2
KIRISH
Kurs ishi mavzusining dolzarbligi:
Jismoniy tarbiya mashg`ulotlarini
O‘zbekiston Respublikasi ―Talim to‘g`risida‖gi qonuni (2021 yangi tahrir) hamda
―O‘zbekistonda Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish to‘g`risida‖gi qonun
(2016)lari mazmun-mohiyatidan kelib chiqib zamon talablari
darajasida tashkil
qilish va o‘tkazish bugungi kunning muhim vazifasidir.
Umuminsoniy
madaniyatning
tarkibiy
qismi
hisoblangan
milliy
madaniyatimizni, yoshlarning axloqiy tarbiyasini ongli ravishda yondashishsiz
tasavvur etish qiyindir. Inson ijtimoiy hayotda ongli ravishda o‘z o‘rnini egallashi
uning voyaga yetishi, farzandlik burchini,
ota-onalik burchini ado etishi, o‘zidan
keyin ma‟lum bir iz qoldirishi jamiyat taraqqiyotini belgilaydi. O‘quvchilarni
jismoniy tarbiya darslarini tashkil etish yo‘llari va shart-sharoitlari tadqiq etish
muammosini o‘rganilishi milliy tarbiya muamosiga yanada chuqurroq kirib
borishga va bu muammoga ilmiy-amaliy jihatdan oydinlik kiritishga asos bo‘la
oladi.
1
O‘tgan yillarimizga, o‘tgan yo‘llarimizga nazar tashlab, ularni sarhisob qilsak,
mustaqilligimiz sharofatini yanada chuqurroq anglaymiz. Biz ta‘limda butunlay
yangilanish, yangi jarayonga tom ma‘noda o‘tish
va unga moslashish davrini
boshimizdan kechirmoqdamiz. ―Ta‘lim to‘g`risida‖gi qonun (2020 yangi tahrir) va
Jismoniy tarbiya sohasida Prezidentimiz SH. M. Mirziyoyev tomonidan qabul
qilinayotgan qaror hamda farmonlar bizga eski usullardan voz kechib, ta‘limning
har bir qirrasigacha qayta qurish imkonini bergan bo‘lsa, ―2019-2021 yillarda
jismoniy tarbiya va ommaviy sportni rivojlantirish konsepsiyasi‖ esa qo‘lga
kiritilgan imkoniyatlarni takomillashgan davlat ta‘lim standartlari, o‘quv dasturlari,
davlat talablari, yangi o‘quv darsliklarini har tomonlama
zamon talablariga mos
jihozlangan o‘quv muassasalarida, zamonaviy o‘quv xonalarida amaliyotga joriy
etish imkoniyatlarini keng ochib berdi.
1
Mirziyoev, Shavkat Miromonovich. Milliy taraqqiyot yo‗limizni qat‘iyat bilan davom ettirib, yangi bosqichga
ko‗taramiz. / Sh. M. Mirziyoev. – Toshkent: O‗zbekiston, 2017. -592 b
3
O‘quvchilarning sog`ligi jismoniy tarbiya ta‘limi
jarayonining asosiy
yo‘nalishi, deb tan olindi va shunga ko‘ra uning mazmuni hamda tashkiliy
shakllari
ushbu
strategik
maqsadga
bo‘ysundirildi. Pedagogik jarayon
rivojlanishining ob‘ektiv qonunlarini tanlash maqsadida uzoq uzluksiz kuzatishga
asoslangan ta‘lim jarayoni sifatini oshirish shakllaridan biri o‘quv jarayoni
pedagogik texnologiya ekanligi hozirgi kunda isbotlangan (A.S.Belkin).
Jismoniy
rivojlanish, harakat tayyorgarligi va morfologik funksiyalar
ko‘rsatkichlari salomatlik holatini aniqlash, jismoniy tayyorgarlikni oshirish,
shunga ko‘ra, ta‘lim jarayonida eng samarali uslublarni
tanlash pedagogik
texnologiya samaradorligini belgilab beradi.
2
Yoshlarni tarbiyalash va ularga zamonaviy bilimlar berishning sifatini
oshirish hamda jamiyatimiz uchun barkamol shaxsni shakllantirish ta‘lim
tizimining eng asosiy maqsadlardan hisoblanadi. Maktab o‘quvchilarining harakat
qobiliyatlarini rivojlantish va jismoniy mashqlarning ular organizmiga qay
darajada ta‘sir qilishini aniqlash muhim vazifa hisoblanadi.