchi ta’limot.

Etika — axloq falsafasi, insoniyatning axloqiy tamoyillari, talab va tartib-qoidalari to`g`risidagi fan.

Estetika — nafosat falsafasi, jamiyat va inson hayotida go`zallikning o`rni, qonun-qoidalari to`g`risidagi qarashlar majmui

Bundan tashqari, inson falsafasi (antropologiya), ijtimoiy falsafa, tabiat falsafasi, madaniyat falsafasi (qulturologiya), san’at falsafasi, mafko`ra falsafasi (ideologiya), din falsafasi (teologiya), siyosat falsafasi (politologiya), huquq falsafasi, texnika falsafasi kabi soxalar ham mavjudki, ular bir so`z bilan ijtimoiy-falsafiy fanlar tizimi deyiladi.

Ikkinchi xil klassifikatsiya falsafiy fanlar tasnifida olam va odam, borliqning asosi bilan bog`lik masalalar qanday usulda xal qilinishiga qarab belgilanadi. Bunday tasniflash natijasida monizm, dualizm, plyuralizm, materializm, idealizi, teizm, ateizm kabi ko`plab yo`nalishlar ko`zga tashlanadi. Falsafani o`rganish jarayonida bu tushunchalarga hali ko`p duch kelamiz va o`rni kelganda ularga zarur izoh va ta’rif berishga harakat qilamiz.

Bu tizimda falsafa tarixi bilimning muxim tarmog`i xisoblanadi. Bunda tadrijiy taraqqiyot tamoyili asosida falsafiy tizimlar o`rtasidagi tarixiy izchillikka tayaniladi. Mazkur qo`llanmada falsafa tarixi ana shunday tamoyil asosida o`rganilgan.

Falsafiy bilimlar tizimining o`zgarishi va mazmunan boyib borishi ob’ektiv ijtimoiy-tarixiy jarayon maxsuli bo`lib, u jamiyatning rivojlanish darajasiga mos keladi va uni o`zida ifoda etadi. Falsafiy bilimlar tizimidagi aloxida yo`nalish har bir tarixiy davrda o`ziga xos qonuniyatlar asosida rivojlansa ham, ularning umumiy tamoyillari mavjud. Ya’ni, birinchidan, har bir falsafiy bilim yo`nalishi jamiyat rivojlanishida o`ziga xos determinant (sabab) vazifasini bajaradi. Ikkinchidan, falsafiy bilimlar jamiyat taraqqiyotiga ta’sir qiluvchi sub’ektiv omil bo`lsa ham, vujudga kelish asosi - genezisi nuqtai nazaridan ob’ektiv hodisadir. Uchinchidan, falsafiy bilim yo`nalishlarining o`zaro bog`liqlik, aloqadorlik munosabati, ularning dunyoni bilishdagi yaxlitligini ta’minlaydi.

Falsafiy G`oyalar va ularning amaliyoti. Insoniyatning yashashi, rivojlanish istiqbollari, orzu-xavaslari, intilishlari, umidlari, turmush tarzi G`oyaviy qarashlarda ham o`z ifodasini topadi. Falsafiy G`oyalar, obrazli qilib aytganda, inson hayot tarzining ko`zgusidir. Har qanday falsafiy bilim dastlab G`oya tarzida shakllanadi.

Falsafiy G`oya insoniyat oldida to`rgan muayyan muammoni anglash va uni xal qilish maqsadi, uslub va vositalarining ifodasidir. Kishilarning narsa va hodisalarga o`z extiyoj va manfaatlari nuqtai nazaridan yondashishi natijasida muammoga munosabat va uni xal qilishga qaratilgan amaliy, nazariy harakat paydo bo`ladi. Masalan, inson ongli mavjudot ekani bois o`zini muqarrar xalokatga olib borishi mumkin bo`lgan G`ayriinsoniy G`oyalarga asoslangan xatti-haraqatlarni chegaralashga, ta`qiqlashga kodir. Umumiyroq qilib aytsak, kishilarning yashash, avlod qoldirish, hayotni davom ettirish mayli (instinkti) dunyoda nisbatan barqaror ijtimoiy vaziyatni ta’minlab turadi.

Bugungi kunda tinchlik G`oyasi umuminsoniy maqsadlarni birlashtiruvchi falsafiy G`oyaga aylandi. Shu bilan birga, O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning «Fidokor» gazetasi muxbiri savollariga javoblarida aytilganidek: «... Odamning qalbida ikkita kuch — bunyodkorlik va vayronkorlik hamisha o`zaro ko`rashadi. Afsus bilan ta’kidlashimiz lozim: tarix tajribasi shundan dalolat beradiki, inson tabiatidagi insoniylikdan ko`ra vaxshiylik, ur-yiqit instinktlari, ya’ni xatti-haraqatlarini ko`zatish osonroq»1.

Bunda ikki xil jixatga e’tibor berish lozim. Birinchisi - tor doiradagi mutaassib kuchlarning G`ayriinsoniy G`oyalarni yoshlar ongiga, turmush tarziga singdirish yo`li bilan


o`zlarining muayyan maqsadlariga erishish uchun harakatiga ehtiyot va xushyor bo`lmoq kerak. Ikkinchisi esa, sog`lom kuchlarning ularga qarshi insonni inson degan nomga munosib qilib tarbiyalash va sivilizatsiyani saqlab qolish hamda rivojlantirish manfaatlari uchun ko`rashdir.

Falsafiy nazariyalarning «yaxshi» yoki «yomon», «foydali» yoki «zararli» ekanini tarixiy tajriba asosida faqat bitta mezon — umuminsoniy manfaatlarga mos keladimi yoki yo`qmi, degan xulosa asosida baholash mumkin. Shuning uchun biz falsafiy G`oya va nazariyalarni baholashda o`z sub’ektiv fikrlarimizni mutloqlashtirishdan yiroq bo`lishimiz lozim.

Falsafiy nazariyalar tizimida «faqat men xaqman, boshqalar noxaq» degan tarzda mutloq haqiqatga da’vogarlik qiladigan G`oya va nazariyalar o`rtasidagi ko`rash og`ir oqibatlarga olib kelishini tarixiy tajriba qayta-qayta isbotlab bergan.

Har qanday manfaat shakllari va darajalari muayyan falsafiy G`oya va nazariyalarda o`z ifodasini topadi. Shu nuqtai nazardan qaraganda, G`oya va nazariyalar o`rtasida doimiy ko`rash borishi tabiiy hol. Prezidentimiz ta’biri bilan aytganda, «hayotning o`zi turli-tuman G`oyalar ko`rashidan, baxsu munozaralardan iborat. Taraqqiyotning ma’no-mazmuni, kerak bo`lsa, falsafasi ham shunda... O`z mustaqil fikriga ega bo`lgan, o`z kuchiga, o`zi tanlagan yo`lning to`g`riligiga ishongan inson doimo kelajakka ishonch bilan qaraydi. Jamiyatdagi fikrlar xilma-xilligidan chuchimaydi, balki zamonaviy bilim va falsafiy qarashlarga, hayot haqiqatiga suyangan holda har qanday G`arazli niyat, taxdid va intilishlarni fosh qilishga kodir bo`ladi»2.

Falsafaning muayyan ijtimoiy qatlamlar siyosiy manfaatlari bilan bog`lanib ketishi, ularning mafko`rasi tarzida namoyon bo`lishi masalasi ham nixoyatda muxim. Shuning uchun milliy Falsafamizni rivojlantirish asosida istiqlol mafko`rasini yaratish kun tartibidagi eng dolzarb vazifa bo`lib qolmokda.

Тarix falsafasi. Insonning ongli faoliyati ijtimoiy munosabatlar majmuida iborat. Bu munosabatlarning eng
umumiy qonuniyatlarini o`rganuvchi falsafiy bilimlar o`z tarixiga ega. Хakkoniy yoritilgan tarix milliy falsafani, mafko`rani shakllantirishdagi asosiy manba bo`lib xizmat qiladi. «Тarixni bilmay turib, mafko`raning falsafiy negizlarini anglab bo`lmaydi. Chunki mafko`raning falsafiy asoslari o`z davrida tarixiy haqiqat tufayli tug`ilgan... Тarix va falsafa mantiqiy ravishda bir-birini taqozo etadigan, kerak bo`lsa, tuldiradigan, taraqqiyot jarayonlari haqida yaxlit tasavvur beradigan, ok-qorani farqlashda asos bo`ladigan fanlardir»3. Afsuski, ko`pgina qo`llanmalarda u yoki bu faylasufning ta’limotiga aloxida e’tibor beriladi, u xaqda chuqur fikr yuritiladi. Ammo usha davr qanday edi, nima sababdan muayyan olim aynan shu G`oyani ilgari so`rgan, nega umrini biror-bir ta’limotni targ`ib etish bilan o`tkazgan, degan masalalarga kam e’tibor beriladi. Aslida, davr olim va faylasuf kamolotida muxim o`rin tutadi. Uning G`oyalari tug`ilishi uchun asos bo`ladi, bu G`oyalar qo`llanadigan ijtimoiy amaliyot bo`lib xisoblanadi.

Agar masala bu tarzda qo`yilmasa, falsafiy ta’limotning o`z davrini aks ettiradigan mohiyat-mazmuniga putur yetadi, ayniqsa usha davr muammolarini ijtimoiy makon va tarixiy zamondan ajratib tahlil qilish natijasida falsafaning milliylik ruxi, xususiyatlari xiralashadi.

Albatta, biz har bir falsafiy bilimlarning o`ziga xos muammolari va ularni xal qilishning nazariy-amaliy usul va vositalari borligini inkor etmaymiz. Lekin, falsafaning o`rni, ahamiyati va vazifasiga milliy mafko`rani shakllantirish nuqtai nazaridan yondashadigan bo`lsak, unga ta’sir qiladigan omillarni mushtarak-mujassam tarzda olib qarash zarurati paydo bo`ladi. Shuning uchun, bir tomondan, har bir falsafiy bilim yo`nalishlari tarixini millatning umumiy tarixi bilan birgalikda olib tahlil qilganda, yaxlit falsafiy dunyoqarash vujudga keladi. Ikkinchi tomondan, bu jarayonni millat extiyojlaridan kelib chiqadigan, istiqbol manfaatlariga mos bo`lgan milliy istiqlol G`oyasidan ajratish mumkin emas.

O`zbek milliy falsafasining genezisiga nazar tashlaydigan bo`lsak, bir-biri bilan bog`liq ikki omilni ko`ramiz: birinchisi, qadimgi zardushtiylikning muqaddas kitobi - Avesto va islom dinining bosh asosi — Јur’oni karim va xadisi sharifdagi insonparvarlik G`oyalari bo`lsa, ikkinchisi — dunyoviy bilimlardir. Hozirgi kunda har qanday ijtimoiy fan soxasining, shu jumladan falsafaning eng muxim vazifasi diniy va dunyoviy bilimlar o`rtasida mu’tadil munosabat bo`lishini ilmiy izohlash, uning qonuniyat va xususiyatlarini ochib berishdir. Buning uchun din va dunyoviy fanlarning o`zaro munosabatlarini umuminsoniy maqsad va manfaatlar doirasida uyg`unlashtirish imkoniyatlarini topish maqsadga muvofiq. Zero, huquq, axloq, siyosat, madaniyat falsafalarining G`oyaviy-nazariy yo`nalishlarini shu masalani xal qilishga qaratishni umuminsoniy sivilizatsiyaning o`zi taqozo qilmoqda.

ХХI asrga kelib, insoniyat G`oyat murakkab, olamshumul muammolar qarshisida to`rganligini anglay boshladi. Хususan, yadro urushi xavfi, keskinlashayotgan ekologik muammolar, xom-ashyo va energetika resurslari, Yer shari aholisining shiddat bilan usib borayotgani, ularni oziq-ovqat bilan ta’minlash, soKlikni saqlash, maorif va madaniyatni, fan-texnika va texnologiyani rivojlantirish muammolari yangicha tafakko`rni taqozo qilmoqda. Bu masalani milliy va umuminsoniy falsafiy G`oyalarni, nazariyalarni ishlab chiqmasdan xal qilish mumkin emasligi esa tobora aniq bo`lib bormoqda.

Falsafa ijtimoiy hayotda insonning mohiyati, yashashdan ko`zlagan maqsadi, oliy qadriyat ekani, ma’naviy omillari (ideallari), borliqdagi o`rni, munosabatlari sabablari, ruxiy va moddiy extiyojlarini kondirish usul va vositalari — barcha-barchasini kursatib beradi.

Jamiyat taraqqiyoti va falsafaning rivojlanishi dialektikasi ana shu xususiyatlarga asoslanib, o`ziga xos tarzda namoyon bo`ladi. Bir tomondan, jamiyatning o`zgarib borish tamoyili falsafiy G`oya, nazariya va ta’limotlar o`zgarishini taqozo qiladi. Ikkinchi tomondan, o`zgarayotgan falsafa jamiyat moddiy-ma’naviy hayot tarzini ilg`ab olib, uning istiqbollarini belgilash, mafko`rasini shakllantirishda nazariy, uslubiy asos bo`lib xizmat qiladi. Ayniqsa, mamlakatimiz bozor iqtisodiyoti munosabatlariga utayotgan bugungi kunda kishilar tafakkuri va ongida saqlanib qolayotgan eskicha fikrlash qoliplarini bartaraf etish, yangi ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarni rag`batlantirish, milliy o`zlikni anglash, istiqlol mafko`rasini shakllantirishda shoshilmay, behuda xis-xayajonlarga berilmasdan, aql-zakovat bilan ish to`tishda falsafaning o`rni va ahamiyati G`oyatda o`lkandir.

Falsafa har qanday murakkab ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy vaziyatda ham kishilarni yo`qsak G`oyaviylik, mustaxkam e`tiqod, kelajakka ishonch ruxida tarbiyalash bilan birga, ularga murosa va hamkorlik qilish, chigal muammolarni ham umummilliy, umuminsoniy manfaatlarni nazarda to`tgan holda madaniy va ma’rifiy xal etish imkoniyatlarini topishga yordam beradi.



Falsafaning vazifalari (funksiyalari). Bu fanning ijtimoiy fanlar tizimidagi o`rni va ahamiyati uning dunyoqarashni shakllantirish, uslubiy, gnoseologik, evristik, pedagogik-didaktik, prakseologik vazifalari (funksiyalari) bilan belgilanadi.

Bundan avvalgi ma’ro`zamizda falsafiy dunyoqarashning genezisi, vazifasi va ahamiyati haqida ancha batafsil to`xtalib o`tgan edik. Ushbu ma’ro`zada esa, unga qo`shimcha qilib, falsafa fan sifatida dunyoqarashni shakllantirish borasida qanday vazifani bajaradi, degan savolga javob topishga harakat qilamiz.

Falsafa fanining dunyoqarashni shakllantirish borasidagi vazifasi:

- birinchidan, inson qarashlarining shakllanish imkoniyatlari, usul va vositalarini, ularning kundalik ong darajasidan nazariy G`oyalar darajasiga kotarilish jarayonini, mifologik dunyo qarashdan farqlarini;

- ikkinchidan, milliy dunyoqarashni shakllantirishdagi turli fan yo`nalishlarining muayyan vazifalarini, ularning bir-biri bilan G`oyaviy hamkorlik qilish va uyg`unlashuv tamoyilini;

- uchinchidan, ilmiy dunyoqarashning milliy va umuminsoniy manfaatlarga mos kelishini aniqlashda namoyon bo`ladi.



Falsafa fanining uslubiy vazifasini izohlash uchun avvalo uslub (metodologiya) tushunchasini bilib olish lozim. Metodologiya — falsafa fanining tadqiqot ob’ektini o`rganishga yo`naltirilgan eng umumiy tamoyillar, usul va vositalar tizimidir. Metodologiya so`zining mantiqiy mazmuni ham borliqni bilishning usul va vositalari haqidagi ta’limot, degan ma’noni anglatadi. Shu ma’noda falsafa boshqa fanlar uchun metodologiyadir.

Falsafaning gnoseologik vazifasi, uning borliqni bilish uchun umumiy metodlar tizimini yaratishi bilan bog`liq. Bunda bilimlarning xaqiqiyligi masalasi asosiy o`rin tutadi. Falsafaning gnoseologik funksiyasi, ong va dunyoni bilish masalasiga bag`ishlangan ma’ro`zalarimizda ancha batafsil ma’lumotlar berish ko`zda tutilgan.

Falsafaning evristik funksiyasi («evrika» grekcha so`z bo`lib, kashf etish, degan ma’noni anglatadi) gnoseologik vazifasi bilan bog`liq bo`lib, tabiat, jamiyat va inson tafakkuri rivojlanishining umumiy yangi qonuniyatlarini kashf etishni harakterlaydi. Shu bilan birgalikda bu funksiyaga o`zini o`zi anglashni, milliy o`zlikni anglashni ham kiritish maqsadga muvofiq. Zero, inson va millatning o`zligini anglashi o`z tarixining xaqqoniy qirralarini va kelajak istiqbollarini kashf etish bilan belgilanadi.

Falsafa tarbiyaviy vazifani bajaradi. Insonning ma’naviy barkamollikka yetishishida falsafaning o`rni va ahamiyati kattadir. Хususan, «Axloq falsafasi» kishida yo`qsak axloqiy me’yorlar — vatanparvarlik, mehnatsevarlik, G`oyaviylik, e`tiqod, ijtimoiy-siyosiy faollik va mas’uliyatni xis etish tuyg`ularini tarbiyalaydi. «Huquq falsafasi» huquqiy ongni, huquqiy madaniyatni, ijtimoiy nazoratning boshqa huquqiy usul va vositalarini nazariy-amaliy jixatlardan ishlab chiqadi. «Тabiatshunoslik falsafasi» ta’lim-tarbiya soxasida o`ziga xos ahamiyatga ega. Insonning tabiatni bilish borasidagi intilishlari mohiyatini yoritadi, tabiatga nisbatan oqilona munosabatni shakllantirib, uni muxofaza qilishning nazariy asoslarini belgilab beradi.

Falsafaning praksiologik funksiyasi falsafiy G`oya va nazariyaning ijtimoiy hayotga amaliy tatbiq etilishi bilan izohlanadi.

Har qanday amaliy faoliyat mustaxkam ilmiy nazariyaga asoslanmasa, salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin. Shuningdek, falsafaning bu funksiyasi nazariyaning amaliyotga joriy etish uslub va vositalarini aniqlashni ham o`z ichiga oladi.

Yuqorida kursatilgan funksiyalarning o`zaro ichki bog`liqligi falsafaning mushtarak umumnazariy va uslubiy ahamiyatini belgilab beradi. Ularning o`ziga xos xususiyatlari hamda ahamiyatini har tomonlama o`rganish inson va jamiyatning ma’naviy kamolotiga nixoyatda katta ta’sir ko`rsatadi. Bu esa o`z navbatida, falsafiy bilimlar tizimini takomillashtirish yo`llarini topish imkonini beradi. Masalaning bu tarzda xal etilishi umuminsoniy sivilizatsiya tamoyillariga ham mos keladi.



Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2017
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa