nechog’lik mosligini aniqlashdan, bularning to’la-tukisligi,
aniq-ravshanligi, buxgalteriya
hisobi yoki boshqa moliyaviy hisob yuritishga qo’llanilayotgan talablarga nechog’lik
monandligini aniqlashdan iboratdir. Audit tarkibiga yana konsalting, ya’ni mijoz bilan
shartnoma tuzib, xizmatlar ko’rsatish ham kiradi.
Auditorlik faoliyati xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning fao-liyati ustidan mahsus
vakolat olgan davlat idoralarining nazorati o’rnini bosmaydi.
Auditning asosiy «harakatlanuvchi shaxsi» auditor va audi-torlik firmasidir. Auditor
belgilangan tartibda auditorlik fao-liyati bilan shug’ullanish
huquqini olgan hamda
auditorlik kasbi ro’yxatiga kiritilgan mutaxassisdir. Auditorlik firmasi – yuridik va
jismoniy shaxs tomonidan tuzilib, belgilangan tartibda ro’yxatdan o’tgach, ustaviga ko’ra
auditorlik xizmati ko’rsatish bilan shug’ullanadigan tashkilot.
Auditorlik firmalari kichik korxonalar, mas’uliyati cheklangan jamiyatlar va boshqa
korxonalarning tashkiliy-huquqiy shakllarida ochilishi mumkin, ochiq turdagi aktsiyadorlik
jamiyatlari bundan mustasno.
Quyidagilarga auditorlik tekshiruvini o’tkazish taqiqlanadi:
- tekshirilayotgan xo’jalik yurituvchi sub’ektning rahbarlari va boshqa mansabdr
shaxslari bilan yaqin karindosh bo’lgan shaxsga;
- tekshirilayotgan xo’jalik yurituvchi sub’ektda shaxsiy-mulkiy manfaatlari bo’lgan
shaxsga;
- xo’jalik yurituvchi sub’ektning
rahbarlariga, muassasalariga yoki mulkdorlariga;
- tekshirilayotgan xo’jalik yurituvchi sub’ekt yoki uning filial-lari xodimiga;
- davlat xokimiyati va boshqaruvi idoralarining mansabdor shaxslariga;
- kreditorlar, investorlar va boshqa manfaatdor shaxslarga.
Auditorlar va auditorlik firmalari davlat ro’yxatidan o’tib, litsenziya olganlaridan
keyin faoliyat boshlaydi.
Auditorlar va auditorlik firmalari qonunda belgilab qo’yilgan tartibda O’zbekiston
Respublikasining Adliya Vazirligida Davlat ro’yxatidan o’tadi.
Auditorlik faoliyati bilan shug’ullanish huquqi uchun litsenziya davlat ro’yxatidan
o’tgandan keyin beriladi. Ularni berish tartibi-ni O’zbekiston Respublikasining Vazirlar
Mahkamasi belgilaydi.
Auditorlar (auditorlik firmasi) quyidagi huquqlarga ega:
- xo’jalik yurituvchi sub’ektning hisobotini audit qilish va tuzilgan shartnomaga
binoan konsalting xizmati ko’rsatish;
- O’zbekiston Respublikasining «Auditorlik faoliyati to’g’risi-da»gi qonuni va boshqa
me’yoriy hujjatlar talablariga binoan tekshiruvning shakl va usullarini mustaqil belgilash;
- tekshirilayotgan ob’ektda ham, uchinchi shaxslar qo’lida ham bo’lgan,
tekshirilayotgan xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning mulkiy holati
va faoliyatiga daxldor
hujjatlar bilan tanishish imko-niyatiga ega bo’lish;
- o’tkazilayotgan tekshirish yoki ko’rsatilayotgan auditorlik xizmati munosabati bilan
tekshirilayotgan xo’jalik yurituvchi sub’ekt rahbarlaridan va boshqa xodimlaridan,
shuningdek uchinchi shaxslardan og’zaki yoki yozma tarzda zarur izohlar olish;
- litsenziyadan mahrum etish haqida qaror qabul qilinganida sudga ariza bilan
murojaat qilish va hokazo.
Auditor (auditorlar firmasi)ning burchlari:
- auditor tekshiruvini sifatli, mukammal o’tkazish, tekshiruvlar o’tkazish bilan
aloqador boshqa auditorlik xizmati ko’rsatish;
- tekshirilayotgan xo’jalik yurituvchi sub’ekt rahbariyatiga
tekshiruv vaqtida
aniqlangan qonunchilikning buzilish hollari va buxgalteriya hisoboti yuritish hamda
moliyaviy hisobotni tuzishga qo’yilgan talablarning buzilish dalillari haqida ma’lumot
berish;
- o’z vazifalarini bajarish chog’ida ma’lumotlarni sir saqlash. Mijozga zarar
yetkazadigan ma’lumotlar faqat sudning talabi bilan oshkor qilinishi mumkin;
- uzrli sabablar bo’lmasa, o’z faoliyatini to’xtatmaslik, uni oxiriga yetkazish va xulosa
chiqarish;
- mabodo ishi va xulosalarida holis va ob’ektiv bo’lishning imkoni bo’lmay qolsa, o’z
faoliyatini to’xtatish.
Auditorni mijoz bilan shartnoma tuzgan auditorlik firmasi xo’jalik yurituvchi sub’ekt
mulkdorlari bilan kelishilgan holda tayinlaydi.
Xo’jalik yuirtuvchi sub’ekt mulkdorlari qarori bilan yoki audi-torni tayinlagan yuridik
shaxsning qaroriga ko’ra auditor chaqirib olinishi mumkin, auditor bu haqda barvaqt
yozma tarzda, uning xizmatidan voz kechish sabablarini ko’rsatib xabardor qilinadi.
Tekshiruv vaqtida yoki buyurtmaga ko’ra, boshqa ishlar
qilinayotganida xizmatdan
voz kechilsa, xo’jalik yurituvchi mulkdor auditor xizmatiga haq to’lashi shart.
Surishtiruv organi, proquror, tergovchi va sud topshirig’i bilan auditorlik tekshiruvi
o’tkazilsa, xarajatlar tekshirilayotgan xo’jalik sub’ekti zimmasiga tushadi, uning qo’lida
yetarli mablag’ bo’lmasa, tekshiruvni tayinlagan organ zimmasiga tushadi.
Mabodo xo’jalik yurituvchi sub’ekt qo’lida zarur mablag’ bo’lsa-yu, tekshiruv
xarajatlarini to’lashdan bo’yin tovlasa, prokuror auditor yoki auditorlik firmasining mulkiy
manfaatlarini himoya qilib tegishli sudga murojaat qilishi shart.
Xo’jalik yuritish sub’ektining rahbarlari va boshqa mansabdor
shaxslari auditorning
talabi bilan quyidagilarni bajarishi shart:
- moliyaviy-xo’jalik faoliyatiga daxldor hujjatlarni berishi;
- og’zaki yoki yozma tarzda izohlar berishi;
- tekshirilayotgan ob’ektning moliyaviy-xo’jalik faoliyatini sifatli ekspertiza qilish
uchun boshqa zarur shart-sharoitlarni yaratishi.
«Auditorlik faoliyati haqida»gi qonun va boshqa qonun hujjatlarining qoidalarini
auditorlik tekshiruvi vaqtida buzganlik uchun auditor va auditorlik firmasi javobgar
hisoblanadi va quyidagi javobgarlikka tortiladi:
- O’zbekiston Respublikasi qonunchiligiga binoan mulkiy va ma’muriy javobgarlikka;
- litsenziya huquqini to’xtatib qo’yish yoki auditorlik faoliyati bilan shug’ullanish
huquqini beradigan litsenziyadan mahrum etishgacha (litsenziya
bergan organ qaroriga
muvofiq) bo’lgan intizomiy jazolar beriladi.
Auditor faoliyatini tartibga solib turish uchun qonunchilikda auditorlar palatasini
ochish nazarda tutilgan.
O’zbekistondagi aksariyat auditorlik firmalarini auditorlarning o’zlari tashbbuskor
bo’lib tuzgan, ammo mustaqil audit o’tkazish uchun ularning soni yetarli emas. Bu
muammoni hal etish uchun Davlat mulk qo’mitasi tashabbusi bilan 1996 yilning may oyida
qimmatli qog’ozlar bozori qatnashchilariga maslahat-auditorlik va axborot xizmati
ko’rsatish uchun mahsus agentlik – «Konsauditinform» tashkil etildi.
Hozirgi kunda qo’shma korxonalar auditi, hissadorlik jamiyat-lari auditi, investitsiya
fondlarining auditi va sug’urta kompaniya-larining auditi shakllandi.
Do'stlaringiz bilan baham: