Ilk Misr jamiyati va davlati. Ilk podsholik
davri (er. avv. XXXI-XXIX asrlar)
Ilk dehqon jamoalari er. avv. VI-V ming yillikda
Quyi Misrda Fayum vodiysida mavjud bo`lgan.
Fayum manzilgohida g`alla ekinlari ekilgan, yirik va
mayda qoramol boqilgan va baliq tutilgan. Bu
45
madaniyatga mansub bo`lgan manzilgohdan suyak-
garpun, toshdan yasalgan o`roqlar va loy idishlar
topilgan . Shu vaqtda Yuqori Misrda chorvador
dehqonlar yodgorligi topilgan joyiga qarab Tasiy
madaniyati deb ataladi. Bu yerdan ko`plab qabrlar
topilgan. Bug'doy ekilgan, mayda chorva mollari
boqilgan, sirti qora va kulrang loy idishlar yasalgan.
Tasiylar urug' jamoasi bo`lib yashaganlar. Ulardan
ko`ra yuqori rivojlangan Badari madaniyati (er. avv.
IV ming yillik) ga tegishli aholi urug' jamosi bo`lib
yashab chorvachilik va dehqonchilik bilan
shug'ullanganlar. Yerga motiga bilan ishlov berilib,
kichik kanallar qazilgan. Ov va baliqchilik ham
mavjud bo`lgan. Badariylar kulolchilikni
takomillashtirganlar. Er.avv. IV ming yillikning 1-
yarmida Amrat manzilgohlari yanada yuqoriroq
rivojlangan. Bu davrda ilk mustahkamlangan
qo`rg'onlar paydo bo`lgan. Aholi soni o`sgan. Mis
buyumlari ko`paygan, garpun-qarmoqlar yasalgan, ilk
tilla bezaklar paydo bo`lgan. Kulollar naqshli
idishlar tayyorlay boshlaganlar (ilk sulolagacha
bo`lgan davr).
Er. avv. IV ming yillikning II yarmida Gerzey
davri (hozirgi Gerzi qishlog'i nomidan) sulolaviy
davrgacha bo`lgan 2-bosqichda sun'iy sug'orishga
asoslangan dehqonchilikdan hunarmandchilik ajralib
chiqqan. Ilk ijtimoiy tabaqalanish yuz beradi. Qazib
ochilgan qabrlardan ko`plab buyumlar topilgan.Bu
46
vaqtda ilk ibtidoiy qulchilik paydo bo`lgan.Qullar
«tirik murdalar» deb atalgan. Misrning ilk davlatlari
xo`jalik faoliyatini birgalikda olib borishga intilgan
dehqon jamoalarining birlashmalaridan paydo bo`ldi.
Sug`orish inshootlarini rivojlantirish va
yiriklashtirishga bo`lgan ehtiyoj davlat hokimiyatini
shakllanishini rag`barlantirdi. Davlat hokimiyati
sug'orish tizimini yaratish va ta'mirlashda
yetakchilik qila boshladi.
Misrning ilk davlatlari hajmi jihatidan uncha katta
bo`lmagan edi. Keyinchalik Yuqori Misr 22 ta, Quyi
Misr 20 ta katta bo`lmagan viloyat – nomlar ( Misr
viloyatlarini antik yozuvchilar “nom” deb, ularni
hokimlarini “nomarx” deb ataganlar) ga bo`lindi.
Nomlarda iqtisodiy ehtiyojlardan kelib chiqib,
birlashuv jarayoni kuchli bo`lgan. Nomlar o`rtasidagi
uzoq urushlar natijasida er. avv. IV ming yillik oxirida
Yuqori va Quyi Misrda ikkita yirik davlat vujuga
keladi. Yuqori Misr hukmdori oq rangli toj, quyi
Misr hukmdori qizil rangli toj kiygan.
Birinchisining poytaxti Exnab (Nexen),
ikkinchisining poytaxti Buto shahri bo`lgan.
Misrning ilk podsholar4idan biri sanalgan Narmer
yodgorliklarida yuqori misr podsholarining g`alabalari
ularning ishtiroki bilan muhim marosimlar
abadiylashtirilgan. Yodgorliklarda harbiy tasvirlar
ko`pchilikni tashkil etadi. Podsholarning hokimiyati
er. avv. IV asr o`rtalaridan boshlab merosiy tus ola
47
boshlaydi. Chunki Nil vodiysining uncha katta
bo`lmagan nomlari o`rtasidagi muntazam olib
borilayot urushlarda harbiy yo`l boshchi
nomarxlarning mavqei kuchayib boradi. Er. avv. IV
ming yillikning oxiriga kelib podsholarni
hokimiyatiga ilohiy tus berilib ular xudo Xor ( bu
xudo lochin ko`rinishida tasvirlangan ) bilan
qiyoslangan.
Har ikki podsholik o`rtasida Misrni birlashtirish
uchun uzoq kurash boshlanadi. Quyi Misrda podsho
Narmer va undan oldin o`tgan o`tmishdoshlari
g`olibona urushlar olib borganlar. Er. avv. XXXI
asrning II yarmi atroflarida mamlakatni haqiqiy
birlashtiruvchisi va I umummisr sulolasi asoschisi deb
misrliklarni o`zlari Narmerning o`g`li Mina
(yunoncha Menes)ni hisoblaydilar. Mamlakatni
birlashtirish uchun Narmer va undan oldin o`tgan
podsholar Quyi Misrda uzoq urush olib boradilar.
Misrni amalda to`la birlashtirgan va I umummisr
sulolasiga asos solgan podsho Narmerning o`g`li
Mina ( yunoncha – Mina, er. avv. XXXI asrning
ikkinchi yarmi atrofida ) bo`ldi. U Yuqori va Quyi
Misr tutashgan strategik muhim nuqtada yangi poytaxt
mustahkamlangan shahar Memfis (Minnefer
misrcha)ni qurdi. Misrning Tinis viloyatidan kelib
chiqqan I-II sulolalar davri ilk podsholik davri
deyiladi. Ilk podsholik davrida yagona va ko’p sonli
davlat apparati va bu aparatni boqadigan davlat yer
48
egaligi shakllanadi. Davlat yerlarida tashkil etilgan
yirik xo’jaliklarda davlatga qaram bo’lgan ishchilar
mehnat qilar edilar. Davlatga turli soliq va
majburiyatlar o’tashga majbur bo’lgan qishloq
jamoasi ham mavjud edi. Sug’orish inshootlari va
ishlari butun mamlakat miqyosida olib boriladi. Mis
qurollari yaxshi ma’lum bo’lsada tosh mehnat
qurollari ham keng tarqalgan edi.
I-II sulolalar podsholari butun mamlakatni har
ikki yilda bir marta aylanib chiqishlari an’anaga
aylangan. Mafkurada uning birligi his qilina
boshlanadi. Endilikda podshoni unvoniga mamlakatni
janubi va shimolida e’tiqod qilinadigan ma’budlar
Nexbet va Yajit-“Ikkala hukmron”-“Yuqori va Quyi
Misr podshosi” so’zlari qo’shiladi. Butun mamlakat
miqyosida Yuqori Misrning bosh xudosi Xorga
e’tiqod qilish keng tarqaladi.
Bu davrda Misr tashqi dunyo bilan faol aloqa olib
boradi. Misrning tosh ko’zalari bu vaqtda sharqiy
O’rtayer dengizining barcha hududlaridan topilgan:
Finikiya va Suriyadan yog’och (mashhur Livan kedri),
Sinay yarim orolidan mis, malaxit va feruza toshlari
olib kelinadi. Luviya va Arabiston sahrolari yo’llari
o’zlashtiriladi. Shimoliy Nubiya ustidan Menes
davridan yo’lga qo’yilgan Misrni nazorati saqlanib
qoladi.
Er. avv. XXIX asr o’rtalari atrofida Misrda
siyosiy halokat yuz berdi. Podsho Sexemib Xorga
49
sig’inishni bekor qilib, uning afsonaviy dushmani
Seton bilan o’zini qiyosladi, poytaxtni Memfisdan
Abidosga ko’chirdi. Quyi Misr ajralib chiqdi. Misrni
birligini II sulolaning so’ngi vakili Xasexemum qayta
tikladi. U Quyi Misrni tor-mor qildi (uning haykaldagi
yozuv 47209 kishini o’ldirilgani yoki haydab
ketilgani haqida xabar beradi).
Do'stlaringiz bilan baham: |