Yangi podsholik davrida buyuk Misr davlati (er.
avv. XVI-XII asrlar)
XVIII, XIX sulolalar fir'avnlarining tashqi
siyosati (er. avv. XVI-XIII asrlar)
Yangi podsholik davrida Misr qo’shinlari qayta
tashkil qilindi. Giksoslar ta'siri ostida qo’shin
tarkibiga jang aravalari kiritildi. Misrda ot zavodlari
tashkil qilinib, xo’jalikning yangi sohasi yilqichilik
81
paydo bo’ldi. Ot zavodlari davlat hokimiyati
tomonidan taskil qilindi va ularni oliy mansabdor
boshqargan. Piyodalar asosiy harbiy qo`shinning
asosiy qismi bo`lib qoldi. Ammo uning qurol turlari
yangilandi. Qilichning 2 turi: og`ir, to’gri va
yengilroq o’roqsimon qilichlar paydo bo’ldi.
Dushmanlardan yaxshiroq himoya uchun askarlar
plastinkali sovut kiya boshladilar. Qo’shin safini og`ir
qurollangan kamonchi va nayzachilar to’ldira
boshladi. Qo’shinning yangi turi harbiy dengiz floti
paydo bo’ldi. Mudofaa inshootlari (fortifikasiya)
qurish san'ati takomillashdi. Misrliklar bosib olingan
hududlarida kuchli mustahkamlangan qal'alarni ko’ra
boshladilar. Qo`shinni to’ldirish tartibi o’zgardi.
Askar olishning yangi qoidasiga ko’ra, har 10
balog`atga yetgan erkaklardan biri harbiy xizmatga
chaqiriladigan bo’ldi. Ammo bu tartib qo’shinni
to’liq to’ldirish imkoniyatini bermadi. Shu sababli,
XIX sulola davridan boshlab, yo`llanma chet el
askarlari qo’shinning yarmini tashkil qila boshladi.
XVIII sulola kuchli qo’shinga tayanib,
bosqinchilik siyosatini olib bordi. Ayniqsa, Sharqiy
O’rtayer dengizi qirg`og`iga nisbatan istilochilik
hujumlari kuchayib ketdi. Bu hududda er. avv. XV
asrda Misrga qarshi faqat birgina Mitanni davlati
jiddiy qarshilik ko’rsata olar edi. Mitanni XVI asr
oxiri XV asrning birinchi yarmida qudratli davlatga
aylangan edi. U Misrning Suriya va Falastinga
82
ekspansiyasini to’xtatish uchun Kadesh shahri
boshchiligidagi Suriya va Falastinning kichik
davlatchalari koalitsiyasini har tomonlama qo’llab-
quvvatladi. Natijada bu ittifoq Misr ekspansiyasini
vaqtinchalik to’xtatdi. Misr janubda uchinchi Nil
ostonalaridagi hududlarni bosib oldi.
Yaxmos I giksoslarni Osiyodan haydab chiqarib
Finikiyada Misrning ta’sirini qayta tikladi. Uning
o’g’li Amenxotep I Osiyoda hech qanday urush olib
bormadi, keyingi fir’avn Tutmos I (er. avv. XVI asr
oxiri) davrida Misr Yaqin Sharqning eng katta
davlatlaridan biriga aylandi. Nubiya (Kush)da katta
yutuqlarga erishilib Kamos Misrning hududini
Nilning ikkinchi ostonasigacha, Amenxotep I yana
janubga tomon kengaytirdi. Amenxotep Iga uning
kuyovi harbiy boshliq Tutmos voris bo’ldi. U er. avv.
XVI asr oxirida Yuqori Mesopotamiyadagi Mitanni
davlatiga qarshi urush boshladi. Bu davlat shimoliy
Suriyani nazorat qilar edi. Misr Mitannidan shimoliy
Suriyani tortib olib, o’z nazorati ostiga oldi.
Nubiyada misrliklar Nilning uchinchi ostonasidagi
ilgari mustaqil bo’lgan Kush davlatining poytaxti
Kermani egalladilar.
Tutmos I ning vorisi uning kichik xotinidan
bo’lgan o’g’li Tutmos II ( er. avv. 1503-1490-yillar
atrofida) bo’lajak mashhur malika Xatshepsutga
uylandi. Malika Xatshepsut Tutmos III ni davlat
ishlaridan chetlashtirishga harakat qildi. Xatshepsut
83
o’zini eri bilan birga hukmdor deb e’lon qiladi, vaqt
o’tishi bilan malika yodgorliklarda o’zini mustaqil
fir’avn sifatida tasvirlay boshladi. Malika erkak
fir’avn kabi o’z hokimiyatini to’laqonligini ta’kidlash
uchun gavda tuzilishini erkaklarga o’xshatib, soqol
qo’yilgan holda tasvirladi. Xatshepsut fir’avn-jangchi
sifatiga da’vo qila olmas edi. Shu sababli u Puntga
katta ekspeditsiya tashkil qildi.
Bu vaqtda uning eri er. avv. 1490-1438-yillarda
hukmronlik qilgan Tutmos III istilochilik urushlari
olib bordi. G`ayratli sarkarda Tutmos III Sharqiy
O’rtayer dengizi qirg`og`ini Misr ta'siri ostiga o’tishi
uchun uzoq harbiy tayyorgarlik ko’rdi. Er.avv.
1482-yilda Tutmos III Falastinga ko’p sonli qo’shin
tortdi. Megiddo shahri yonida Suriya va
Falastinning Kadesh shahri boshchiligidagi
birlashgan qo’shinlari Tutmos III qo’shinlari bilan
uchrashdi. Qonli jang misrliklar g`alabasi bilan
tugadi. Natijada Misr Suriya va Falastinning katta
qismini egallab oldi. Mitanni o’z qo’shinlarini Frot
ortidan chaqirib oldi va Misrga Suriya, Finikiya va
Falastin hududlarini yon berishga majbur bo’ldi.
Tutmos III o’n besh marta harbiy yurish qilib, Frot
daryosigacha bo’lgan hududlarni bosib oldi. Frot
daryosi yelkasidagi Karxemish shahri Misrning
shimoliy chegarasi bo’ldi. Janubda Misr Nilning 4-
ostonalarigacha bo’lgan yerlarni o’z tasarrufiga oldi.
84
Misrning shimolidan janubigacha chegarasi 3200
kmni tashkil qildi.
Istilochilik urushlari natijasida Misr XV asrda
Old Osiyodagi eng qudratli davlatga aylandi. Old
Osiyoning Mitanni, Xett va Bobil kabi kuchli
davlatlari Misrning kuch-qudrati bilan hisoblashishga
majbur bo’ldilar. Ular Misr bilan do’stona
munosabat o’rnatishga harakat qildilar. Bu to’grisida
o’sha davrdagi ko`pgina yozma manbalar ma'lumot
beradi.
Mitanniga qarshi yurishlarni Tutmos III ning
o’g’li Amenxotep II (er. avv. 1438/1436-1412-yillar),
Tutmos IV (er. avv. 1412-1402-yillar) davom
ettirdilar. Tutmos III va Amenxotep II lar fir’avn-
jangchilar edilar. Ular shaxsan jangda ishtirok etib, bir
harakat bilan tarang, og’ir kamonni torta oladigan
o’sha vaqtda Suriyada mavjud bo’lgan fillarni ov
qilgan jismonan kuchli shaxslar edilar.
Tutmos IV ning o’g’li Amenxotep III (er. avv.
1402-1365-yillar) davrida Misr Sharqiy O’rtayer
dengizi katta hududini nazorat qildi. Uzoq Alasiya
(Kipr oroli) ham Misrga bo’ysundirildi. U yerdan mis
olib kelingan. Kuchayib ketgan Misr Bobil podshosi
Amenxotep II ning qizini qo’lini so’raganda, uni
mensimay rad javobini beradi.
Misrning o’sha vaqtdagi xalqaro munosabatlari
XVIII sulola oxiridagi Misr fir'avnlarining Tel-
Amarnada topilgan katta davlat arxividagi
85
hujjatlardan bizga yaxshi ma'lumdir. Bu arxivda
Bobil, Osuriya, Mitanni, Xett davlatlari va Kipr
podsholarining, yana Suriya va Falastindagi ko’p
hokimlarning Misr fir'avniga yuborgan diplomatik
xatlari saqlanib qolgan. Shu xatlarga qaraganda Misr
Old Osiyodagi bir qancha davlatlar bilan juda
mustahkam savdo va diplomatik munosabatda
bo’lgan. Ayrim davlatlar o’rtasida bo’ladigan
muzokaralar maxsus elchilar yordami bilan olib
borilgan.
Xett istilosi xavfi aniq bo’lib qolgach, Mitanni va
Misr podsholari bosh ko`tarib kelayotgan dushmanni
birgalikda yengish maqsadida birlashganlar. Misr
bilan Mitanni o’rtasida ittifoq o’rnatishga imkon
tug`ilgan. Bu ittifoq bir necha sulolaviy nikohlar bilan
mustahkamlangan. Mitanni podshosi Tushrattaning
Misr fir'avni Amenxotep III ga yozgan xatlarida Misr
bilan Mitanni o’rtasida o`ta mustahkam munosabatlar
o’rnatilishiga olib kelgan diplomatik muzokaralarning
ayrim bosqichlari ravshan va jonli qilib tasvirlangan.
Misr Amenxotep hukmronligi yillarida uzoq
Suriyadagi o’z yerlarini xettlardan himoya qilish
uchun yetarli harbiy kuchga ega bo’lmaganligidan
Mitanni yordamiga tayanishga majbur bo’lgan.
Amenxotep III (er.avv.1424-1388yillar)
zamonida ahvol yanada yomonlashgan. Bu vaqtda
Misr Suriyadagi mulklarini himoya qilish uchun
yetarli harbiy kuchga ega bo`lmadi. Suriya shaharlari
86
zaiflashib qolgan Misrni zulmidan qutilish uchun
ittifoq tuzdilar. Bu ittifoqni esa xettlar qisman
qo’llab-quvvatlaganlar. Bu ittifoqning boshida turgan
Suriya hokimi Aziru Suriyani Misr ta'sirining qolgan-
kutganlaridan ham ozod qilish uchun qattiq kurash
olib borgan. Suriya va Finikiyaning Misrga sodiq
bo’lgan ko’p shaharlari xettlar va Aziru
qo’shinlarining hujumlaridan o’zlarini arang himoya
qilib turganlar. Bu shaharlarning ba'zilari Misr
fir'avnidan yordam so`raganlar.
Mashhur Amenxotep IV Exnaton (er. avv. 1365-
1348-yillar) davrida Misrni tashqi siyosiy ahvoli
yomonlashadi, Mitanni janubiy Suriyani katta qismini
bosib oladi. Osiyoda yana bir raqib xett davlati
urushga tayyorlana boshladi. Exnatonning kuyovlari
Semnexkar (er. avv. 1348-1347-yillar), Tutanxaton
(“otanining tirik qiyofasi” er. avv. 1347-1338-
yillar)lar davrida ahvol o’zgarmadi. Tutanxaton 10
yoshidan fir’avn taxtiga o’tiradi. Uning vafotidan
keyin Mitannidan tashqari yana bir raqib, xett davlati
paydo bo`ldi.
Tutanxamon 20 yoshga yetmay er. avv. 1338-
yilda vafot qildi. Uning bevasi Anxesenpaamon taxtni
o’z qo’lida saqlab qolish uchun xett podshosi
Suppilulium I ni o’g’llaridan birini Sannansaga
turmushga chiqishga rozi bo’ldi. Xett shahzodasi
Misrga keldi, lekin misrlik zodagonlar uni o’ldirdilar.
Anxesenpaamon Atonning oliy kohini Eyega
87
turmushga chiqishga majbur bo’ldi. Eye (er. avv.
1338-1334-yillar) XVIII sulolaning so’ngi fir’avni
bo’ldi. Xett podshosi o’g’lini o’limi uchun qasos olish
maqsadida misrga qarshi yurish qilib, misrliklarni
Osiyodan to’la haydab chiqardi. Misr qo’shinlarining
qo’mondoni Xoremxeb Eyeni taxtdan ag’darib (er.
avv. 1334-1306-yillar) keyingi fir’avn bo’ldi. Uning
vorisi XIX sulolaning birinchi fir’avni keksa oily
mansabdor Ramzes I (er. avv. 1306-1304-yillar)
taxtga chiqdi. Ramzes I ning o’g’li Seti I (er. avv.
1304-1209-yillar) xett podshosi Muvatalli bilan urush
olib borib Falastin, Finikiya va janubiy-markaziy
Suriyani bosib oldi. U Oront daryosi vodiysidagi
Kadesh yaqinida xettlarni tor-mor qildi. Seti I Liviya
va Nubiyda urush olib borib o’ta shafqatsizlik bilan
harakat qildi: Karnak ibodatxonasida u asirlarni xudo
Amonga bir necha marta qurbonlik keltirayotgan
holatda tasvirlangan. Seti I ning o’g’li Ramzes II (er.
avv. 1290-1224-yillar) davrida Exnatondan Eyegacha
bo’lgan fir’avnlarni sulolaviy ro’yhatlardan o’chirib
tashlandi. Ramzes II ibodatxonalar boyliklarini o’z
qo’liga olib, xettlar bilan uzoq davom etgan urush
harakatlarini olib bordi. Er. avv. 1280- yoki 1270-
yillar atrofida xett podshosi Xattusili III tashabbusi
bilan Misr bilan xett podsholigi o’rtasida tinchlik
shartnomasi tuziladi. Misr qo’l ostida Falastin,
Finikiyaning katta qismi va janubiy Suriyaning ozroq
qismi qoldi; bu mamlakatlarning shimolidagi barcha
88
hududlar xettlarning mulki hisoblandi. Tinchlik
shartnomasi bilan birga o’zaro yordam majburiyati
bilan ittifoq
tuzildi. Ramzes II va Xattusilining
qizlaridan biri bilan nikoh o’qitildi. Nil daryosining
sharqiy qismida Ramzes II yangi poytaxt Per-Ramzes
shahrini qurdi.
Ramzes II taxminan 87 yil yashadi. Uzoq vaqt
uning katta o’g’illaridan biri Memfis xudosi Ptaxning
bosh kohini Xaemuas voris bo’ldi, lekin u otasini
o’limigacha yashamadi. Natijada Ramzes II ni o’n
uchinchi o’g’li Merneptax (er. avv. 1224-1214-yillar)
taxtga chiqdi. Bu fir’avnning vafotidan keyin Misr
davlat hokimiyatining zaiflashuv jarayoni boshlandi.
Ramzes III (er. avv. 1190-1159-yillar) Yangi
podsholik davrining so’ngi taniqli hukmdori edi.
Ramzes II hukmronligi uzoq davom etgan. Bu davrda
Misr davlati va madaniyati gullab yashnagan: uning
merosxo`rlari davrida ichki va tashqi siyosatda kuchli
ziddiyatlar yuzaga kelgan. XIX sulolaning oxirgi to’rt
vakili davrida markaziy hokimiyat nihoyatda
zaiflashgan. Er.avv.XIII-XI asrlarda Misrda zaif
aholining noroziligi kuchayadi. «Dengiz xalqlari»
sharqiy chegaraga, Liviyaliklilar harbiy chegaralariga
bostirib kirganlar. Ibodatxonalar davlatdan mustaqil
bo’lib o’ta boyib ketdilar. (uzunligi 40 m bo’lgan
“Xarris katta papirusi”dagi asosiy yozuvlarda
fir’avnning ibodatxonalarga hadyalari sanab o’tilgan.)
Ramzes II dan keyin Misrda yana 8 fir’avn
89
hukmronlik qiladi. Ularning hukmronligi davrida
Misrga liviyalik va osiyoliklarning yangi hujumlari
kuchayadi; fir’avn hokimiyati zaiflasha boradi,
nomlarning mustaqilligi kuchayadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |