Islomning vujudga kelishi va yoyilishi


ISLOMNING VUJUDGA KELISHI. MUHAMMAD



Download 0,92 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/3
Sana08.01.2023
Hajmi0,92 Mb.
#898429
1   2   3
Bog'liq
Авазова Нилуфар-1

ISLOMNING VUJUDGA KELISHI. MUHAMMAD 
(S.A.V.)NING PAYG‘AMBARLIK FAOLIYATLARI

Ana shunday bir sharoitda Hoshim urug‘idan bo‘lmish unchalik badavlat bo‘lmagan savdogar 
Abdullohning o‘g‘li Muhammad yangi din asoschisi va payg‘ambari sifatida maydonga chiqdi. 
Taxminan 570 yilda dunyoga kelgan Muhammad 6 yoshida yetim bo‘lib qoldi va bolaligida o‘z 
amakisi Abu Tolib qo‘ylarini boqdi, o‘smirligida esa bir necha marta Suriya va Falastinga 
karvonlarni kuzatib borgan tuyalar jilovdori bo‘lib ishladi. Ko‘p sayohatga chiqqani holda u turli-
tuman jamoatlar namoyandalari bilan tez-tez uchrashib turdi va din haqida suhbatlar qurdi. 
Ayniqsa, uning Suriya janubdagi Busrada, ismiga qarab xulosa chiqarilsa arab bo‘lmish, xristian 
rohibi Buhayra bilan uchrashuvi qiziqarli va mashhurdir. Butun umr savdosiz bo‘lib qolgan 
Muhammad, shunga qaramasdan, ajoyib beri xotiraga ega bo‘lib, ko‘rgan va eshitganlaridan ko‘p 
narsalarni yaxshi eslab qolar edi. Badavlat beva bo‘lmish Xadijaga uylanib, u moddiy jihatdan
mustaqil bo‘lib oldi. Bu esa unga milodiy 610 yil boshlanishiga yaqin qolganda targ‘ibot qilishga
kirishgan yangi ta’limotni ishlab chiqish uchun vaqt va imkoniyat havola etgan edi. 



Muhammad o‘z ta’limotida o‘zi yashab turgan jamiyatga tatbiq etishga urinib ko‘rgan holda
barcha yakkaxudolik — monotestik dinlar bilimlarini birlashtirdi. Uning ta’limoti «islom» 
(«itoatkorlik»), Payg‘ambarning tarafdorlari esa «muslimun» («musulmonlar») deb nom oldi. 
«Kalimayi shahodat» Islom ramziga aylandi, ya’ni: «Lo iloha lil Alloh, Muhammadun
Rasulil Alloh», chunonchi: «Ollohdan o‘zga iloh yo‘qdir, Muhammad esa Olloh elchisidir». 
Shu tariqa Muhammad payg‘ambar har qanday butparastlik va qabila sanamlari kultini rad
etgan holda yakkaxudolik tamoyilini ta’sis etdi. Muhammad o‘zi esa payg‘ambar deb e’tirof
etildi, ammo u yolg‘iz emasdi, «zero, (Muhammad) o‘ziga qadar ham nabiylar o‘tgan
payg‘ambardir» (Qur’oni karim, «Oli Imron» surasi, 138-oyatdan). Aynan shu narsada
boshqa monoteistik dinlarga vorisiylik ifodalangan edi. Bundan tashqari, dastlabki kezlarda
Muhammad yakkaxudolikning barcha tarafdorlari — xristianlar, yahudiylar, hanifiylarni
barcha ma’jusiylar va butparastlarga qarshi saflarini jipslashtirishga intilgan edi. Aynan
hanifiylar o‘sha kezlarda arablar orasida ko‘pchilikni tashkil etardi. Muhammad Xudoni
«Rahmon» deb emas, balki «Olloh» deb atadi, ya’ni qurayshiylarning qabila ilohi nomini
berdi, «Rahmon» so‘zi esa («rahmdil» ma’nosini anglatadi) Ollohning eng asosiy
epitetlaridan — ismi a’zamlaridan biriga aylandi (xuddi «mehribon» ma’nosini anglatuvchi
«rahim» so‘zi singari).



Payg‘ambar o‘z ta’limotini Olloh
tomonidan nuzul etilgan oyatlar shaklida
bayon etardi. Izdoshlari — sahobalari esa
ularni ko‘p marta takrorlagan va qiro’at
bilan o‘qigan holda yodlab olar edi. 
Keyin esa oyatlarni xurmo yaproqlariga, 
toshlar va suyaklarga yozib qo‘yadigan
bo‘ldilar. Keyinchalik esa, Muhammad
vafot etganidan so‘ng ular
musulmonlarning muqaddas kitobi —
Qur’onni tarkib toptirdi. Taqvodor
musulmonlar e’tiqodiga ko‘ra, Qur’on
abadiy mavjud bo‘lgan farishta Jabroil
(Gavriil) orqali 22 yil davomida
Muhammad payg‘ambarga yetkazib
turilgan ekan.



Makkaning nasabdor va urug‘dor oqsoqollari tomonidan ta’qib etilishi Payg‘ambarning
uncha katta bo‘lmagan tarafdorlari jamoatining shaharda yashab turishini iloji yo‘q bir
narsaga aylantirib qo‘ydi. Bunga to‘la ishonch hosil qilgan Muhammad o‘z izdoshlari —
sahobalari bilan Yasribga ko‘chib o‘tdi, bu yerda esa u makalik savdlogarlar va sudxo‘rlar
bilan anchadan beri yovlashib kelayotgan ikki dehqonchilik qiluvchi qabila qo‘llab-
qo‘uuvatlashiga sazovor bo‘ldi. Bundan tashqari, Muhammadning onasi — Amina aslida
Yasribdan edi. Hijrat qilish — hijrat rabi’ al-avval oyining 5-chislosida (musulmon qamariy
taqvimi bo‘yicha), ya’ni 622 yil 22 sentyabrda sodir bo‘lgan edi. Muhammad payg‘ambar
bilan birga kelgan makkaliklar «muhojirlar» — «emigrantlar», ularni mehmondo‘stlik bilan
kutib olgan madinaliklar esa, «ansorlar» — «yordamchilar, tarafdorlar» deb atala boshladi. 
Yasribning o‘zi esa ana shu palladan boshlab «Madina» deb atala boshladi (to‘liq nomi esa
«Madinat an-Nabiy», ya’ni «Payg‘ambar shahri»jir). Borgan sayin ko‘payib kelayotgan
musulmonlar jamoati (ummat) yanada uyushgan va jipslashgan tashkilot bo‘lib bordi, uni
a’zolari — sahobalar — «ashob» esa, keyinchalik (Muhammad vafotidan keyin) arab-
musulmon jamiyatining elitasi — oliy tabaqasini tarkib toptirdilar.



Download 0,92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish