O„zMU xabarlari Вестник НУУз ACTA NUUz
FILOLOGIYA
1/5 2022
- 287 -
Tadqiqot metodologiyasi.
Semantik tuzilishning
ushbu modeli so‘zning ma‘nosini o‘rganishning yangi usuli –
tizimda sodir bo‘layotgan o‘zgarishlarni diaxron tarzda
kuzatib borish imkonini beradi. Albatta, tilning barcha so‘z
boyligini Shu tarzda o‘rganish mumkin emas, ammo
cheklangan leksik sohalar, ya‘ni ma‘lum bir tushunchani
qamrab olgan so‘zlar guruhini o‘rganish mumkin.
Semantik maydon – bu bir-biriga bog‘liq ma‘nolarga
ega bo‘lgan so‘zlar guruhining ma‘lum bir struktur
qonuniyatlar asosida guruhlanishi.
―SMning LSGdan asosiy farqi shuki, bir necha turkum
leksemalari bir arxisema asosida qamrab olinadi. Masalan,
―nutq faoliyati‖ SMga ―nutq‖ arxisemasi asosida ot leksemalar
ham, fe‘l leksemalar ham birlashtiriladi‖. ―
Sistem tilshunosda leksemaning shakl tomoni nomema
ongimizda fonemalar tizmasi sifatida mavjud. Semema
leksemaning ichki tomoni, uning mazmuni, ma‘nosi nimani
ifodalab kelishidir. Demak, leksema = nomema + sememadir.
Sememani hosil qiluvchi ma‘no bo‘laklari (sememaning
tarkibiy qismlari) esa sema deb ataladi [ 4]. Ma‘lumki,
leksemalar ham boshqa sathlardagi til birliklari kabi til
tizimida ma‘lum tartibdagi guruhlarni tashkil qiladi va ana
Shu ―leksik-semantik guruh‖ (LSG) komponentlari o‘zaro
paradigmatik munosabatda bo‘ladi. Tildagi leksemalarning
muayyan ma‘no umumiyligi asosida yuzaga kelgan yig‘indisi
leksik maydon sifatida tavsiflanadi.
So‘zlarni leksik-semantik guruhlarga birlashtirish ular
ma‘nolarining ma‘lum bir umumiyligi yoki farqlanishi,
qarama-qarshiligi
asosida
amalga
oshiriladi.
Ushbu
umumlashtiruvchi va farqlovchi (differentsial) belgilar juda
aniq semantik jihatlarga asoslanadiki, ularning kombinatsiyasi
so‘zlarning leksik ma‘nolarini hosil qiladi‖[ 5].
Leksik-semantik guruh bir so‘z turkumi doirasidagi
so‘zlarni birlashtiradi, unda umumiy grammatik semalardan
tashqari yana kamida bitta arxisema – leksik-kategorial sema
mavjud bo‘ladi. So‘zlar semantikasida bunday sema, go‘yo
grammatik semalar bilan leksik semalar o‘rtasidagi oraliq
pozitsiyani egallaydi. Masalan, qozon so‘zi ma‘nosida ot so‘z
turkumiga oid, narsa-buyum, birlikda kabi grammatik semalar
bilan birgalikda ovqat pishirish uchun ishlatiladi, temir yoki
alyuminiydan yasaladi, ushlash uchun qulog‘i (dastagi) bor
kabi leksik-kategorial semalari mavjud. Qozon so‘zining
tarkibida ―oshxona buyumi‖ leksik-kategorial semasi asosida
narsa-buyum grammatik semasi aniqlanadi. Leksik-kategorial
semalar ancha umumiy xarakterga ega bo‘lib, ular grammatik
semalarga yaqinlashadi, lekin ularni ifodalashning maxsus
formal vositalari yo‘q. Ushbu xususiyat leksik-kategorial
semalarni ―yashirin grammatika‖ deb nomlangan sohaga
yo‘naltirishga asos beradi. Bunday qat‘iy leksik semalar
alohida leksik-semantik guruhlar asosida yotadi. Masalan,
tafakkur fe‘llari (o‘ylamoq, eslamoq, tasavvur qilmoq, taxmin
qilmoq kabi.
SH.Rahmatullayevga ko‘ra, leksemalarning leksik
ma‘no asosida guruhlanishi giper-giponim tizimi asosida
ierarxik tarzda shakllanadi. Eng yirik LSG deb leksemalarning
turkumlarga ajratilishi ko‘rsatiladi: ot leksemalar LSGi, fe‘l
leksemalar LSGi kabi. H.Ne‘matov va R.Rasulovlar ana Shu
birlamchi LSG va uning tarkibidagi kichik LSGlarni farqlash
uchun ularni ―leksemalarning mavzu to‘dalari‖ (LMT) va
―leksemalarning mavzu guruhlari‖(LMG) tarzida qo‘llaydilar:
―LMT bir umumiy mavzuga oid bir necha LMGni o‘zida
birlashtiradi. Masalan, o‘zi bir necha LMGlaridan iborat ―uy
hayvonlari‖ yoki ―qush‖ kabi LMTlari Shular jumlasidandir‖
[6].
―Maydon nazariyasi til sohiblariga ma‘lum bir sohada
ishlatiluvchi leksik birliklarning asosiy jamg‘armasini butun
ko‘lami bilan anglash, muloqot jarayonida ulardan eng
zaruriysini (ehtiyoj tushib turganini) qo‘llash imkonini beradi,
leksik birliklarning bir-birlari bilan mazmuniy jihatdan
bog‘lanishini ta‘minlaydi‖[ 7]. Tadqiqotimiz yo‘nalishidan
kelib chiqib, uy-ro‘zg‘or buyumlarini ifodalovchi leksemalarni
semantik maydon asosida shakllangan tematik guruh (sistema)
sifatida o‘rganishni ma‘qul deb hisoblaymiz. Bu esa guruhga
mansub buyumlar va ular bilan bog‘liq tushunchalarning ona
tilimizda so‘zlaShuvchilar jamoaviy lisoniy ongida (olamning
lisoniy tasvirida) aks etish xususiyatlarini ochishga imkon
beradi. ―Til sistemasi va strukturasida leksik sathning tutgan
o‘rnini belgilash, unga xos bo‘lgan umumiy hamda xususiy
qonuniyatlarni aniqlash, leksemalarning paradigmatik (ichki),
sintagmatik (tashqi), pragmatik (nutqiy-uslubiy) xossalari
asosida o‘zbek tilining leksik sathidagi semantik maydonlarni
topish hamda tadqiq qilish bugungi kunda o‘zbek
Tilshunosligi oldida ko‘ndalang bo‘lib turgan asosiy
masalalardan biridir‖[8].
Sistem tilshunos tamoyillariga asosan bir so‘z turkumi
doirasida bir mazmuniy guruh tarkibiga birlashgan so‘zlar
o‘rtasidagi munosabat paradigmatik (o‘xshashlik) munosabat
hisoblanadi. Masalan, qozon, tovoq, kosa, lagan kabi so‘zlarni
bir umumiy yadro, ya‘ni oshxona buyumi semasi birlashtirib
turadi, Shu yadro asosida ularni bir mavzu guruhi uzvlari
sifatida qabul qilish imkoniyati yuzaga keladi. Ana shunday
munosabat paradigmatik yoki uyadoshlik munosabati ham
deyiladi.
Leksik ma‘no tarkibida ajratiladigan semalar
ideografik (yunoncha idea - tushuncha, grafo - yozuv) sema
deb nomlanadi. Leksik ma‘noga ta‘rif ideografik semalar
asosida tuziladi[ 9]. Masalan, semik tahlil usuli bilan gilam
leksemasining leksik ma‘nosi tarkibiga kiruvchi quyidagi
ideografik semalar aniqlanadi: a) uy jihozi, b) to‘qilgan, v)
xonaga to‘shaladigan, g) turli hajmli, d) naqshli (yoki rasmli).
Ushbu ideografik semalar asosida leksik ma‘no ta‘rifi
quyidagicha tuziladi: xonaga to‘shaladigan, guldor yoki
naqshli qilib to‘qiladigan ro‘zg‘or jihozi. Sandiq – a) uy jihozi,
b) taxtadan yasalgan, v) quti vazifasini bajaradi, g) ichiga turli
buyumlar solish mumkin, d) turli hajmli, ye) bezakli. Har ikki
buyumning uy jihozi semasi ularni bir LSGga birlashtirish
imkonini beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: