# 4, 2020 pedagogik mahorat*педагогическое мастерство*pedagogical skill



Download 4,67 Mb.
Pdf ko'rish
bet76/299
Sana13.01.2023
Hajmi4,67 Mb.
#899233
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   299
Bog'liq
Pedagogik mahorat 4-son 2020 yil

BILIM 

 KOʻNIKMA 

 MALAKA 

 MAHORAT 
Ushbu ketma-ketlik K.K.Platonov tomonidan taklif etilgan boʻlib, u bizning fikrimizcha, ilmiy 
jihatdan koʻpchilik olimlar tomonidan asoslab berilgan.
Biz psixologiya, pedagogika, didaktika, sotsiologiya va ishlab chiqarish pedagogikasi sohalarida olib 
borilgan ilmiy-amaliy izlanishlarga tayanib, malakalarning shakllanish jarayonlarini bosqichlarga ajratiladi. 
Deyarli har qanday ixtisoslikdagi murakkab koʻnikma tarkibiga psixologik turdagi barcha malakalar kiradi. 
Biroq ishchi amalga oshiradigan ishlab chiqarish jarayoni xususiyatlariga koʻra alohida malakalarning nisbiy 
salmogʻi va ahamiyati turlicha boʻlishi mumkin. 
Koʻnikma va malakalar hosil boʻlishining nervfiziologik asosi shartli reflekslardir. Har bir malaka va 
har bir odat, oʻz fiziologik asosiga koʻra, shartli refleks bogʻlanishlari sistemasidan iborat. Malaka va 
odatlarnining hosil boʻlishida, shuningdek, ularning oʻzgarishida shartli reflekslarning hosil boʻlishi, 
oʻzgarishi hamda tormozlanishiga oid boʻlgan barcha qonunlar, jumladan, dinamik stereotip hosil boʻlishi 
https://buxdu.uz


# 4, 2020 PEDAGOGIK MAHORAT*ПЕДАГОГИЧЕСКОЕ МАСТЕРСТВО*PEDAGOGICAL SKILL
57 
qonuniyatlari amal qiladi. Malaka va odatlarni oʻrganishda I. P. Pavlovning quyidagi soʻzlarini nazarda 
tutish lozim: 
“Bizdagi tarbiya, ta’lim, intizomning barcha turlari, har qanday odatlar qator-qator tuzilgan juda koʻp 
shartli reflekslardan iborat boʻlsa kerak. Muayyan sharoit, ya’ni muayyan qoʻzgʻovchilar bilan 
harakatlarimiz oʻrtasida hosil boʻlgan va mustahkamlangan bogʻlanishlar, koʻpincha, hattoki ataylab 
qarshilik qilishimizga qaramay, doimo oʻz-oʻzidan takrorlanaverishini kim bilmaydi? Bu narsa muayyan bir 
harakatlarni bajarish, shuning bilan birga, bunday harakatlarni toʻxtata bilishga, ya’ni ham musbat, ham 
manfiy reflekslarga baravar taalluqlidir. Shuningdek, ba’zan oʻyin paytida yoki turli san’at mashgʻulotlarida 
ishda uchraydigan ortiqcha harakatlarni yoʻqotish uchun lozim boʻlgan tormozlanish tugʻdirish oson emasligi 
ma’lumdir”[8.15]. 
Psixikaning taraqqiyotida malaka va koʻnikmalar hayvonlarda ham hosil boʻladi. Hayvonlarda malaka 
va koʻnikmalar ularning ehtiyojlariga, yashash sharoitiga bogʻliq holda, taqlid yoʻli bilan va, shuning bilan 
birga, odamlar tomonidan oʻrgatish yoʻli bilan hosil boʻladi. Hayvonlarda malaka va koʻnikmalar birinchi 
signal sistemasi doirasidagi bogʻlanishlar asosida vujudga keladi. Odamda malaka va koʻnikmalarning hosil 
boʻlishida birinchi signal sistemasi bilan oʻzaro munosabatda boʻlgan ikkinchi signal sistemasi koʻproq 
ahamiyatga egadir. 
Biron narsaning uddasidan chiqa oladigan boʻlish uchun kishi, dastavval qanday harakatlar qilish 
kerakligini va bu harakatlarning qay tarzda amalga oshirilishini bilib olishi va esida saqlab qolishi kerak. 
Shundagina kishi talab qilingan natijaga erishishi mumkin. Ishning bajarish usullarini bilgandan soʻng yoki 
bilish mobaynida kishi birovning tushuntirishi boʻyicha yoki nusxaga qarab, xuddi shunday harakatlarni qila 
boshlaydi. Masalan, endigina yozishni oʻrganayotgan bola “a” harfini qanday yozish kerakligini 
oʻqituvchining tushuntirishidan va nusxadan qarab bilib oladi. Soʻngra bu harfni uning oʻzi ham yoza 
boshlaydi. U avval yarim doira shaklini chizadi va buning oʻng tarafiga pastki tomoni bir oz qaytarilgan 
toʻgʻri chiziq qoʻshadi. Bu bolaning “a” harfini oʻrgana boshlashi demakdir. 
Biron ishning uddasidan chiqishni oʻrganishning bu dastlabki davrida har bir yangi harakat ongli 
ravishda bajariladi. Kishining diqqati, odatda, bajarilayotgan ishining oʻziga emas, balki koʻproq, oʻzining 
ayrim harakatlariga qaratilgan boʻladi. Biron ishning uddasidan chiqishni oʻrganishning bu davri tegishli ish-
harakatlarni yoki zehniy ishni amalga oshirishda kerak boʻladigan usullarni ongli ravishda tanlashdan iborat 
boʻladiki, bu usullarning birga qoʻshilishi natijasida maqsadga muvofiq va toʻgʻri ish harakatlar qilinadi. 
Ammo biron ishning uddasidan chiqishni oʻrganishning dastlabki davridagi harakatlar koʻpincha bir-biriga 
qovushmagan boʻladi. Masalan, bola xat yozishni oʻrganar ekan, “a” harfini faqat bitta harakat yordami bilan 
emas, balki eng kamida ikkita harakat yordami bilan yozadi, u yarim doira shaklini alohida chizib oladi va 
soʻngra esa bunga pastki tomoni biroz qayrilgan chiziq qoʻshadi. 
Biron ishning uddasidan chiqishni oʻrganishning dastlabki davriga xos boʻlgan xarakterli 
xususiyatlardan biri ortiqcha kuch sarf etishni talab qiluvchi yanglish va qoʻshimcha harakatlarning koʻp 
boʻlishidir. Masalan, endi yozishga oʻrganayotgan bolalar, koʻpincha, yozish paytida tillari, yuz muskullari, 
butun badanlari bilan zoʻr berib harakat qiladilar, ba’zan oyoqlarini ham qimirlatadilar. 
Biron ishning uddasidan chiqishni oʻrganishning bundan keyingi davri - bilib qilinadigan ongli 
harakatning mustahkamlanish va takomillanish davridir. Bunda koʻnikmalar mashq qilish orqasida 
mustahkamlanadi. Mashq - koʻnikma hamda kerakli usul va harakatlarni mustahkamlash va takomillashtirish 
maqsadida ularni koʻp marta takrorlashdir. Mashq jarayonida harakatlar faqat mustahkamlanibgina qolmay, 
balki oʻzgaradi va aniq, tez hamda puxta bajariladigan boʻladi. 
Yozishni endigina oʻrganayotgan bola har bir harfni toʻgʻri va chiroyli qilib yozishga intiladi. Lekin 
bola dastavval boshdan shoshib yozadigan boʻlsa, bunda u juda koʻp kalligrafik va orfografik xatolarga yoʻl 
qoʻyib yuborishi mumkin. Oʻquvchi faqat uzoq vaqt davomida mashq qilishi orqali toʻgʻri va chiroyli 
yozishni saqlab qolgan holda, tez yoza oladigan boʻladi. Agar oʻquvchi hali birinchi chorak davomida 
oʻqishning elementar usullarini egallamagan boʻlsa-yu, lekin tez oʻqishga intilsa, bunday qilganda, odatda, 
oʻqishda ham juda koʻp xatolar (ayrim soʻzlarni tashlab ketish, matnlarni yanglish oʻqish) roʻy beradi. Yil 
oxiriga kelib, oʻqish texnikasining tobora takomillanishi bilan oʻquvchining oʻqish tezligi ham tegishli 
ravishda ortib boradi. 
Mashqlar jarayonida kishining ixtiyoriy diqqati butun ishga ham, uning ayrim tomonlariga ham 
qaratilgan boʻladi. Bunda harakatlarning toʻgʻri bajarilayotganligi, asosan, koʻz bilan kontrollik qilinadi. 
Biron ishning uddasidan chiqishni oʻrganishning bu davrida ayrim harakatlarning bir-biriga 
muvofiqlashuvi (koordinatsiyasi) takomillashadi. Bir necha harakatlar bir butun murakkab harakat, amal 
boʻlib birlashadi, umuman qattiq zoʻr berish ozayadi va koʻp ortiqcha harakatlar yoʻqola boradi. 
Ortiqcha va qoʻshimcha harakatlarning yoʻqotilishi differensirovka hosil boʻlishning natijasidir: 
muvaffaqiyatli natija bilan quvvatlanmagan harakatlar asta-sekin tormozlanadi, kerakli natijaga olib boruvchi 
toʻgʻri harakatlar esa mashq qilish davomida tobora mustahkamlanadi. 
https://buxdu.uz



Download 4,67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   299




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish