O’zbkiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi


«Veda davri». Shimoliy Hindistonda ilk



Download 1,87 Mb.
Pdf ko'rish
bet111/244
Sana11.01.2023
Hajmi1,87 Mb.
#898754
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   244
Bog'liq
Qadimgi dunyo2

«Veda davri». Shimoliy Hindistonda ilk
davlatlarning tashkil topishi. (er. avv. XIII-VII 
asrlar) 


374 
Er. avv. II ming yillikning oxiri I ming yillik 
boshlarida Shimoliy Hindiston tarixining asosiy 
manbalari «vedalar» Hind diniy adabiyotining eng 
qadimgi yedgorliklaridir. Vedalar madhiyalar, 
qo’shiqlar, qurbonlik aytishlari, muqaddas marosimni 
tushuntiradigan keng asarlardan iborat to’plamlardir.
Til, din va mifologiya bo`yicha ular «Avesto» bilan
o’xshashdir. «Avesto» vedalari tadqiqotchilarning 
fikricha «Oriy (ar'iya-so’zidan «oliyjanob»)
qabilalari tomonidan tuzilgan.
Tuzilish bo’yicha «vedalar» ilk veda (er. avv. I 
ming yillik boshlari) va so’nggi veda (er. avv. IX-
VII asrlar) davrlariga bo’linadi.
“Rigveda” (hind-oriylarning vedalarini eng 
qadimgi qismi)da uchraydigan geografik nomlarga 
ko’ra, u Panjobda tuzilgan so’nggi veda matnlari 
shakllangan paytda oriy qabilalari Hind-Gang
tekisligining butun markaziy qismiga tarqalgan edi. 
“Rigveda” yaratilgan davrida oriylarda sinfiy
jamiyat va davlat hali shakllanmagan edi. 
Iqtisodiyotda yirik qoramolchilikka asoslangan 
chorvachilik rivojlangan, dehqonchilikka e'tibor
berilmagan. Oriylar mis va jezdan foydalanganlar, 
uy- joyni qamish va loydan qurganlar.
Gang daryosini yuqori qismi, Gang va Jamna 
o’rtasidagi yerlar “Mahabxarat” epik asarining 
syujetini tashkil qiladi. Ijtimoiy tashkilot qabila 
bo’lgan, qabila boshlig`i roja-harbiy boshliq va 


375 
yo’lboshchi sifatida o’z qarindoshi va 
xizmatkorlariga tayangan. Qabila uch tabaqa: 
kohinlar, harbiylar va oddiy jamoachilarga bo’lingan. 
Muhim masalalar yig’ilishda hal qilingan. Vedalarda 
ko’rsatilgan qo’shnilar bilan podalarni haydab ketish 
mumkin urushlar oddiy hal bo’lgan. Veda tilida 
“urush” (gavishta) so’zi “sigirlarni bosib olish” 
ma’nosini bildiradi. Ilk veda davrida qulchilik
mavjud bo’lgan. Qadimda hindcha “dasa” qulni
bildirgan so’z ko’pgina veda madhiyalarida
uchraydi. Asrlar qulga aylantirilgan. Qul erkaklar 
veda va dostonlarda kam tilga olinadi, ayol qullar 
to’g`risida ko’p so’zlanadi.
So’nggi veda davrida iqtisodiyot, ijtimoiy 
siyosiy tuzumda keskin o’zgarishlar yuz bergan. 
Dehqonchilik rivojlanib, Hind-Gang vodiysida keng 
dalalar o’zlashtiriladi, daraxtning qattiq yegochidan 
omoch yasay boshlanadi. Eshaklar asosiy yuk
tortish vazifasini o’tagan. Sutlik ovqat kundalik 
yemish bo’lgan. Bayramlarda chorva mollari mo’l-
ko’l qurbonlik qilingan.
Temirdan faqat kamon uqi, nayza uchlari 
tayerlangan, uylar yog`och va bambukdan qurilgan, 
“Rigveda” (hind-yevropaliklarning mashhur kitobi) 
davrida harbiy yo’lboshchilar aravalarda jang
qilganlar. Maxabxarotda yengil jang aravalari 
to’g`risida eslatiladi. Jang aravalarida poygalar 


376 
o’tkazilgan. Diniy va epik asarlarda aholining
asosiy qismi to`g`risida ma'lumotlar juda kam. 
Erkin va to’la huquqli dehqonlar jamoani tashkil
qilib bir yeki bir necha qishloqda yashaganlar. 
Jamoatchilar qo’shni va kon-qarindosh aloqalar 
asosida birlashganlar. Eng muhim masalalar urug`
yiginlarida hal qilinib, yig`ilishib, butun jamoa
nomidan asosiy marosimlar bajarilgan.
Qishloq aholisining bir qismi to’la huquqli 
bo’lmagan. Ular boshqa joydan ko`chib kelgan 
kishilar bo’lgan. To’la huquqli bo’lmaganlar xizmat
ko’rsatadigan sohalar jumladan, hunarmandchilik 
bilan shug`ullanganlar. Qishloqda keskin mulkiy 
tabaqalanishga jamoa ichki aloqalarining o’ta
mustahkamligi qarshilk ko’rsatgan edi. So’nggi veda
davrida o’z-o’zini boshqarish qishloq jamoasi bilan
cheklanib qoladi. Qabila va qabilalararo
munosabatlardagi barcha masalalar hokim va 
yo’lboshchilar vakolatiga kiradi.
Er. avv. II ming yillik oxiri I ming yillik 
boshlarida Shimoliy Hindistonning ijtimoiy- siyosiy
taraqqiyoti jamiyatning «kohinlar», qabila harbiy
zodagonlari, kshatriylar to’la huquqli xalq, vayshi 
jamoani pastki to’la huquqli bo’lmagan aholi qismi 
shudra (qullar) kabi to’rt qatlamini vujudga
keltiradi.
Har bir qatlam yepik toifalar – varna (so’zma-
so’z “nav”)ga aylanadi. Har bir varna vakilining 


377 
merosiy mavqei ularning mashg`uloti va diniy 
majburiyatlarini belgilagan. Koxinlik va o’qituvchilik 
majburiyati braxmanlarga, jang qilish va boshqarish
kshatriylarga mehnat qilish, shudralarga uch oliy
varnalarga so’zsiz xizmat qilish majburiyati 
yuklatilgan. Bu toifaviy mavqe merosiy bo’lib o’tgan. 
Har bir varna o’z huquqi, o’z ovqati, kiyimi, uy 
anjomi, kiyimini kangi va boshqalar qat’iy 
belgilangan edi. Braxmanlar turli varnalar ilk odam
Purushi jismini turli qismi (braxmanlar og’zidan, 
kshatriylar qo’lidan, vayshhilar sonidan, shudralar 
tovonidan)dan yaratilgan deb o’qitar edilar.

Download 1,87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   244




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish