O„zMU xabarlari Вестник НУУз ACTA NUUz
FILOLOGIYA
1/5 2022
- 209 -
Kitobda e‘tiborimizni qaratgan yana bir jihat
akademik Naim Karimov Abdulla Qahhorning ―Sarob‖
romanidagi markaziy qahramon Saidiyni - Usmon Nosirning
adabiy taxallusi sifatida ta‘kidlaydi. Asar qahramonlaridan biri
Murodxo‗ja domlani esa tilshunos
ustoz Ashurali Zohiriy
timsolida ko‗radi va talqin qilishga urinadi. Bu o‗rinda
ustozning Abdulla Qahhor ‖Saidiy siymosida Usmon
Nosir
taqdiri va hayotini ko‗rsatishga uringan. Romanda ―sog‗lom,
har bir harakatida kuch-quvvat aks etib turgan, bejirim yigit
Saidiyning qo‗ng‗iroq sochlari‖dan bo‗lak biror portret
chizig‗i tasvir etilmagan. Ammo shunga qaramay Usmon
Nosir hayotining ayrim sahifalari Saidiy obraziga singdirib
yuborilgan‖[2], -yo‗sinidagi fikri qay darajada asosli ekanligi
bizni o‗yga toldiradi.
Usmon Nosir haqida qimmatli ma‘lumotlar
qoldirgan
zamondosh do‗sti O‗tkir Rashidning ―Usmon Nosir haqida‖
(1984) nomli maqolasi shoir hayotidan hikoya qiladi.
Tiniqlashib borayotgan usmonshunoslikda O‗tkir Rashid va
uning qizi Nodira Rashidovaning alohida xizmatlari bor, ular
bir tomondan Usmon Nosirga qarindosh ham edi. Bu haqda
Nodira Rashidova o‗z tarjimayi holidagi ma‘lumotlarda ham
keltirib o‗tgan: ―Otam Maxmudxon Rashidov (elda O‗tkir
Rashid nomi bilan tanilgan) tadqiqotchi olim, pedagog,
dramaturg, shoir, bolalar shoiri, ―O‗zbekistonda
xizmat
ko‗rsatgan madaniyat xodimi‖, ―O‗zbekistonda xizmat
ko‗rsatgan san‘at arbobi‖ 1916 –yilda Qo‗qon shahrining
―Tavroqchilik‖ mahallasida dunyoga kelib, 1990- yilning 17-
yanvar kuni vafot etganlar. Onam Masadiqboy o‗g‗li Nosir
Hoji qizi Rohatxon Qo‗qonning ―Gʻisht ko‗prik‖ qismining
―Davron‖ mahallasida 1922- yilda tug‗ilganlar. 2004- yilda
vafot etganlar‖.[3] Anglashiladiki, Usmon Nosirning singlisi
Rohatxon O‗tkir
Rashidga turmushga chiqqan, Nodira
Rashidovaga shoir tog‗a hisoblanadi. Qarindoshlik va olimalik
yuki uni Kemerovo tomon yo‗lladi: ‖1987-yilning bahorida
Kemerovolik uch nafar shoir Toshkentga tashrif buyurishdi.
Usmon Nosir tug‗ilib o‗sgan, yashagan Namangan, Qo‗qon
shaharlarida mehmon bo‗lishdi. Ikki yurt o‗rtasida adabiy
rishta bog‗landi. O‗sha yilning iyul oyida men (Nodira
Rashidova) shoira Mukarrama Murodova bilan Kemerovo
shahriga bordik, u yerlik adabiyotchilar tashkil qilgan safarga
chiqib, Mariinsk rayonidagi Usmon Nosir dafn etilgan
qabriston
hududini ziyorat qilib, o‗zbek shoiriga po‗latdan
yasalgan kitob shaklidagi qabrtoshini o‗rnatdik‖[3]. Bu
voqeadan bir yil o‗tgach o‗zbek ijodkorlaridan bir nechtasi
ham shoirning mangu makonini ziyorat qilish baxtiga erishdi.
Ular orasida akademik Naim Karimov ham bor edi. ―1988-
yilning iyulida men (Nodira Rashidova), yozuvchi Hojiakbar
Shayxov, shoirlar Usmon Azim, Muhammad Yusuf va
adabiyotshunos Naim Karimov Mariinskdagi qabristonni
ziyorat qilib, shoir Usmon Nosirni o‗z qo‗li bilan yerga
qo‗ygan
kishilar, uni siyosiy mahbuslar saqlangan zonada
tanigan, bilganlar bilan uchrashdik, suhbatlashdik, shoir
haqida anchagina ma‘lumotlarga ega bo‗lib qaytdik‖[3],-
olima Nodira Rashidova o‗z xotiralarini shunday eslaydi.
Olimaning Usmon Nosir hayot haqiqatlarini tiklashga
qaratilgan sa‘yi-harakatlari va ―She‘riyatning majnunlari
bor…‖ (2007-yil ) she‘riy to‗plami, ―Usmon Nosir
haqida‖(2001-yil) nomli maqolalar to‗plami, O‗zbekiston
Milliy Akademik drama teatrida sahnalashtirilgan ―Usmon
Nosir‖ pyesasi usmonshunoslik ilmi rivojidagi alohida asarlar
turkumiga kiradi. Shoir yashagan davr murakkablik va
turg‗unlik libosida, qaysidir ma‘noda shoir nafasini bo‗g‗gan
yoki uning yuragida shoirlik o‗tini yoqganligi bilan ―tarixiy
davr‖ sifatida tarixiy dalillar tili bilan o‗zini so‗zlaydi. Shoira
Mukarrama Murodovaning ―Men –davrning kichik parchasi
―(1990-yil) e‘lon qilingan maqolasi bu haqda shunday deydi:
―Usmon Nosirning ijodiy parvozi tariximizning ―qanoti
kuygan‖ , ―umr tepasida musht tuygan‖ davriga to‗g‗ri
keldi‖.[4] Ammo, shoir tinmsiz ijod natijasida qisqa bo‘lsada
umrning mohiyatini she‘rlariga kamalakdek akslantirdi.
Mustaqillik va istiqlol yillarida shoirning nomi va o‗zbek
adabiyotidagi muqim o‗rni belgilandi. Bu kabi ishlarning
boshida, albatta, akademik Naim Karimov turadi. Ayniqsa,
Usmon Nosir to‗g‗risidagi qator tadqiqotlari, ―Kumush irmoq‖
(1983-yil), ―Ko‗p hali hayotda nasibam‖ (1988-yil), ―Bir satri
ham unitilmaydi‖ (1989-yil), ―Ajdaho komida‖ (1990-yil),
―Shoir izlarini izlab‖ (1990-yil), ―E‘tiqod‖ (1994-yil), ―Olov
bo‗lib chiqqan oltin satrlar‖ (1996-yil), ―Usmon Nosirdiq‖
(qoraqolpoq tilida 1996-yil), ―Moviy ko‗zlar tasviri‖ (1997-
yil), ―Iste‘dod yolqini‖ (1999-yil), ―Shoirning so‗nggi
qo‗shig‗i‖ (2002-yil), ―Usmon Nosir‖ (2005-yil), ―O‗zbek
she‘riyatining so‗nmas yulduzi‖ (2012-yil), ―Iste‘dod yolqini‖
(2017-yil), ―Qafasdagi shoir‖ (suhbat, 2008-yil) nomli
maqolalari hamda adabiy suhbatlari shoirning adabiy
portretini yaratishdagi muhim qadamlar hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: