16
Yuqorida aytilgan va boshqa asoslar umumlashtirilsa, har bir pedagogik
texnologiyaning o`z nazariy va amalii asoslari kelib chiqadi. Ular aloxida
maqsad,
vazifalari, mazmuni, shakl, usul, vositalariga muvofiq belgilanadi.
Pedagogikada, o‘qitish texnologiyalari bilan biiga ta’limiy texnologiyalar ham
o‘rin olgan. Ta’limiy texnologiyalar mazmun-axborot aspektini bildirsa, o‘qitish
texnologiyasi jarayonga aloqador deb hisoblanadi, ya’ni ular orasida hali ham aniq
farqlar beigilanmagan.
Pedagogik texnologiya talabalarning tayyorgarlik darajasiga,
ulaming
axborotlar bilan tanishganlik va amaliy tayyorgarligiga moslangan bo'lishi lozim.
Kasbiy ta’lim tizimida o‘qitish texnologiyalari fundamental va amaliy bilimlaming
o‘zlashtirilishini, harakatlaming reflektivligini aks ettiradi va o‘z kasbiy faoliyatini
shakllantiradi.
Pedagogik texnologiya Ta`lim beruvchiva talaba faoliyati bilan belgilanadi.
Faoliyatning bunday turlariga ko‘ra pedagogik texnologiyaning tuzilmasi
aniqlanadi.
Pedagogik texnologiyaning tuzilmasi:
-
konseptual asos,
-
ta’lim jarayonining mazmuni
-
texnologik jarayondan iborat bo‘ladi.
Har bir pedagogik texnologiya muayyan ilmiy konsepsiyaga asoslanadi.
Pedagogik texnologiyaning ilmiy konsepsiyasi ta’lim maqsadlariga erishishning:
- falsafiy,
- psixologik,
- ijtimoiy-pedagogik
- didaktik asoslashlami qamrab oladi.
Ta’lim jarayoni mazmuni ta’lim jarayonining:
- umumiy va aniq maqsadlari,
- o‘quv materiali mazmunidan iborat bo‘ladi.
Texnologik jarayon:
- o‘quv jarayonini
tashkil etish,
- Ta`lim beruvchifaoliyati,
- talaba faoliyati,
- o‘quv jarayonini boshqarish usullari,
- o‘quv jarayoni diagnostikasini qamrab oladi.
Tadqiqotchilar har qanday pedagogik texnologiyalami qanoatlantiradigan
mezonlarni belgilaydilar:
-
Izchillik pedagogik texnologiyaning mezoni sifatida jarayonning
mantiqiyligi, pedagogik texnologiyaning barcha qismlarining o‘zaro bog‘likligi,
yaxlitligani o‘z ichiga oladi.
17
-
Boshqaruvga asoslanganligi pedagogik texnologiyaning mezonlaridan biri.
U o‘quv
jarayoni diagnostikasi, uni rejalashtirish va amalga oshirishni loyihalash,
undagi o‘qitish metodlari va vositalari bilan o‘zgartirib turishdan iborat bo‘ladi.
-
Samaradorlik mezoni pedagogik texnologiyaning ta’lim jarayonining
konkret sharoitlarida olinadigan yo`qsak natijalami ko‘zda tutadi.
-
Qayta tiklash pedagogik texnologiyalar mezonlaridan biridir. Unda
pedagogik texnologiyalami boshqa o‘quv yurtlarida qo‘llash imkoniyati
tushuniladi. Shunday qilib, oliy maktabda mutaxassislarning
kasbiy tayyorgarligi
murakkab va doimiy harakatdagi tizimni tashkil etadi. Bu tizimda bo‘lg‘usi
o‘qituvchining texnologik tayyorgarligi alohida o ‘rin tutadi. U bo‘lg‘usi
pedagogning intellektual rivojlanishi, faol o'qishi, ijodiy shaxsning rivojlanishi,
tafakkuming kasbiy yo‘nalganligini idrok qilish, o‘quv-bilish faoliyatini tashkil
etishda tadqiqiy (ilmiy) tamoyillami amalga oshirish bilan bog‘langan.
Bo‘lg‘usi pedagogning
texnologik tayyorgarligi, oliy o ‘quv yurtida
pedagogik texnologiyalami amalga oshirishni talab qiladi.
Pedagogik texnologiya fanining quyidagi asosiy tushunchalari mavjud:
1. Texnologiya – biror ishda mahoratda, jarayonda qo’llaniladigan yo’llar,
usullar majmuasi.
2. Pedagogik
texnologiya
–
pedagogik
va
texnologik
yondashuvlar
integrasiyasidir.
3. Pedagogik loyihalash – yaratilgan modelni dastlabki va yakuniy ko’rinnishda
ishlab chiqish va uni amaliy qo’llash darajasiga yetkazishdan iborat.
4. Pedagogik tizim –bir biribilan o’zaro bog’langan mo’ayyan munosabatda
bo’lgan elementlar bilan tasvirlangan yahlit ta’lim tizimidir.
5. Pedagogik innovasiya – pedagogik jarayonga yangilik kiritish.
Do'stlaringiz bilan baham: