2 annotatsiya



Download 466,04 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/19
Sana27.12.2022
Hajmi466,04 Kb.
#896309
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Bog'liq
IQTISODIYOT dasturi(TARMOQLAR VA SOHALAR BO‘YICHA) (2)



 



 
 
ANNOTATSIYA 
Qisqa davrda O‗zbekiston iqtisodiyoti tarmog‗larini rivojlanishining 
innovatsion yo‗liga o‗tkazishga qodir bo‗lgan samarali boshqaruv tizimini 
shakllantirishga nisbatan tizimli yondashuv zarur. Bunday tizim mexanizmlarini 
shakllantirish metodologiyasi turli iqtisodiy ta‘limotlar, shu jumladan institutsional 
nazariya, evolyusion iqtisodiyot va sinergetikaning nazariy qoidalariga asoslangan 
bo‗lishi kerak. Milliy iqtisodiyotning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotdagi o‗rni va 
ahamiyati beqiyosligi, uning evolyusiyasida mavjud bo‗lgan ko‗plab turli 
murakkab bosqichlar, tamoyillar, yo‗nalishlar, qonuniyatlarning o‗ziga xosligi 
to‗g‗risida ushbu yo‗nalishda tadqiqot olib boruvchilarga nisbatan qat‘iy talablarni 
belgilaydi. 
5230100– Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo‗yicha) yo‗nalishi bo‗yicha 
ikkinchi va undan keyingi ta‘limga kiruvchilarning bilim darajasini sinash 
maqsadida tuzilgan savollar ushbu yo‗nalishda ishlab chiqilgan nazariy asoslar, 
tamoyillar, yo‗nalishlarni o‗z ichiga oladi. 
Mazkur savollar O‗zbekiston Respublikasi Davlat ta‘lim standartiga 
asoslangan holda, ―Ta‘lim to‗g‗risida‖gi Qonun va ―Kadrlar tayyorlash milliy 
dasturi‖ talablariga mos ravishda, amaldagi na‘munaviy dasturlar asosida tuzildi. 

 
Tuzuvchilar: i.f.n., dots. I.Soliyev 
i.f.n., dots. K.Sirojiddinov 

Taqrizchi: i.f.d., dots. O.Aripov 
 
Dastur NamDU Iqtisodiyot fakulteti Iqtisodiyot kafedrasining 2022 yil 
―___‖ sentabrdagi -sonli yig‗ilishida muhokama qilingan va ma‘qullangan.



KIRISH 
Keyingi yillarda dunyoda yuz berayotgan global o‗zgarishlar oziq-ovqat 
xavfsizligiga yondoshuvlarni tubdan o‗zgartirmoqda. FAO tadqiqotlariga ko‗ra yer 
sharida 820 milliondan ortiq kishi to‗yib ovqatlanmaslikdan qiynalmoqda va bu 
ko‗rsatkich 2050 yilga borib 2 milliardga yetishi mumkin. BMT prognozlariga 
ko‗ra 2050 yilga borib dunyo aholisi 10 milliard kishiga yetishi mumkin va bu 
ko‗rsatkich qishloq xo‗jaligiga yaroqli yerlarning degradatsiyaga uchrashi 
kuchayayotgan (52 %), qurg‗oqchilik va cho‗llashuv jarayonlari natijasida har yili 
12 million gektar yer (har minutda 23 gektar) foydalanishdan chiqib ketayotgan, 
ekinlar hosilini yig‗ishtirib olish, tashish, saqlash va iste‘molchilarga yetkazib 
berishdagi nuqsonlar tufayli har yili 1,3 milliard tonna oziq-ovqat mahsulotlari 
nobud bo‗layotgan bir sharoitda dunyo aholisini yetarli miqdorda va sifatdagi oziq-
ovqatlar bilan ta‘minlash vazifasini murakkablashtiradi. 
Ko‗pchilik olimlar va soha mutaxassislarining fikricha, bunday murakkab 
vaziyatda global oziq-ovqat ta‘minoti va xavfsizligini ta‘minlash masalasini 
qishloq xo‗jaligi va unga tutash oziq-ovqat sanoati tarmoqlarni barqaror 
rivojlantirish orqaligina hal etish mumkin. 
Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 2015 yilning 
sentabrida Barqaror rivojlanish bo‗yicha o‗tkazilgan sammitida qabul qilingan 70-
son rezolyutsiyasiga muvofiq shuningdek, 2030 yilgacha bo‗lgan davrda BMT 
Global kun tartibining ―Barqaror rivojlanish maqsadlari‖ni izchil amalga oshirish 
bo‗yicha tizimli ishlarni tashkil etish maqsadida O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar 
Mahkamasining 2018 yil 20 oktabrdagi 841-sonli ―2030 yilgacha bo‗lgan davrda 
barqaror rivojlanish sohasidagi milliy maqsad va vazifalarni amalga oshirish chora-
tadbirlari to‗g‗risida‖gi Qarori asosida 2030 yilgacha bo‗lgan davrda barqaror 
rivojlanish sohasidagi Milliy maqsad va vazifalar hamda ularni amalga oshirish 
bo‗yicha «Yo‗l xaritasi» tasdiqlangan. BMT ―Barqaror rivojlanish maqsadlari‖ 17 
ta punktdan iborat bo‗lib, uning 2-maqsadi ―Oziq-ovqat xavfsizligini 
mustahkamlash, ovqatlanish ratsionini yaxshilash hamda qishloq xo‗jaligining 
barqaror rivojlanishiga ko‗maklashish‖ga bag‗ishlangan. 
O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 22 yanvardagi PQ- 5308-
sonli Qarori bilan tasdiqlangan ―2017-2021 yillarda O‗zbekiston Respublikasini 
rivojlantirishning beshta ustuvor yo‗nalishi bo‗yicha Harakatlar strategiyasining 
3.4 - ―Qishloq xo‗jaligini modernizatsiya qilish va jadal rivojlantirish‖ bo‗limi, 
O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 23 oktabrdagi PF-5853-sonli 
―O‗zbekiston Respublikasi qishloq xo‗jaligini rivojlantirishning 2020-2030 
yillarga mo‗ljallangan strategiyasini tasdiqlash to‗g‗risida‖gi Farmoni, O‗zbekiston 
Respublikasi Prezidentining 2020 yil 9 sentabrdagi ―Respublika oziq-ovqat 



sanoatini jadal rivojlantirish hamda aholini sifatli oziq-ovqat mahsulotlari bilan 
to‗laqonli ta‘minlashga doir chora-tadbirlar to‗g‗risida‖gi PQ-4821-sonli 
Qarorlarida qishloq xo‗jaligini barqaror rivojlantirish bo‗yicha o‗rta va uzoq 
muddatli strategiyalar belgilangan. 
Iqtisodiy rivojlanishning qaysi modelini tanlanmasin mamlakat iqtisodiyotining 
jahon xo‗jaligidagi mavqei va o‗rni uning raqobatbardoshlik darajasi bilan 
belgilanadi. Bu o‗rinda qishloq xo‗jaligini rivojlantirish muammolarini ilmiy 
asosda hal eta oladigan ilmiy pedagogik kadrlarning o‗rni va ishtiroki muhimdir. 
Mamlakatimizda ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash bo‗yicha O‗zbekiston 
Respublikasining ―Ta‘lim to‗g‗risida‖gi Qonuniga asoslanib mutaxassislarning 
kasbiy maxoratini ko‗tarish va malakali iqtisodchi kadrlarni xalqaro andozalar 
darajasida tayyorlashni takozo etadi. 
Dasturda qo‗yilgan mavzu va masalalar 08.00.04-―Qishlok xo‗jaligi 
iqtisodiyoti‖ ixtisosligi bo‗yicha talabgorlarning faqatgina shu sohadagi umumiy 
bilim darajasini aniqlash bilan cheklanmasdan, balki shu sohadagi muammolar va 
ularning yechimlarini topish bo‗yicha bilimga ega ekanligini namoyish eta olishini 
talab etadi. 

Download 466,04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish