Jismoniy mashqlarning paydo bo’lishi
Oʻzbekistonda J. t.ga juda qadimdan salomatlikni mustahkamlashning asosiy vositasi deb
qaralgan. Mahmud Koshgariyning "Devonu lugʻotit turk" asarida 100 dan ziyod xalq
oʻyinlari toʻgʻrisida maʼlumot berilgan. "Alpomish" oʻzbek xalq qahramonlik dostoni,
Alisher Navoiyning "Farxod va Shirin", Zayniddin Vosifiyning "Badoye ul-vaqoye" ("Nodir
voqealar"), Boburning "Boburnoma" asari va b.da jismoniy, jangovar mashqlar, kuchlilik
bahsmunozaralarining xilma-xil namunalaridan xikoya qilinadi.
Oʻzbekistonda mustaqillik yillariga kelib J. t. va sport davlat siyosati darajasiga koʻtarildi.
1992 y.da (2000 y.da esa yangi tahrirda) "Jismoniy tarbiya va sport toʻgʻrisida"gi qonunning
qabul qilinishi, 1993 y.da Sogʻlom avlod davlat dasturining ishlab chiqilishi, Vazirlar
Mahkamasining sportning alohida turlarini rivojlantirishga oid va nihoyat 1999 y.da
"Oʻzbekistonda jismoniy tarbiya va sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari
toʻgʻrisida"gi qarori J. t.ning huquqiy asoslarini yaratdi.
2.
Maktabgacha 3-7 yoshdagi bolalarning rivojlanishining o‘ziga xos
xususiyatlari
Jismoniy mashqlarni bajarish jarayonida bu yoshdagi bolalarda chaqqonlik, tezlik, kuch,
chidamlilik va egiluvchanlik sifatlari tarbiyalanadi. Ularning anatomik-fiziologik
xususiyatlarini e‘tiborga olsak, chaqqonlik va tezlik sifatlarini tarbiyalash imkoniyati ularda
boshqa sifatlarga nisbatan ko‘proq bo‘ladi, kuch va chidamlilik sifatlarini tarbiyalashda esa,
aksincha, extiyotkor bo‘lish zarur. Lekin bu sifatlarni rivojlantirish umuman to‘xtatib
qo‘yilmaydi, chunki kuch va chidamlilik elementlari har bir harakat faoliyati uchun zarur, bu
sifatlar tarbiyachining xohishisiz ham boshqa harakat faoliyatlari davomida, xususan, yurish,
sakrash, uloqtirishdek harakatlar tarkibida baribir namoyon bo‘ladi.
Bu yoshdagi bolalar asab tizimining egiluvchanligi jismoniy sifatlarni bir tekisda
rivojlantirishga yaxshi imkoniyat yaratadi. Chunki asab tizimidagi qo‘zg‘alish va
tormozlanish birini ikkinchisi bilan tez almashtirish qobiliyati bilan bog‘liq. Ayniqsa,
harakatli o‘yinlar davomida oldindan rejalashtirilmagan, o‘yin faoliyati uchun zarur bo‘lgan
favquloddagi harakatlarni bajarishga to‘g‘ri keladi va ular qisqa vaqt ichida bir-biri bilan tez
o‘rin almashinishda namoyon bo‘ladi. Bu esa chaqqonlik sifatini oson rivojlantirishga sharoit
yaratadi.
Asab jarayoni jismoniy sifatlarning rivojlanishini tezlashtiradi. qisqa vaqt mobaynida
o‘rtacha tezkorlik bilan yugurish, velosipedda uchish va boshqa mashqlar tezlikning
rivojlanishiga omil bo‘ladi. Bu mashqlarda, albatta, me‘yorni to‘g‘ri tanlash va ularning
o‘zaro o‘rin almashinishi muhim ahamiyatga egadir.
Do'stlaringiz bilan baham: |