Qadimgi yapon davlatlari
Yaponiya orollarda joylashgan bo’lsada, qadimgi
Sharqiy Osiyo bilan faol aloqada bo’lgan. Yaponiya
orollarida eramizdan avvalgi III ming yillikda
qadimgi neolit madaniyati tarqalgan. Eramizdan
avvalgi I ming yillikning ikkinchi yarmida yapon
orollariga Koreya yarim oroli orqali qabilalar
migratsiyasi boshlangan. Bu qabilalar Kyusyu
shimoli, Xonsyu orolining janubida ko’pgina qabrlar
qoldirganlar.
Migrantlar o’zlari bilan jez qurollarini, eng
muhimi sug`orma sholikorlik texnikasini olib
keladilar. Yaponiyada dehqonchilik so’nggi neolit
davridan ma'lum bo’lib, u asosan tariq, grechixa, va
bir qism quruq sholikorlik bo’lib, uncha katta
bo’lmagan xo’jalik faoliyatidan iborat bo’lgan. Aholi
qirg`oq bo`yi baliqchiligi, terimchilik va ov bilan
shug`ullangan. Sugorma sholikorlikni tarqalishi
jihatdan yangi xo’jalik madaniyatini shakllanishiga
olib keladi.
Er. avv. I asrlarda jez qurollar tarqalgan
bo’lsada, qishloq xo’jaligida asosan mehnat qurollari
yog`och va toshdan qilingan. Yer motiga bilan
ishlanib, hosil yarim oy shaklida tosh o’roqlar bilan
urilgan. Migrantlar bilan Yapon orollariga ot va
sigirlar kirib keladi. Protoyapon qabilalarining
xo’jaligi va moddiy madaniyatiga oid arxeologik
452
ma'lumotlar bilan birga qadimgi Xitoy yilnomalari
ham qiziqarli ma'lumotlar beradi.
Er. avv. III asr oxirida tuzilgan «Vey Chji»
asarida sholi ekishga o`tish jarayoni turli
hududlarda intensiv yuz bergani to’g`risida
ma'lumot beriladi. «Vey Chji» muallifi Yaponiyada
«ekinlar sholi, kanop, tut daraxtlari o’stiriladi», «Iki,
Susima orollarining aholisi janubga boradilar» degan
ma'lumotlarni beradi. Shu manba Yaponiyada
odamlarni o’z badanini bo`yash (tatuirovka qilish)
an'anasini keng tarqalganini baliqchilik kasbi bilan
boglaydi: «Ular suvda baliq tutadilar, chig`anoqlarni
teradilar va katta baliq, qushlarni qo`rqitish uchun
tatuirovka qiladilar». Qadimgi Xitoy manbalarida
ko’rsatilgan mahalliy aholini kiyimlarining o’ziga xos
xususiyatlari, uy joylarning qurilishidagi jihozlar,
qoziqlar ustidagi uylarning tasvirlari, bu davr
protoyapon qabilalari madaniyatining janubdan kelib
chiqqanligi belgilari qurinadi. Eramizdan avvalining
oxirgi asrlarida Yaponiya hududida turli xil madaniy
ekinlardan, unsurlardan sekin-asta so’ngi davr
yaponlariga tegishli o’ziga xos xo’jalik ko`rinishi
shakllanadi.
Xitoy tilidagi yodgorliklar protoyaponlarni «Va
odamlari» deb ataydi. Manbada ularning ijtimoiy
tuzumida tabaqalanishning chuqurlashgani kurinadi.
Manbada «Xalq ichida tengsizlik mavjud. Bir kishi
ikkinchisiga bo`ysunadi» deb uqtiriladi. Manbalarga
453
ko’ra jamiyatda zodagonlar, oddiy aholi va qullar
mavjud bo’lgan. Qulchilik manbalaridan biri
jamoada, qarindoshlarni qul qilish bo’lgan.
Jez davri Yaponiyada ko’p sonli protodavlat
birlashmalari tashkil topgan vaqt bo’lib, ulardan eng
kichiklari faqat bir necha ming «hovli»dan iborat
bo’lgan. Shu bilan bir vaqtda ularning birlashuvi
jarayoni boradi, agar eramizdan avvalgi I asrda
davlatchalar soni yuzdan ortiq bo’lsa, eramizning III
asrida «Vey Chji» manbasi faqat 30 tasini eslatadi. Bu
«davlatlar» hokimiyat uchun kurashda Xan
imperiyasini qo’llab-quvvatlashiga umid qilib, u bilan
aloqa o`rnatganlar. Qadimgi Xitoy xronikalari er.
avv. I asrda «Va odamlari» Koreya yarim orolidagi
Xan okrugi amaldorlariga sovg`alar bilan kelganligi
to’g`risida ma'lumot beradi. Keyinchalik
Yaponiyadan Xan saroyiga elchilar kela boshlaydi.
Eramizdan avvalgi 56 yilda Loyandagi Guan U-di
saroyida shunday elchilardan biri qabul qilinib,
unga muxr taqdim qiladilar. Muxrda «Xanga
bo`ysunuvchi «Va davlati hokimi»» yozuvi bitilgan.
Bu qadimgi Xitoyning Xan tipidagi muxrdir.
Eramizning I asrlarida Yaponiya hududida
shimoliy Kyusyuda Yematay davlati, markaziy
Xonsyuda Yamato nomli davlat kuchliroq bo’lgan.
Yematay malikasi 238 yilda shimoliy Xitoydagi Vey
imperiyasi bilan aloqa o`rnatadi va yuborilgan
sovg`alar uchun «Veyga do’st «Va malikasi» deb
454
yozilgan oltin muxrini oladi. Yematay davlatida
ma'muriy tizim shakllangan bo’lib, asosiy hududiy
birligi provinsiya bo’lgan. Manbada “Har bir
provinsiyada bozor bo’lib, u yerda hukumat amaldori
nazorati ostida savdo qilinadi” deyiladi. Yematay
hududida yagona soliq tizimi joriy qilinganligi
to’g`risida ma'lumotlar mavjud. Yana bir yapon
davlati Yamatoni boshqa yapon davlatlari o`rtasida
alohida o’rin tutgani to’g`risida ma'lumotlar mavjud.
Yamato hukmdorini kelib chiqishi ilohiylashtirilgan,
U Quyosh ma'budasi Amaterasu avlodi hisoblangan.
Uning hokimiyatini muqaddas ramzi qilich, yashma
bezagi va jez oyna bo’lgan.
Yaponiyaning qadimgi tarixini arxeologik
davrlashtirishda IV-VII asrlar «qo`rg`onlar davri»
deb ataladi. Bu ilgari Yaponiya uchun noma'lum
bo’lgan, III asr oxiridan hududda paydo bo’lgan dafn
qilishning o’ziga xos qabr qo`rg`onlari bilan bog`liq.
«Qo`rg`onlar davri»da Yaponiya hududida jez
mehnat qurollari bilan bir vaqtda temir qilich va
temirdan yasalgan boshqa qurollar keng tarqaladi.
Shu bilan birga IV-VIII asrlar madaniyatini o’tgan
davrlar madaniyatidan ajratib turadigan yana bir
xususiyat mavjud. Bu davrda suvoriylik, otda yurish
san'ati bilan bog`liq o’ziga xos an'analar yapon
orollariga kirib keladi. Bu davrga oid Yapon
orollaridagi arxeologik topilmalar: uzangi, egar va
boshqa ot anjomlari Koreya va shimoliy Xitoydan
455
topilgan buyumlarga o`xshaydi. Jilovlangan ot
zodagonning faxr, g`ururi bo’lgan. Jilovlangan ot
kichik xajmda juda tabiiy ko`rinishda kichik loy
haykalchalarda ifodalangan.Odatda qabrga qo`yilgan
bu haykalchalar «xaniva» deb atalgan. Yapon
tarixchilarining fikriga ko’ra, «qo`rg`onlar davrida»
Yaponiyaga markaziy Osiyodan ko`chmanchi
qabilalar kirib keladi va ular ilk davlatlarni barpo
etadilar.
Yamato hukmdori Syotoku -taysi VII asr
boshlarida davlat apparati va boshqaruv tizimini
asosiy shakllarini vujudga keltiradi. U 603 yilda
zodagonlik rangini (daraja) yangi tizimini kiritadi.
604 yilda esa davlatni mafkuraviy asosi qilib
konfutsiylik olinadi. Hukmron Syotoku-taysi
Konfutsiy ta'limotiga ko’ra barcha fuqarolar
hukmdorga bo`ysunishlari lozimligi to’g`risidagi
qonunni e’lon qiladi. Syotoku-taysu davrida,
Yamatoda buddaviylik e’tiqodi keng tarqaladi, budda
ibodatxonalari va monastirlar qurila boshlanadi.
(Nara shahri yaqinida ilk budda ibodatxonalaridan
biri. Xaryudzi hozirgacha asl holida saqlanib qolgan).
607-yilda Syotoku -taysi Xitoyga elchi bilan
maktub jo`natadi. Maktubda shunday yozilgan:
«Quyosh chiqadigan osmon mamlakat o’g`li quyosh
botadigan mamlakat o’g`liga murojaat qiladi». VII
asr oxiridan boshlab Yapon davlati eski Yamato nomi
456
o`rniga Nippon deb atala boshlanadi. Hozirgi
“Yaponiya” so’zi shundan kelib chiqqan.
Do'stlaringiz bilan baham: |