Жаћон иќтисодиёти ва дипломатия университети


Avtotransport ishlab chiqaruvchi mamlakatlar xalqaro tashkiloti



Download 0,85 Mb.
Pdf ko'rish
bet93/94
Sana19.01.2023
Hajmi0,85 Mb.
#900507
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   94
Bog'liq
portal.guldu.uz-JAHON IQTISODIYOTI

 
Avtotransport ishlab chiqaruvchi mamlakatlar xalqaro tashkiloti 
Shunga ko‘ra, u amalda butun jahon avtomobil sanoatini qamrab olgan.
AIXTning asosiy vazifasi avtomobil sanoatiga taalluqli milliy uyushmalar o‘rtasida 
doimiy aloqalarni ta’minlash, avtomobillar ishlab chiqarish sanoatida tadqiqot ishlari olib borish, 
shu sohaga oid axborotlarni to‘plab uyushmalarga, tegishli a’zolariga tarqatish, vakolatli 
hukumatlararo va xalqaro organlar hamda xalqaro tashkilotlar oldida avtomobil sanoatini tashkil 


etish bilan birga rag‘batlantirishdan iborat. 
AIXT faoliyatini uchta qo‘mita orqali amalga oshiradi. 
Texnik qo‘mita (1956 yilda tuzilgan). Belgiya, Chexiya, Franiiya, Germaniya, Italiya, 
Yaponiya, Niderlandiya, Ispaniya, Shvetsiya, Buyuk Britaniya, AQSH avtomobil ishlab 
chiqaruvchilar uyushmalari texnik qo‘mita ishida muntazam qatnashib keladilar.
Qo‘mitaga kirmagan AIXT a’zolari qo‘mita nashr etgan barcha ish hujjatlarini, 
hisobotlarini, texnik axborotlarini muntazam ravishda olib turadilar. Shuningdek, ular qo‘mitaga 
taklif va texnik ma’lumotlar berib turishlari mumkin.
Texnik qo‘mita oldida hisobot berib turuvchi 6 ta ekspertlar guruhi, qator maxsus 
guruhlar mufassal tadqiqotlar uchun mas’uldirlar. Bu tadqiqotlar ko‘p jihatdan shovqinga, havoni 
ifloslantirishga, bevosita (tormoz, chiroq, ko‘ra bilish omillari) va bilvosita (baxtsiz hodisalarni 
kamaytirish) xavfsizlik masalalariga taalluqlidir. 
Texnik qo‘mita majlisi bir yilda uch marta, har bir ekspertlar guruhi esa bir yilda kamida 
ikki marta o‘tkaziladi.
Masalaning mohiyatiga qarab, AIXTning sanoat va iqtisodiy siyosati bo‘yicha qo‘mitasi 
(SISQ) nohukumat sanoat tashkilotlari bilan hamkorlik qiladi.
Dastlab milliy ishlar bo‘yicha qo‘mita deb atalgan ushbu qo‘mitaga ilk bor 9 ta mamlakat 
birlashgan (Belgiya, Fransiya, Germaniya, Italiya, Ispaniya, Yaponiya, Shveysariya, Buyuk 
Britaniya, AQSH). Bo‘lak uyushmalar hisobiga asta-sekin ko‘payib borgan a’zolar qo‘mita 
faoliyatini rivoj ettirishni ma’qul ko‘rib, bugungi kunda barcha a’zolari u yoki bu darajada SISQ 
faoliyatida hamkorlik qiladi.
Sanoat va iqtisodiy siyosat bo‘yicha qo‘mitaning asosiy faoliyati avtomobilning hozirgi 
jamiyat hayotiga kirib kelishi, avtomobil sanoatining kelajagi bilan bog‘liq asosiy iqtisodiy 
omillar, yangi sotsiologik yo‘nalishlarni taxlil etishga qaratilgan. 
SISQ a’zolari uyushmalar tomonidan berilgan axborot’ to‘plangan tajribalarga suyanib, 
avtomobil sanoati va yo‘l transportining iqtisodiy aqamiyati, avtovositalarni tashish, soliq 
to‘plash siyosati, og‘ir tijorat avtotransportining vazni, o‘lchovi, yoqilg‘ini tejash, iqtisodiy 
sharoitda atrof-muhitni saqlash kabi masalalarga ko‘proq urg‘u beradi. Ko‘rgazmalar qo‘mitasi 
1976 yilda tashkil etilgan. 
Hozirgi kunda qo‘mitada Avstriya, Belgiya, Bolgariya, Xitoy, Xorvatiya, Chexiya, Misr, 
Estoniya, Fransiya, Germaniya, Gretsiya, Venfiya, Italiya, Yaponiya, Koreya, Rossiya, Serbiya, 
Slovakiya. Ispaniya, Shveiiya, Shveysariya, Ukraina, Buyuk Britaniya avtomobil ishlab 
chiqaruvchilar uyushmalari ishtirok etadi.
Qo‘mitaning asosiy maqsadi avtotransport ishlab chiqaruvchilar siyosatini Yevropadagi 
xalqaro ko‘rgazmalarda qay darajada qatnashganiga qarab muvofiqlashtirib borishdan iborat.
Qo‘mita AIXT assambleyasiga havola etish uchun har yili xalqaro ko‘rgazmalar 
taqdimini tayyorlaydi. Bunga ko‘ra, ishlab chiqaruvchilar o‘z avtotransportlarini kelasi yil 
ko‘rgazmaga qo‘yishlari mumkin. Qo‘mita jadval tasdiqlanganidan, tegishli tomonlarga 
yetkazilganidan so‘ng qabul qilingan qarorlar to‘g‘ri ijro etilayotganini ta’minlaydi.
Bundan tashqari, qo‘mita keyingi yillarga mo‘ljallangan jadvalni yanada yaxshilash 
maqsadida o‘rta muddatli avtoko‘rgazmalar ro‘yxatini yangilab turadi, avtoko‘rgazma 
tashkilotchilari tomonidan tuzilgan guruh bilan hamkorlikda ko‘rgazmalarning ichki ko‘rinishini 
uyg‘unlashtirish ustida ish olib boradi. Qo‘mita yig‘ilishi bir yilda kamida bir marta o‘tkaziladi.
O‘zbekiston avtomobilsozlik korxonalari uyushmasi hisoblanuvchi "O‘zavtosanoat" 1998 
yil 6 mayda AIXT Bosh Assambleyasi sessiyasida a’zo etib qabul qilingan va 1998 yil 1 
iyuldan boshlab rasman AIXT a’zosi hisoblanadi. 
TASIS (MDH mamlakatlariga texnik yordam) 
TASISni ishlab chiqish g‘oyasi 1990 yil dekabr oyida Yevropa Ittifoqining Rimda bo‘lib 
o‘tgan majlisida yuzaga keldi.
Yevropa Ittifoqi Vazirlar Kengashining 1991 yil iyul oyidagi qarori asosida TASIS 
dasturi rasman ta’sis etildi. Qayta ko‘rib chiqilgan yangi qaror 1993 yilda qabul qilindi. Dastur 
Yevropa Ittifoqi budjeti mablag‘lari hisobidan moliyalashtirilib, shu Ittifoq qonunlariga muvofiq 


tarzda faoliyat ko‘rsata boshladi.
Siyosiy o‘zgarishlarni, tez o‘zgarib borayotgan vaziyatni hisobga olgan holda TASIS 
dasturiga zudlik bilan tuzatishlar kiritildi. Dastlab dastur faqat bitta mamlakat - sobiq ittifoqga 
mo‘ljallangan edi. U kuchga kirgan yildan ko‘p vaqt o‘tmay ittifoq parchalanib, noaniklik davri 
boshlandi. Ana shu voqealar natijasida avvaliga Boltiqbo‘yi davlatlari, so‘ng 12 ta yangi 
mustaqil davlat paydo bo‘ldiki, bularning har biri o‘zining islohotlar siyosatini belgilab, o‘z 
yo‘lini tanladi. Bu yangi davlatlar ichida O‘zbekiston birinchi bo‘lib mustaqil Prezidentlik 
boshqaruviga o‘tdi.
Yevropa Ittifoqi yangi mustaqil davlatlar paydo bo‘lganidan keyin islohotlar jarayoni 
sur’atlarini saqlab qolish nechog‘li ahamiyatga ega ekanligini tushunib yetdi. Shu tariqa mustaqil 
davlatlarning har qaysisi bilan dastlab munosabat o‘rnatgan siyosiy tashkilotlardan biriga 
aylandiki, bu TASIS dasturining bundan keyingi faoliyatinigina emas, balki yanada rivoj 
topishini ta’minlab berdi.
TASIS umumiy ehtiyojlarni aniqlaganidan so‘ng sherik mamlakatlar bilan birgaliqda 
qaysi sektorlarga birlamchi yordam berish kerakligini aniqlashga kirishdi. Uning qo‘llab-
quvvatlayotgan eng yirik birlamchi sektorlari quyidagilardir: 
- Davlat korxonalarini qayta qurish, xususiy sektorni rivojlantirish; 
- qishloq xo‘jaligi; 
- infrastruktura - energetika, aloqa va transport; 
- yadro xavfsizligi va atrof-muhitni himoyalash; 
- davlat boshqaruv tizimini isloh qilish; 
- ijtimoiy ta’minot; 
- ta’lim. 
TASISning maqsadi - sherik mamlakatlarga ularning jamiyatlaridagi ijtimoiy-iqtisodiy 
tuzilmani tubdan qayta qurishda yordam berishdan iborat bo‘lib, masalalarni amaliy hal etish 
yo‘lida yangi fikrlar, muqobil usullarni taklif qilgan holda jamiyatning hamma darajalarida 
faoliyat ko‘rsatadi.
Turli-tuman davlat, xususiy tashkilotlar nou-xau hamda asbob-uskunalar yetkazib 
berishda TASIS mablag‘laridan foydalanishadi. Bu yerda g‘arb tajribasi joylardagi bilimlar, 
ko‘nikmalarni hisobga olgan holda qo‘llanadi. Ana shu maxsus bilimlarning ko‘pchilik qismi 
Yevropa Ittifoqi tashkilotlaridan kelib tushadi, ammo joylarda shunga munosib mutaxassislardan 
foydalanishga ko‘proq e’tibor beriladi. 
Hozirgi paytda O‘zbekistonda TASIS loyihalari respublika hukumat muassasalari bilan 
yaqin hamkorlik qilingan holda amalga oshirilmoqda.
Ilova 

Download 0,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   94




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish