315
1 - bo’lakchalar orasidagi siyrak tolali biriktiruvchi to’qima; 2 - bezning oxirgi
bo’limi; 3 - so’lak chkqaruv nayiping kiritma qgsmi; 4 - so’lak naychasi; 5 - qon to-
mirlar; 6 - ekskretor nay.
yotadi. Quloq oldi bezining har bir bo’lakchalari oxirgi sekretor pufakcha - atcinuslardan va
chiqaruv naylaridan iborat. Atcinus-lar ikki xil hujayralardan tuzilgan. Atcinuslarni tashkil etgan,
sekretor xususiyatiga ega bo’lgan, piramidasimon hujayra-larning yadrosi yumaloq bo’lib,
hujayraning bazal qismida joy-lashadi. Bu hujayralarning yadro ustki qismi mayda oksifil
sekretor donalar tutsa, kengroq bazal qismi bazofil xususiyati-ga ega. Sekretor hujayrasining
uchida mikrovorsinkalar mav-jud, apikal tcitoplazmada ko’pgina sekret donalari joylashadi.
Ularning miqdori hujayraning ish holatiga ko’ra o’zgarib tura-di. Oqsil sekretciyasida ishtirok
etuvchi hujayralari orasida hujayralararo sekretor nay bo’lib, hujayra mahsuloti shu nay orqali
atcinus bo’shlig’iga tushadi.
Atcinusnintc ikkinchi hujayrasi atcinus hujayralarini o’zi-ning uzun o’simtalari bilan o’rab
turuvchi va atcinus hujayrasi bilan bazal membrana o’rtasida joylashgan mioepitelial hujay-
ralardir.
Mioepitelial hujayralar og’iz bo’shlig’i epiteliy hujayra-larining hosilasi bo’lsa-da, bajaradigan
faoliyati - qisqarish funktciyasi mushak elementlarini eslatadi. Bu hujayralar atci-nus epiteliy
hujayralarini har tomondan o’rab turganligidan ular «savatsimon hujayralar» deb ham ataladi.
Mioepitelial hujayralar tcitoplazmasida joylashgan maxsus qisqaruvchn fib-
rillalar bu hujayraning atcinus epiteliysini siqib, hujayra sekretini atcinus bo’shlig’iga chiqarib
berishni ta’min etadi.
Bezning chiqaruv naylari bo’lakchalar ichki (ductus intralo-bilaris), bo’lakchalararo (ductus
interlobularis) naylardan va bez-ning u m u m i y nayidan (ductus excretorior seu glandulae)
iborat. Bo’lakchalar ichki nayi o’z navbatida kiritma qismdan (dustus intercalatus) va so’lak
naylaridan tashkil topgan.
CHiqaruv naylari kiritma qismdan boshlanadi. Kiritma nay past kubsimon epiteliydan tuzilgan
bo’lib, ularning bazal mem-branasida mioepitelial hujayralar joylashadi. Bu kiritma naylar so’lak
nayiga o’tadi. So’lak nayi bir qavatli oksifil tcitoplazmali tcilindrsimon epiteliy bilan qoplangan.
Bu hu-jayralarning bazal qismida plazmatik membrananing burma-lari orasida ko’plab
tayoqchasimon mitoxondriyalar joylashib bazal chiziqlar hosil qiladi va shuning uchun ham bu
tuzilma
Do'stlaringiz bilan baham: