Ovqatni tarkibi va haroratini tasiri.
Dorivor moddalarni tasiri faolligida ovqatni tarkibi
va harorati katta ahamiyatga ega.
Oddiy aralash ovqat o‗simlik, hayvonot va minerallardan kelib chiqqan moddalar
saqlaydi. Bular: oqsillar, yog‗lar, uglevodlar, aminokislotalar, moyli kislotalar, glitserin,
burishtiruvchi moddalar (choyda, xurmoda), kofein (choyda, kofeda), serotonin (qichitqi o‗tda,
er yong‗oqda, bananda, ananasda), tiramin (pishloqda, bananda, loviyada, kofeda, pivada,
vinoda, jo‗ja jigarida), oksalatlar (shavelda,shpinatda), sterinlar, fitosterinlar, og‗ir metal ionlari
va boshqa kimyoviy va farmokologik faol moddalardir.Bundan tashqari ovqatga quyidagi turli
qo‗shimchalar qo‗shiladi: konservantlar (sorbin, sirka limon kislotalari), antioksidantlar,
28
emulgatorlar, bo‗yovchi moddalar, shirin ta‘m beruvchi moddalar. Bu moddalar dorivor
moddalar bilan dorivor faol moddalar o‗zaro tasirga uchrab, dori moddasining biologik
samaradorligiga tasir etadi, ba‘zi bir xil holatda eruvchanligi va so‗riluvchanligini oshirib,
boshqa holatlarda esa erimaydigan yoki qiyin eridigan komplekslar (masalan: oksidlar bilan,
burishtiruvchi moddalar bilan, dipeptidlar bilan) hosil qilib, ularni so‗riluvchanligini
kamaytiradi.
Ovqatni tarkibi ovqat hazm qiluvchi traktning peristaltika va sekretor funksiyasiga tasir
etadi va natijada dorini so‗rilish tezligidarajasi u yoki bu tomonga o‗zgaradi.
Oqsilli ovqat (tuxum, pishloq, noxot, loviya) digitoksin, xinidin, simetidin, kofein,
teofillin, tetratsiklin va penitsillin, yurak glikozidlari va sulfanilamid preparatlarini
farmokologik faolligini pasaytiradi.
YOg‗lar (asosan oliy yog‗ kislatasini saыlaydiganlar) oshqozon suyuqligini ishlab
chiqishini kamaytiradi, oshqozon peristaltikasini sekinlashtiradi, bu esa o‗z navbatida hazm
qilish jarayonini va ovqat massasini tashilishini (transportirovkasini) susaytiradi. YOg‗larga boy
bo‗lgan ovqatlar tasirida ko‗pchilik dori vositalarining, ayniqsa yog‗da eriydigan vositalarning
(antikoagulyantlar, sulfanilamid preparatlari, grizeofulvin, anaprilin, difenin, yog‗da eruvchi
A,D,E,K vitaminlari, karbamazepin, litiy preparatlari, seduksen, metronidazol va boshqalar)
ta‘siri sezilarli darajada ko‗payadi. Ovqatdagi yog‗ning etishmovchiligi etilmorfin gidroxloridni
metobolizm hodisasini susaytiradi. Oldindan yog‗li ovqat istemol qilinishi salol va besalol
faolligini kamaytiradi.
Ovqatda uglevodlar (qand, konfetlar, murabbo) miqdorini ko‗pligi oshqozon harakatini
susaytiradi, ichakda ioniazid va kalsiy xloridni so‗rilishini susaytiradi.
Ovqatla fenoksimetilpenitsillin, ooksatsillinning natrili tuzi, ampitsillin, rifampitsin,
linkomitsin gidroxlorid, atsetilsalitsil kislatasi, glibenklabid, izoniazid va boshqalarni so‗rilishini
susaytiradi.Tarkibida oltingugurt saqlagan dorivor moddalar ovqat tarkibida doimiy bo‗ladigan
og‗ir metallar ionlari bilan o‗zaro kirishib, biologik samaradorligi juda kam bo‗lgan
erimaydigan erimaydigan birikmalar xosil qiladi. Dorivor moddalarni ovqat hazm qiluvchi
kanalda ovqatlar gidrolizida hosil bo‗ladigan quyimolekulyar birikmalar xam susaytiradi. Bular
glyukoza, aminokislotalar, yog‗li kislotalar, glitserin va ovqat tarkibidagi sterinlar.
Vitamin va mineral moddalarga boy ovqat dorilarning metobolizmga sezilarli ta‘sir etadi.
Tarkibida askarbin kislotasi bo‗lgan ovqat oksidaza funksiyasini stimullaydi va shu bilan birga
dorivor moddalarning metobolizmini tezlashtiradi, ayrim vaqtda ularning zaharliligini
kamaytiradi. Tarkibida foliy kislotasi bor ovqatlar piridoksin gidroxloridining metabolizmini
kuchaytirib, levodoplarni faolligini susaytiradi. Vitamin K ga boy ovqatlar (shpinat, oq karam)
iste‘mol qilgan bemorlarda protrombinlash vaqti sezilarli o‗zgaradi va shuningdek
antikoagulyantlar, barbituratlar, nozepam, fenatsetinlarni metabolizmlari ham o‗zgaradi. Ayrim
hollarda ovqat ba‘zi dorilarning biologik samaradorligini oshiradi, masalan, veroshpiron,
dikumarin, beta-adrenoblokator va boshqalarning.
Ovqatning harorati ham ma‘lum darajada dori vosmitasining biologik samaradorligiga
ta‘sir ko‗rsatadi. Juda sovuq (7
o
S dan past), shuningdek keragidan ortiq issiq (70
o
S dan yuqori)
ovqat va suyuqliklar ovqat hazm qilish a‘zolariga salbiy ta‘sir ko‗rsatadi. Sovuq ovqat ta‘sirida
ajratish jarayoni kuchayadi va oshqozonning kislotali muhiti ko‗payadi va bu o‗z navbatida
oshqozon suyuqligining ovqatni hazm qilish xususiyatini kamayishi yoki susayishiga olib keladi.
O‗ta qaynoq ovqatni istemol qilish oshqozon shilliq pardasini atrofiyasiga olib keladi, bu esa
OIT fermentlarini sekretsiyasini keskin pasayishiga olib keladi. OIT sekretsiyasini bu
29
o‗zgarishlari o‗z navbatida dorining biologik samaradorligiga kirishuvchanligiga ta‘sir
ko‗rsatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |