Xulafoi Roshidiynlar davrida Arab xalifaligi
•
Islom dini asoschisi Muhammad payg‘ambar vafotidan so‘ng Arab xalifaligi vujudga keldi, chunki,
Payg‘ambar vorislari «xalifa» (arabchadan «o‘rinbosar», «yordamchi» tarzida tarjima qilish mumkin).
Ulardan dastlabki to‘rt nafari «to‘g‘ri yo‘ldagi xalifalar» («al-xulofa ar-roshidun») deb atalgan, ya’ni
Muhammad payg‘ambar vasiyat va o‘gitlariga og‘ishmasdan mutanosib ergashgan hukmdorlar tariqasida
ta’riflangan edi. Bular hali eslatib o‘tilgan Abu Bakr (632—634), Umar ibn al-Xattob (634—644),
«Payg‘ambarning ikki karra kuyovi» (galma-galdan uning ikki qiziga uylangan) Usmon ibn Affon
(644—656), Payg‘ambarning amakivachchasi va ham kuyovi Ali ibn Abu Tolib (656—661) bo‘lishgan.
Aslida esa hali Muhammad payg‘ambar tirikligida boshlanib ketgan arab istilolari va fathlariga rahbarlik
qilgan ana shu hukmdorlar islomda ham, tobora yiriklashib ketayotgan davlatni boshqarishda ham
ko‘pdan-ko‘p narsalarni o‘zgartirishga majbur bo‘lishgandi. Ana shu o‘zgarishlar jarayonida arablarning
muqaddam shakllangan urf-odatlariga ham putur yetkazildi. Muhammad payg‘ambarning qaysidir
o‘gitlari va ko‘rsatmalarini ummat ichida vujudga kelgan guruhlar va oqimlar turlicha talqin eta
boshladilar.
•
Muhammad (payg‘ambar) vafot etganidan keyin uning yaqin izdoshi Abu Bakr ummat
rahnamosiga aylandi. Muhojir va makkalik savdogar tariqasida Abu Bakr qurayshiylar ustivor
mavqeini saqlab qoldi, bu esa madinalik ansorlar noroziligini keltirib chiqardi. Abu Bakr
Arabiston qabilalari o‘rtasida islomni tarqatish siyosatini davom ettirdi, binobarin, ana shu
qabilalardan ko‘pchiligi islom dini haqida tasavvurga ega bo‘lmagan, avvalgidek ko‘pxudolik
(mushriklar), xristianlik, hanifiylikka e’tiqod qilgan holda Madinaga faqat siyosiy jihatdan
bo‘ysunar edi, xolos. Arabiston qabilalaridan ko‘pchiligining Madina hokimiyatiga qarshi
chiqishi musulmon manbalarida «ar-riddo’» (ortga qaytish, ajralib qolish) deb ataladi. Aslida
esa ana shu chiqishlar islom diniga emas, balki qurayshiylar hokimiyatiga qarshi qaratilgan,
boshqa qabilalar bu hol bilan murosa qilolmas edi. Masalan, Hamomada hanifiylik (xanifizm)
targ‘ibotchisi Musaylama Muhammadning Makka zodagonlariga qarshi kurashida ittifoqchisi
va deyarli tarafdori bo‘lgan, ammo ayni mahalda Madinaga nisbatan hech qanaqangi
qaramlikni ham istamas edi. Muhammad hayot bo‘lgan kezlardayoq Yamanda Eron
hukmronligiga qarshi «yamanlik rahmon» al-Asvad (Qora) kurash olib borgan edi. Al-Asvad
ayni mahalda kutilganidek Madina hukmronligiga ham qarshi edi.
•
Ana shu hol Abu Bakrdan boshlab
payg‘ambar vorislarini qabilalar kuch-
qudratini tashqi istilolarga yo‘naltirishga
undadiki, chunonchi, istilolar jarayonida
arablararo ziddiyatlar, basharti, butunlay
yo‘q bo‘lib ketmagan taqdirda ham, ancha
jiddiy yumshagan va tekislanib ketar edi,
zotan, Arabistondan ko‘pgina qabilalarning
yangi yerlarga ko‘chib ketishi va harbiy
o‘ljalarni qo‘lga kiritishi (jumladan, harbiy
asirlardan olinadigan qullarni qo‘shganda)
arablar ichidagi ijtimoiy keskinlikni
pasaytirishga va ko‘pgina muammolarni hal
qilishga imkon berar edi.
•
Biroq, asta-sekin va bosqichma-bosqich
xorijiylar Xalifa qo‘shinlari tomonidan
shunchaki jismonan tor-mor etib tashlandi.
Xavojiylardan faqat XX asrda, biz yashab
turgan kunlarda ham Janubi-sharqiy
Arabistonda, Ummonda ma’lum bir
mavqega ega bo‘lgan ibodiylar sektasi
saqlanib qolgan edi. Xavorijiylar Mag‘ribda
ancha sezilarli mavqega ega bo‘lishgan,
markazi Tohirutda bo‘lgan, 777—909
yillarda mavjud bo‘lgan o‘z davlatiga asos
solishgan edi. Ana shu davlat halokatga
uchragandan keyin nihoyatda izchil
xavorijiylar Sahroyi kabirga ko‘chib
ketishgan, bu yerda hali-hanuzgacha Maab
viloyatida (maabiyar) o‘rta asrlar tipidagi
yetarlicha arxaik sekta sifatida hozir ham
yashab kelishmoqda.
E'tiboringiz uchun tashakkur!
Do'stlaringiz bilan baham: |