Dori ichish uchun ishlatiladigan suyuqlik xossasini ta‘siri.
Dori ichish uchun
ishlatiladigan suyuqlik xossasi dorivor moddaning biologik samaradorligida ma‘lum ahamiyatga
ega. Ko‗pincha, dorivor moddaning yoqimsiz hidi va ta‘mini yo‗qotish uchun ularni turli
sabzavot-mevali sharbatlar, ichimliklar va sut bilan ichiladi. Ko‗pchilik sabzavot-mevali
sharbatlar nordon bo‗lib, birikmaning kislotaga nisbatan bardoshliligini yo‗qotadi, masalan
ampitsillinning natriyli tuzi, sikloserin, eritromitsin (asos), benzilpenitsillinning kaliyli tuzi.
SHarbatlar ibuprofen, furosemidlarni so‗rilish tezligini kamaytirishi mumkin, adebit,
barbituratlar, diakarb, nevigramon, nitrofuranlar, salitsilatlarni farmokologik samaradorligini
kuchaytiradi. Mevali sharbatlar va ichimliklar tarkiyuida burishtiruvchi moddalar saqlaydi va
digitoksin, kofein-benzoat natriy kabilarni cho‗ktirishi mumkin.
Tetiklashtiruvchi ―Baykal‖, ―Pepsi-kola‖ ichimliklari tarkibida temir ionlari bo‗ladi. Ular
linkomitsin gidroxlorid, oleandomitsin fosfat, tetratsiklin gidroxlorid, natriy tiosulfat bilan
OITda erimaydigan bu dorilarni so‗rilishini susaytiruvchi birikmalar hosil qiladi.
SHu maqsadda ko‗p ishlatiladigan choy va kofe kofein va teofillindan tashqari, tannin va
turli buritiruvchi moddalarni tarkibida saqlaydi va ular paratsetamol, atsetilsalitsil kislotasining
farmokologik faolligini kechiktiradi, aminazin, atropin sulfat, galoperidol, kodein, morfin,
gidroxlorid, papaverin gidroxloridi bilan qiyin eruvchi birikmalar hosil qiladi. SHuning uchun
ular bilan qabul qilinayotgan dorilarni ichish tavsiya etilmaydi. Istisno sifatida ½ stakan iliq,
achchiq bo‗lmagan, shirin bo‗lmagan choy bilan uyqu keltiruvchi barbituratlar ichiladi.
Dorilarni turli shirin ichimliklar yoki sut qandi bilan ta‘mini yaxshilab qo‗llanilsa
izoniazid, ibuprofen, kalsiy xlorid, tetratsiklin gidroxlorid, furosemidlar kabilarning so‗rilishi
keskin susayadi.
Ayrim OIT shilliq pardasiga qitiqlovchi ta‘sir etuvchi dorilar sut bilan ichiladi. Ko‗krak
suti yoshidagi bolalarga dorilarni sut va sut mahsulotlari bilan aralashtirilib beriladi. Sut
benzilpenitsillin, sefaleksin kabi dori preparatlari tarkibidagi dorivor substansiyalarni
o‗zgartirib, ularning biologik samaradorligini pasaytiradi. Bir stakan sut, tetratsiklin gidroxloridi,
oksitetratsiklin va metatsiklin gidroxloridining qondagi konsentratsiyasini 50-60% kamaytiradi,
doksitsiklin gidroxloridining esa so‗rilishiga deyarli ta‘sir ko‗rsatmaydi. Kislotaga bardoshli
qobiq bilan qoplangan (enterosolyubil) preparatlarni, masalan: bisakodil, pankreatin, pankurmen
kabilarni sut bilan ichish tavsiya etilmaydi, chunki vaqtidan oldin qobig‗i erish havfi bo‗ladi.
Xuddi shu sabab bilan yuqorida qayd etilgan preparatlarni ishqorli mineral suvlar (Borjomi,
Lujansk, Smirnovskiy kabilar) bilan ichish maqsadga muvofiq emas. Aksincha, ishqorli
mineral suvlar bilan pankreatin, PASK, salitsilatlar, sitramon, ftazin, novotsefalgin va
sulfanilamid preparatlarini ichish tavsiya etiladi. CHunki ular organizmda atsetillashadi,
atsetillangan birikmalar neytral va kislotali muhitda erimaydi va toshlar ko‗rinishida cho‗kmaga
tushadi. Ishqorli muhitda atsetillangan sulfanilamidlar eritma holatida bo‗lib, organizmdan engil
chiqariladi.
YOsh bolalarga dorini sut bilan ichirilganda, dorining dozirovkasi aniqligini buzilishiga
olib keladi. OIT shilliq yuzasini qitiqlaydigan, o‗zining faolligini sutning rN(6,4) muhitida
o‗zgartirmaydigan, sutdagi oqsil va kalsiy bilan birikmaydigan (butadion, indometatsin,
prednizolon, rezerpin, trixopol, kaliy tuzlari, nitrafuran, vibramitsin, etoksid,yod preparatlari va
boshqalar) dori preparatlarini sut bilan ichish tavsiya etiladi. Ayrim bemorlar dorilarni qabul
qilishda hech qanday suyuqlik ichmaydilar, bunday holat tavsiya etilmaydi, chunki kapsulalar,
30
tabletkalar, drajelar, qizil o‗ngach va OIT ichki yuzasiga yopishib qolib so‗rilishi kerak bo‗lgan
erga etmay parchalanib ketadilar. Bundan tashqari bu dorilar yopishgan erlarini qitiqlaydilar va
suyuqlik miqdorini kamligi esa ularni so‗rilishini susaytiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |