111
GLOSSARIY
AVTOGENEZ - (yunon autos - o‘zim, genesis- kelib chiqish) organik dunyoning
tarixiy taraqqiyoti
organizmning ichki, moddiy bo‘lmagan omillari ta’sirida sodir bo‘ladi, deb da’vo qiluvchi reaksion nazariyadir.
Avtogenez organizmning butunligini, hayot sharoitlariga bog‘liqligini, uning taraqqiyot jarayonida, muhit,
yashash sharoitlari ta’sirida tarkib topadigan belgi va xususiyatlarni inkor qiladi.
AKT - (lotin actus – hulq, xatti - harakat) – psixologiyada akt deganda organizmning turli tuman
xarakterlari tushuniladi. (Masalan: Sensor akt).
AKULPTOR – ta’sir – markaziy asab tizimining ‘ar qanday ta’sirida va unim boshqarishida ishtirok
etishga kirishadi. Termin P.K. Anoxin tomonidan kiritilgan
.
ALFA - ritm-miyaning elektr faolligini, ya’ni sekundiga 10 marta tebranishini o‘lchash va uni miyaning
orqa qismida hisobga olish.
Analizator - tashqi va ichki muhitdan keladigan ta’sirotlarni qabul qilib olib, fiziologik jarayon bo‘lgan
qo‘zg‘alishni psixik jarayonga, ya’ni sezgilarga aylantiruvchi asab mexanizmlari tizimi. Analizatorlar 3 qismdan
iborat bo‘ladi: ta’sirotni kabul qilib oluvchi retsentorlar, retseptorlarda hosil bo‘lgan qo‘zg‘alishni tegashli nerv
markazlariga adtadigan o‘gkazuvchi asab yo‘li va qo‘zg‘alishni psixik jarayonga aylantiruvchi orka miya yoki
bosh miyadagi tegashli asab markazlari. Analizatorlarning biror qismi zararlansa xam tegashli sezgi hosil
bo‘lmaydi. Barcha sezgi a’zolarimiz analizatorlarning retseptor kismlarini tashkil qiladi. Analizatorlar hakidagi
ta’limot I.P.Pavlov tomonidan yaratilgan.
ANIMIZM
-
(lotincha ashta - jon) - ibtidoiy odamlarning atrofdagi narsa va hodisalar haqidagi fan
tarakqiy etguncha bo‘lgan tasavvurlari. Animistik tasavvurlarga ko‘ra xar bir narsaning o‘z ruhi, o‘z joni bor,
tabiat kuchlari va hodisalarini jonlantirishdan iborat diniy e’tiqod. Animizm O‘rta
Osiyo xalklarida, ayniksa,
o‘zbek, tojik, qirg‘iz dindorlarida "pir" ma’nosida ishlatiladi. Shunga ko‘ra har bir narsaning o‘z "piri" bo‘lgan.
ASSOTSIATSIYa
-
(lotincha associato - birlashish, qo‘shilish) - ongimizdagi avvalgi turmush tajribalari
bilan belgilanadigan tasavvurlar boglanishi. Shu bog‘lanishlar tufayli ongimizda paydo bo‘lgan muayyan tasav-
vurlar o‘xshashlik, yondoshlik va qarama-qarshilik belgilariga ko‘ra shunga bog‘liq bo‘lgan boshqa
tasavvurlarni xosil qiladi. Assotsiatsiya tashqi ta’sirotlar tufayli xosil bo‘lib, voqealikdagi narsa va hodisalarning
real bog‘lanishlarini aks ettiradi. Inson psixik haetida assotsiatsiyalarning ahamiyati katta: bilim, ko‘nikma va
malakalarni o‘zlashtirish assotsianiyalarga asoslanadi. Assotsiatsiyalarning fiziologik asoslari bosh miya yarim
sharlari qobig‘ida hosil bo‘ladigan muvaqqat asab bog‘lanishlaridir.
ASSOTSIATIV PSIXOLOGIYa
-
asssotsiatsiyalar tushunchasi-ning asosi bosh tamoyil deb hisoblovchi,
ilmiy-g‘oyaviy mohiyati jihatidan turlicha bo‘lgan psixologik oqimlar yig‘indisi. Psixik faoliyatning barcha
qonuniyatlari faqat assotsiatsiyalarning hosil bo‘lishi va yuzaga chiqishidan iboratdir degan qoida ilgari suriladi.
Bu oqim XVP-XIX asrlarda Angliyada tarqalgan.
AFFERENT NERVLAR
(asablar) -
(lotincha afferens - olib keluvchi) - refleks jarayonida retseptorlarda
hosil bo‘lgan qo‘zg‘alishni tegishli markazga eltuvchi asablar.
AFFERENTATSIYa
-
(lotincha afferens -olib boruvchi) - refleks ja-rayonida retseptorlarda hosil bo‘lgan
qo‘zg‘alishning (impulsning) tegishli asab markazlariga yetkazilishi.
BIXEVIORIZM
-
(inglizcha beavior - xulq) - psixologiyaning predmeti psixikani emas, balki inson va
hayvonlar xulqini o‘rganishdan iboratdir degan fikrni ilgari suradigan oqim. Bixeviorizm xulq deganda
organizmning faqat tashqi muhitdagi qo‘zg‘ovchilarga nisbatan qaytaradigan javob reaksiyalari (harakatlari)
yig‘indisini tushunadi. Demak, bixeviorizmga ko‘ra, psixologiyaning vazifasi faqat tashqi stimul bilan unga
qaytariladigan reaksiyalar o‘rtasidagi teng ma’noli bog‘lanishlarni aniklashdan iboratdir, xolos. Bixeviorizm
ongning inson xulqidagi rolini va uni ilmiy jihatdan o‘rganishni, tekshirishni inkor qiladi. Bixeviorizm alohida
oqim sifatida XX asr boshlari hayvonlar xulqini tekshirish natijalarida shakllangan bo‘lib,
uning asoschilari
amerikalik psixologlar Uotson va Torndaykl.
BILISh
-
inson tomonidan voqealikni aks etgirish jarayoni. Agar bilish shaxsning o‘ziga qaratilgan bo‘lsa,
u o‘z-o‘zini bilish deb ataladi. Bi-lish jarayoni sezgi, idrok, tasavvur, tafakkur kabi psixik jarayonlarda
ifodalanadi. Bilish 2 bosqichdan, ya’ni hissiy va ratsional bosqichlardan iborat-dir. Bilish - sezgi, idrok,
tasavvurlar orqali hissiy bosqichni, tafakkur hamda nutq orqali esa ratsional boskichni tashkil qiladi.
BILISh NAZARIYaSI
-
bilish jarayonining manbalari va asosiy qonuniyatlari haqiqatni aniqlashning
shakl va usullari haqidagi ta’li-mot. Bu nazariyaga Abu Nosir Farobiy asos solgan.
VYuRSBURG MAKTABI
-
XX asrning boshlarida Germaniyada paydo bo‘lib, tafakkurni faqat o‘z-
o‘zini kuzatish yoki introspeksiya usuli yordamida o‘rganuvchi, tafakkurni idrok va tasavvur obrazlariga nutq va
tilga bog‘liq emas deb "sof" tafakkur haqidagi fikrni ilgari suruvchi psixologik oqim. (vakillari: O.Kyulse,
N.Ax.Byuller).
GEShTALT PSIXOLOGIYa
-
(nemischa
cestalt -tasvir, yaxlit shakl, tarkib, tuzilish) - burjua
psixologiyasidagi psixikaning, psixik jarayonlarning yaxlit tuzilishi va dinamikligi (serharakatligi) tamoyiliga
asos-lanuvchi xususiyatlar azaldan psixikaga xosdir, Ular psixika taraqqiyotining asosini tashkil etadi degan
fikrni ilgari suruvchi oqimlardan biridir. (Germaniya, AQSh).
GIPPOKAMP
-
miya po‘stining pastki qismiga joylashgan sathi-ning burmalari. U ta’sirlanish va
o‘rganishning tahminiy fiziologik mexa-nizmi vazifasini o‘taydi.
DINAMIK STEREOTIP
-
(yunon. dinamikos- kuchga oid o‘zgaruv-chanlik, harakatchanlik, stereos -
qatiy, tunos - iz) - dinamik stereotip bir xildagi tashqi ta’sirotlarning ko‘p martalab
takrorlanishi natijasida
112
ma’lum darajada qat’iy shartli reflektor yoki muvaqqat asab bog‘lanishlari tizimi. Dinamik stereotipning hosil
bo‘lishi kishida muayyan malaka va odat-larning tarkib topishini, kishining muayyan hayot sharoitlariga
moslashuvini ta’minlaydi.
DUALIZM
-
(lotincha dualis - ikki taraflama) - dualizm idealistik tushuncha bo‘lib, borliq xam moddiy,
xam ruhiy bo‘lgan 2 asosdan tashkil topgan deb hisoblovchi falsafiy ta’limot. Dualizm psixik hodisalarni
tushuntirishda, xususan organizmdagi psixik va fizik hodisalarning bir-biriga munosabati masalasini hal qilishda
yo psixofizik parallelizm, yo psixofizik o‘zaro ta’sir nuqtai nazarida turadi. Realistik ta’limotga ko‘ra dunyoning
asosi 1 ta, ya’ni materiyadir. Dunyoning birliga uning moddiyligidadir. Mageriya, borlik birlamchi: ong, rux,
ruhiy hodisalar ikkilamchi bo‘lib, yuksak darajada tashkil topgan materiyaning, ya’ni miyaning ob’ektiv reallikni
alohida yo‘sinda aks etgirish qobilnyatiga ega bo‘lgan xususiyatdir.
JON
-
idealistik falsafa va psixologiyadan moddiy bo‘lmagan, ilohiy mohiyat "Inson psixik hayotining
egasi va sababchisi". Jon xaqida bunday fikrni yuritishni biz inkor kilamiz. Hozirgi zamon psixologiya fanida
"jon" lug‘ati "psixika"ning sinonimi sifatida ishlatiladi.
ILMIY PSIXOLOGIYa
-
psixik
hayotning dalillarini, psixologik qonunlarni, psixik faoliyatning
mexanizmlarini o‘rganadi. Psixik xayogning dalillari miqdor va sifat jihatdan xarakterlanadi. Masalan: idrok
sharoitlari o‘zgarib tursa ham idrok qilingan narsaning inson ongidagi obrazi nisbatan o‘zgarmay qolaverishi
psixik hayotning sifat xarakteristikasi bo‘lsa, muayyan bir kishining ta’sir ko‘rsatuvchi qo‘z-atuvchidan
ta’sirlanishgacha ketgan vaqt o‘lchovi uning miqdor xarakteristikasidir. Psixik dalillarning takrorlanishi
natijasida psixologik qonuniyatlar paydo bo‘ladi. Ba’zi bir psixologik dalillarning yuzaga kelishida har gal
buning uchun tegishli shart-sharoitlar, ya’ni qonuniyatlar mavjud bo‘lishi muqarrar. Masalan: Idrokning
barqarorligi kishida avval boshdanoq, ya’ni tug‘ilishi bilanoq mavjud bo‘lmasdan,
asta-sekishshk bilan
qonunlarga binoan shakllana boradi. Psixik faoliyat mexanizmlari, u yoki bu psixik jarayonni amalga
oshiradigan aniq, anatomik-fiziologak apparatdir, Masalan: sezgilarning mexanizmi analizatorlarning ish
jarayonidir.
INTROSPEKTIV PSIXOLOGIYa
-
(lotincha introspectio -sinchiklab qaramay kuzataman) - ruhiy
hodisalarni o‘rganishda ularning sabablarini, fiziologik mexanizmlarini ob’ektiv ravishda kuzatish va tahlil qilish
zarurligini inkor qiladi. U o‘z-o‘zini kuzatish usuliga asoslangan sub’ektiv idealistik psixologaya.
INTROSPEKTIV METOD (USUL
)-
o‘z-o‘zini kuzatishga asoslangan psixologiyaning usuli.
ORIENTIROVKA REFLEKSI
-
odam yoki xayvonlarning yangi qo‘zg‘ovchiga yoki atrofdagi muhitning
ma’lum bir o‘zgarishiga nisbatan qaytaradigan reaksiyasi. ILavlov buni "Bu nima?" refleksi, tekshirish refleksi
deb atagan. Orientirovka refleksi kompleks reaksiya bo‘lib, unga gavda, bosh va ko‘zlarning qo‘zg‘ovchi
tomonga burilishi, yurak urishi yoki nafas olishning tezlashuvi kabilar kiradi. Orentirovka refleksi tug‘ma bo‘lib,
asosan shartsiz reflekslarga yaqindir, biroq shartsiz reflekslardan qo‘zg‘ovchi yangiligini yo‘qotish
orqali
orentirovka refleksining so‘nib qolishi bilan farqlanadi.
PARAPSIXOLOGIYa
-
(yunon. rara - yonida, oldida, rsyche - jon, logos - ta’limot) - fikrni hech qanday
vositalarsiz masofaga uzatish mumkinligi haqidagm ta’limot.
PLASTIKLIK
-
aqliy va nutq faoliyataning asosini tashkil etuvchi asab to‘qimalariga xos xususiyatdir.
PSIXIKA -
(yunon. psychikos - ruhiy, jonga oid) – psixika, yuksak darajada tashkil topgan materiya -
miyaning ob’ektiv olamni alohida yo‘sinda (sezgi, idrok, tasavvur, fikr, hissiyot, irodaviy harakatlar kabi
formalarda) aks ettirish qobiliyatiga ega bo‘lgan xususiyatidir. Psixika teriya tarakkiyotning ma’lum bir
bosqichiga kelib, sezgirliknin qobiliyatining paydo bo‘lishi munosabati bilan paydo bo‘lgan. hayvonlarga ham,
insonga ham xosdir. Inson psixikasi hayvon psixikasidan farq qilib, u inson ongi deb ataladi. Demak "psixika"
hayvonlar va odamlarning ruhiy xayotini ifodalovchi umumiy termindir.
PSIXOLOGIYa-
(yunoncha psyche - jon, -logos - ilm) miyaning ob’ektiv voqelikni aks etgiruvchi
funksiyasi bo‘lgan psixika xaqidagi fan. Psixologiyaning predmeti, psixik jarayonlar, psixik holati va siyatlardir.
Psixika miyaning aks ettirish faoliyati bo‘lib, u kishining hayot sharoitlari bilan belgilanadi. Psixologiya
shaxsning psixik faoliyati, psixik holati va xususiyatlarining paydo bo‘lishi va rivojlanishi
qonuniyatlarini
o‘rganadi.
PSIXIK JARAYoNLAR -
psixik hodisalarning paydo bo‘lishi konuniy izchil ravishda o‘zgarishi va bir
tarakqiyot bosqichidan nav ga utishi, ularda sifat o‘zgarishlarining sodir bo‘lishidir.
PSIXIK HOLATLAR -
shaxsning ob’ektiv voqelikdagi va hodisalarga, o‘z-o‘ziga bo‘lgan munosabatni
ifodalovchi ijobiy hamda biy
EM
otsional keminmalari, mamnuniyat va gazab, ishonch
va ishot ollik va faollik
ko‘rsatmaslik kabi xislar.
PSIXIK FUNKSIYaLAR-
miya aks ettirish faoliyatining sezgi, idrok, xotira, xayol, tafakkur kabi turli
shakllari. Chet el fann tarqalgan "funksional psixologiya" deb ataluvchi oqimda, psixik, funksiyalarni shaxsdan,
shaxsning faoliyatidan ajratib olib, ularning mustakil "mohiyat" deb hisoblaydi. Bizningcha, hozirgi zamon
psixol psixik funksiyalarni faoliyatning tarixan tarkib topgan va shax xususiyatlari bilan uzviy bog‘langan
komponentlari deb tushuniladi.
PSIXIK HODISALAR -
psixik hayotning sezga, idrok, xotira, xayol, tafakkur kabi har biri alohida olingan
aniq shakllari. Psixik hayog turlig‘tuman hodisalarda namoyon bo‘ladi. Psixik xayot hodisalari tarkibiga psixik
jarayon, iroda va hissiyot), psixik mahsullar va psixik holatlar kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: