# 4, 2020 PEDAGOGIK MAHORAT*ПЕДАГОГИЧЕСКОЕ МАСТЕРСТВО*PEDAGOGICAL SKILL
58
Qandaydir bir koʻnikmani yanada yaxshiroq mustahkamlash maqsadida har galgi mashqda xuddi bir
xil misol va masalalarni qayta-qayta takrorlayverish mutlaqo shart emas. Aksincha, bilimlarni
mustahkamlashda ham, shuningdek, harakatlarni mustahkamlashda ham yangi misollar va masalalar berish
juda foydalidir. Mashq ana shuning bilan odatda, hech qanday yangi ish usuli kiritilmaydigan trenirovka
mashgʻulotidan farq qiladi. Oʻqitish jarayonida ham trenirovka qoʻllaniladi. Masalan, oʻqituvchining talabi
bilan talaffuz qilinishi qiyin boʻlgan soʻzni hamma oʻquvchilar baravariga qayta-qayta takrorlaydilar,
harflarning
elementlarini
yozadilar,
ustaxonada
taxtachalarni
randalaydilar;
jismoniy
tarbiya
mashgʻulotlarida ham mashq qilish metodidan tez-tez foydalanib turiladi. Lekin mashq maktabdagi
mashgʻulotlarda ancha katta oʻrinni egallaydi.
Mashqlarning u yoki bu bosqichida hosil qilingan koʻnikmalar avtomatlashishlari, ya’ni malakaga
aylanishlari mumkin (Yuqorida aytib oʻtganimizdek, malakalar koʻnikmalarning avtomatlashishlari
jarayonida hosil boʻladi).
Agar harakat va koʻnikmalar juda mustahkamlanib, ma’lum bir ishni qanday bajarish kerakligini
oʻylab oʻtirmay va ayrim harakatlarga alohida diqqat qoʻyib oʻtirmay amalda bajaraveriladigan boʻlsa,
malaka batamom hosil boʻldi, deyish mumkin. Avtomatlashish davri shu bilan xarakterlanadiki, bunda
harakatlarni, asosan, koʻz bilan boshqarishda harakat sezgilari asosidagi kontrollikka oʻtiladi va bu xil
kontrollik ustun chiqadi.
Hosil boʻlgan malakalar biror faoliyat jarayonida tugʻiladigan ayrim amaliy vazifalarni bajarish talab
qilinganda ishga solinadi. Bunday vazifa mavjud boʻlganda, malakadan ongli ravishda foydalanishga
kirishiladi. I. P. Pavlov iborasi bilan aytganda, bunday paytda ikkinchi signal sistemasining nutq signallari
“harakatga keltiruvchi madad” hisoblanadi. Lekin agar ish boshlanib, birinchi harakat qilingan boʻlsa,
bunday paytda keyingi har bir harakat oldingi harakatdan hosil boʻlgan harakat sezgisi tufayli qoʻzgʻala
boradi. Avtomatlashgan koʻnikma harakatlarning nervfiziologik mexanizmi birinchi signal sistemasida hosil
boʻladigan bogʻlanishlardan iborat. Bunda birinchi signal sistemasi, albatta, ikkinchi signal sistemasi
kontrolligi ostida ishlaydi.
Harakatlarning avtomatlashish davrida koʻnikmalar faqatgina juda yaxshi mustahkamlanib qolmay,
balki yanada takomillashadi. Bu davrda ortiqcha harakatlarning yoʻqola borishi davom etadi, kerakli
harakatlar esa yanada aniqroq, ixchamroq va tezroq boʻla boradi.
Malakaning mustahkamlanishi va avtomatlashishi maxsus mashqlar va oʻrganish davrida
tugallanmaydi. Malakalar faoliyatining oʻzida ham takomillashadi. Masalan, agar kishiga umrida juda koʻp
yozish va oʻqish toʻgʻri kelsa, uning orfografiya malakasi juda mustahkam boʻladi. Barcha mehnat
malakalari mehnat jarayonining oʻzida takomillashadi. Malaka egallash uchun qilinadigan maxsus mashqlar
faqat tayyorgarlik ahamiyatiga egadir.
Shunday holatlar ham boʻladiki, bunda malakalar maxsus mashq va oʻrganish natijasida hosil
qilinmay, balki faoliyat jarayonida hosil qilinadi, hatto ishni uddalay bilishni avtomatlashtirish koʻzda
tutilmagan taqdirda ham faoliyat jarayonida hosil qilinadi.
Avtomatlashgan harakatlar, ya’ni koʻnikma va malakalar ong kontrolligidan batamom chiqib
ketmaydi. Sharoit oʻzgarib qolgan paytda ular yana ongli ravishda takrorlanaveradi, bunda qilinadigan ayrim
ishlar oʻylab olinadi.
Oʻqish jarayonida hosil boʻladigan hamma koʻnikma va malakalar oʻzaro bir-biri bilan bogʻlangan
holda hosil boʻladi. Chunonchi, oʻquv ishlari bilan bogʻliq boʻlgan koʻnikma va malakalarning shakllanishi
ishlab chiqarish mehnatiga doir koʻnikma hamda malakalarning oʻzlashtirilishiga yordam beradi. Ishlab
chiqarish mehnati va sport sohasiga doir malakalarning oʻzlashtirilishi ham oʻzaro bogʻliq boʻlgan hodisadir.
Oʻquvchi-talaba malakali ishchilar kabi ishlay olishi uchun uning bilimlarini boyitish va
ixtisoslashtirish, kasbiy koʻnikma va malakalarini shakllantirish va rivojlantirish lozim boʻladi.
Kasb-hunar kollejlarida asosiy diqqat e’tibor oʻquvchilarda ishlab chiqarish mehnatiga doir koʻnikma
va malakalarni hosil qilishga qaratilgan. Ana shunday koʻnikma va malakalarni yuzaga keltirish
oʻquvchilardan alohida jiddiylik bilan aqliy kuchlarini, ya’ni
Do'stlaringiz bilan baham: |