Budda davri: Er. avv. VI-III asrlarda ijtimoiy-
iqtisodiy taraqqiyot. Umum Hindiston davlatining
vujudga kelishi. «Klassik davr»
(er. avv. II asr-eramizning V asri)
Budda davri
Eramizdan avvalgi I ming yillik o’rtalarida
shimoliy Hindiston jamiyatining ijtimoiy-iqtisodiy
munosabatlarida keskin o’zgarishlar yuz beradi. Bu
385
o’zgarishlar to’grisida arxeologik va yezma
manbalar ayniqsa, budda manbalari boy ma'lumot
beradi. Er. avv VI-V asrda tarqalgan yangi Budda
dini asoschisi Sidxartka Gautama hozirgi Nepal
hududida joylashgan uncha katta bo’lmagan
shak'yalarning oligarxik birlashmasining urug`idan
kelib chiqqan.
Hind-Gang tekisligida temir qurollarning
tarqalishi sun'iy sug`orish inshootlarni qurish va
muntazam hosil olish imkoniyatini tug`diradi.
Hindistonning
shimoliy-sharqida
sug`orma
dehqonchilik sharoitida asosiy ekin sholi bo’lgan.
Bu davrda shaharlar aholisining soni keskin
oshadi. Tovar – pul munosabatlarining o`sishi
natijasida er. avv. I ming yillik o’rtalarida tanga
pul zarb qilina boshlaydi. Yirik shaharlarning
maydoni Udjayin va Kaushanbi – 1,5-2,5 kv. km.ni
tashkil etgan. Bu o’sha davrdagi eng mashhur
yunon shaharlari maydoni bilan teng edi. Salavkiylar
davlatining elchisi yunon Megasfen elchi sifatida
Maurilar saroyiga kelganda Pataliputra shahri
devorlarini uzunligi 30 km deb hisoblaydi.
Hind afsonalarida shahar boshqaruvi va ijtimoiy
tuzilishi to’g`risida qimmatli ma'lumotlar mavjud.
Ularda savdogarlar birlashmalari va
hunarmandlarning sex tashkilotlari eslatiladi.
Qishloqda oila yetakchi o’rin tutgan. Oila
boshlig`i ota yer-chorvani oila nomidan boshqargan.
386
Ayollar hurmat qilinsada, lekin mulk huquqiga ega
bo’lmaganlar. Patriarxal oilada bir necha avlod
yashagan. Xususiy mulkchilikning rivojlanishi
mulkiy tengsizlikka olib kelgan. Qarzi uchun qul
qilish keng tarqaladi. Faqat jamoa munosabalarining
mustahkamligi bu jarayonni ma'lum jihatdan jilovlab
turadi.
Er. avv. I ming yillik o’rtalarida hokim (roja)lar
davlat boshqaruvida shakllanayotgan ma'muriy
apparat va xizmatga tortilayotgan aslzoda bo’lmagan
kishilarga tayanganlar. Hokim uchun asosiy tayanch
kuch qo’shin edi. Armiyada yengil jang aravalari
o’rnini og`ir kvadrigalar egallaydi, otliq qo’shinlardan
keng foydalanildi, jangovar fillardan qo’shin tuzila
boshlanadi. Qo’shin endilikda muntazam xarakterga
ega bo’ladi.
Er. avv. I ming yillik o’rtalarida Hindistonda
yirik davlatlar paydo bo’ladi. Ularning ko’pchiligida
alohida sulolalar, faqat ayrimlarida oligarxiya
hukmron edi. Magatxa va Koshala Gang daryosining
quyi oqimida, Gang va Yamun oralig`ida Vatsa,
Avanti davlatlari o’rtasida yetakchilik uchun kurash
olib boradilar. Er. avv. IV asrda Magatxa davlati
kuchli ta'sirga ega bo’ladi va yuz yil o’tgach u
birinchi umumhind davlatiga asos soladi.
Er. avv. IV asrda Shimoliy Hindistonda
Panjobdan to Bengaliyagacha bo’lgan yerlar Mauri
urug’idan bo’lgan Magadxilik zodagon Chandragupta
387
(er. avv. 317-yil hokimiyatni egallagan) tomonidan
bo`ysundiriladi. Uning vorisi davrida Maurilar
hokimiyati Dekan hududigacha yetib boradi. Ashoki
(er. avv. 264-231-yillar) davrida er.avv. III asrda
Maurilar davlati gullab-yashnaydi. Umum-Hind
davlatining hukmdori o’zini faqat Magatxa davlatini
podshosi deb hisoblagan. Bosqinchilik o’rushlari
ma'muriy apparatni to’liq almashtirish va eski
siyosiy tuzumni o’zgartirishga olib kelmaydi.
Magatxa podshosi maxsus amaldorlarni har uch
yoki besh yilda bir marta viloyatlarga nazorat
uchun yuborgan.
Podsho hokimiyati poytaxtda oliy mansablarni
egallagan zodagonlar va podsho qarindoshlaridan
tuzilgan podsho kengashi bilan cheklangan. U o’z
navbatida podsholar ham urug` zodagonlari
kshatriylarning imtiyozlarini cheklashga harakat
qilgan. Ularni o’z tarafdorlari bilan almashtirishga
harakat qiladi. Podsholar o’z qo’llariga moliyaviy
boshqaruvni to’plab davlat xazinasini to’ldirishga
uringanlar.
Hindistondagi barcha davlatlarning hukmdorlari
noan'anaviy dinlarga, asosan budda diniga homiylik
qilganlar. Mauriylar budda dini targ`ibotiga jiddiy
e'tibor berganlar. Turli mamlakatlarga budda
g`oyalarini targ`ib qilish uchun missionerlar
yuborilgan. Ayniqsa, Hindiston bilan yaqin aloqa
388
bo’lgan viloyatlarda budda ta'limoti tez qabul
qilinadi. Shri-Lankada bu jarayon tez yoyiladi.
Mahalliy tarixnavis bu yerda dehqonchilik,
hunar va davlatchilikni paydo bo’lishini er. avv. V
asrda Shimoliy Hindistondan kelganlar faoliyati
bilan bog`ladi. Shaxzoda Singala («Yulbars»)
ularning boshida turgan. Uning nomi bilan
mamlakatdagi hukmron etnik guruh aholi aytila
boshladi. Arxeologik qazishmalar ham er. avv. I
ming yillik o’rtalarida Shri –Lankada birdaniga
temir asri madaniyati paydo bo’lganidan guvohlik
beradi. Seylon xronikalari Ashokining ukasi maxsus
missiya bilan mahalliy hokimni Budda ta'limotini
afzalligiga ishontirgani va tez orada bu yerda
birinchi budda monastirlari paydo bo’lgani
to’g`risida hikoya qiladi. Shri-Lanka Ashoki
davridan to shu kungacha Budda dini hukmron
bo’lgan mamlakatdir.
Er. avv. IV-III asrlarda sekin-asta umumhind
davlati tashkil topa boshlaydi. Bu butun janubiy
Osiyoning barcha hududlarining sivilizasiyalashuvida
muhim rol o`ynagan. Er. avv. II asr boshlarida bu
siyosiy birlashma parchalanib ketadi, lekin u
to’g`risida xotira qoldi. Madaniy birlik davlat
paydo bo’ladi. Ashoki kapitelidagi to’rt sher hozirgi
kunda Hindiston Respublikasining milliy ramzi
hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |