Umumdavlat soliqlarga quyidagilar kiradi:
- yuridik shaxslardan olinadigan daromad (foyda) solig’i;
- jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig’i;
- qo’shilgan qiymat solig’i;
- aktsiz solig’i;
- yer osti boyliklaridan foydalanganlik uchun soliq;
- suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq.
Mahalliy soliqlar va yig’imlarga quyidagilar kiradi:
- mol-mulk solig’i;
- yer solig’i;
- avtotransport vositalarini olib sotganlik uchun soliq;
- savdo-sotiq qilish huquqi uchun yig’im, shu jumladan, ayrim turlardagi tovarlarni
sotish huquqini beruvchi litsenziya yig’imlari;
- yuridik shaxslarni, shuningdek, tadbirkorlik faoliyati bilan shug’ullanuvchi jismoniy
shaxslarni ro’yxatga olganlik uchun yig’im;
- avtotransport to’xtash joyidan foydalanganlik uchun yig’im;
- obodonchilik ishlari uchun yig’im;
- ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish uchun yig’im;
- va boshqa mahalliy ahamiyatga ega bo’lgan yig’imlar.
Mahalliy soliqlar va yig’imlar mahalliy byudjetga o’tkaziladi.
Soliq nimaga olinsa, o’sha narsa soliq ob’ekti bo’ladi. Soliq ob’ekti 3 guruhga
bo’linadi: oborot, daromad va mulk.
Soliq ob’ektining har bir soliq birligi uchun davlat tomoni-dan belgilab qo’yilgan
me’yori soliq stavkasi deb yuritiladi. Bu stavka qat’iy summalarda yoki foizlarda ob’ektga
nisbatan qo’l-laniladi.
Soliq stavkalari proportsional, progressiv va regressiv ko’rinishlarda bo’lishi mumkin.
Proportsional soliq stavkasi usulida foyda yoki oborotga ega bo’lgan yuridik va
jismoniy shaxslar bir xil proportsiyada (ulushda) soliq to’laydilar. Bu yerda soliq stavkasi
qat’iy o’rnatilgan bo’lib, proportsional ravishda olinadi. Masalan, korxona asosiy
fondlarining o’rtacha yillik qiymati 200 mln so’m bo’lib, undan undiriladigan soliq
stavkasi 2 foiz belgilanganda, soliq summasi hisobot yili uchun 4 mln. so’mni (200 mln x
2:100) tashkil etadi.
Daromad yoki foyda ortib borishi bilan soliq stavkasi ham ortib borishi ko’zda
tutilgan bo’lsa, bunday stavkalar progressiv soliq stavkalari deyiladi. Buni biz O’zbekiston
Respublikasi fuqarolari, chet el fuqarolari va fuqaroligi bo’lmaganlardan olinadigan
daromad solig’i stavkasida yaqqol ko’rishimiz mumkin.
Regressiv soliq stavkasi usulida daromad o’sishi (oshishi) bilan mahsulot ishlab
chiqarish hajmi ko’payishi yoki eksportga mahsulot ishlab chiqarish ko’payishi bilan soliq
stavkasi kamayib boradi. Demak, bunday korxona byudjetga kam soliq to’lay boshlaydi.
Reg-ressiv soliq stavkalari biror faoliyat yoki sohada mahsulot ishlab chiqarishni
ko’paytirish yoki o’z foydasidan biror turdagi xarajatni kamaytirishni rag’batlantirish
maqsadida qo’llaniladi.
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan ayrim
mahsulotlar aktsiz solig’iga tortiladi.
Aktsiz
– bu ba’zi iste’mol tovarlari qiymatiga ustama qo’yiladigan egri soliqdir. Egri
soliq deb atalishining sababi – uning byudjetga to’lovchilari aktsiz osti tovarlarini ishlab
chiqarib sotuvchilardir. Ammo, soliqni haqikiy to’lovchilari mahsulolt yetkazuvchilardan
tovarlarni sotib oluvchilar, ya’ni iste’molchi-lardir. SHuning uchun bu soliq ba’zi
mamlakatlarda iste’mol solig’i deb ham ataladi.
Aktsiz solig’i stavkasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan tasdiqlanadi.
Aktsiz solig’i stavkalarini O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan
belgilash har yilgi byudjetning asosiy ko’rsatkichlari belgilanganda ko’rsatiladi. Biroq, yil
davomida aktsiz stavkalariga o’zgartirishlar kiritib borilishi mumkin.
Aktsiz solig’i to’lanadigan tovarlarni ishlab chiqaruvchi korxo-nalar, mulk shaklidan
qat’iy nazar, shu tovarlarni eksportga chiqarsalar, aktsiz solig’i to’lashdan ozod bo’ladilar.
Kizil Yarimoy jamiyati korxonalari o’zlari ishlab chiqargan tovarlardan kelgan
daromadlarini jamiyatning Ustavida ko’zda tutilgan vazifalarni bajarishga sarflasalar, u
holda ular ham aktsiz solig’i to’lashdan ozod bo’ladilar.
Aktsiz solig’i summasi ikki xil formula bilan aniqlanadi. Agar tovarlar mamlakat
ichida ishlab chiqilsa va sotilsa, aktsiz solig’i summasi quyidagi formula bilan aniqlanadi:
ASS = STO * A / 100;
bu yerda, ASS – aktsiz solig’i summasi, so’m.
STO – soliqka tortiladigan oborot, so’m.
A – soliq stavkasi,%.
Agar tovarlar boshqa mamlakatlardan tashib keltirilsa va sotilsa, aktsiz solig’i
summasi quyidagi formula bilan aniqlanadi:
STO = F * A * 100 / (100 - A);
Bu yerda, STO – soliqka tortiladigan oborot, so’m.
F – keltirilgan tovarlarning faktura qiymati, so’m.
A – soliq stavkasi, %.
Aktsiz solig’i byudjetga ikki xil muddatda – har kuni va har o’n kunda to’lanadi.
Birinchi usul vino-aroq mahsulotlarini sotuvchilarga tegishli. Bu usulda to’lov
tovarlarning haqiqiy oboroti amalga oshgandan so’ng uning uchinchi kunida to’lanadi.
Ikkinchi usulda aktsiz osti tovar-lari sotuvchi korxonalarning haqiqiy oborotidan har o’n
kun o’tishi bilan soliq to’lanadi, ya’ni:
- birinchi o’n kunlik uchun – shu oyning 13-sanasiga;
- ikkinchi o’n kunlik uchun – shu oyning 23-sanasiga;
- uchinchi o’n kunlik uchun – kelgusi oyning 3-sanasiga soliq to’laydi.
Aktsiz solig’iga tortiladigan mahsulot ishlab chiqaruvchi mikrofirmalar va kichik
korxonalar uchun yagona soliq to’lovini hisoblash chog’ida soliqqa tortiladigan baza aktsiz
solig’i summasiga kamaytiriladigan tartib o’rnatildi. Yangi tashkil etilayotgan
mikrofirmalar va kichik korxonalarga yagona soliq to’lovini to’lash muddatini bir yilga
kechiktirish, kechiktirilgan summani imtiyozli davr tugagandan keyin teng ulushlarda 12
oy davomida to’lash huquqi berildi. Ilgari mikrofirmalar va kichik korxonalarga yagona
soliq to’lash bo’yicha berilgan soliq imtiyozlari yagona soliq to’lovini to’lash chog’ida
saqlab qolindi. Yagona soliq to’lovini to’laydigan mikrofirma va kichik korxonalar qonun
hujjatlariga muvofiq ijaraga olingan yer maydonlari uchun byudjetga ijara haqi to’lashdan
ozod qilindi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005 yil 20 iyundagi PF-3620-sonli
«Mikrofirmalar va kichik korxonalarni rivojlan-tirishni rag’batlantirish borasidagi
qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida»gi Farmoniga asosan kichik biznes sub’ektlarini
jadal rivojlantirishni yanada rag’batlantirish hamda uning mamlakat iqtisodiyotidagi
ulushini tubdan oshirish maqsadida 2005 yilning 1 iyulidan boshlab mikrofirmalar va
kichik korxonalar uchun yagona soliq, byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasi,
Respublika yo’l jamg’armasi va Maktab ta’limi jamg’armasiga majburiy ajratmalar to’lash
o’rniga yagona soliq to’lovi joriy etildi.
Mazkur farmonga binoan, yagona soliq to’lovi hisobot choragidan keyingi oyning 25-
kunigacha har chorakda to’lanishi belgilab qo’yilgan.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005 yil 11 apreldagi PF-3594-sonli
«To’g’ridan-to’g’ri xorijiy xususiy investitsiyalarni jalb etishni rag’batlantirish borasida
qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida»gi Farmoniga binoan, 2005 yilning 1 iyulidan
boshlab to’g’ridan-to’g’ri xususiy xorijiy investitsiyalarni jalb etadigan iqtisodiyot
tarmoqlari korxonalari asosiy faoliyati bo’yicha daromad (foyda) solig’i, mulk solig’i,
ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish va hududlarni obodonlashtirish solig’i, ekologiya
solig’i, mikrofirmalar va kichik korxonalar uchun belgilangan yagona soliq to’lashdan,
shuningdek, Respublika yo’l jamg’armasiga majbu-riy ajratmalar to’lashdan ozod qilindi.
To’g’ridan-to’g’ri xususiy xorijiy investitsiyalar hajmi quyidagicha bo’lganda mazkur
soliq imtiyozlari:
- 300 ming AQSH dollaridan 3 million AQSH dollarigacha – 3 yil muddatga;
- 3 million AQSH dollaridan 10 million AQSH dollarigacha – 5 yil muddatga;
- 10 million AQSH dollaridan ortiq bo’lganda – 7 yil muddatga beriladi.
SHuningdek, Farmonda ko’rsatilgan soliq imtiyozlari quyidagi shartlar asosida
qo’llanilishi belgilab qo’yilgan:
- mazkur korxonalarni ortiqcha ishchi kuchi bo’lgan mintaqalar – Qoraqalpog’iston
Respublikasi, Jizzax, Qashqadaryo, Sirdaryo, Surxondaryo, Xorazm viloyatlarida,
shuningdek Navoiy, Andijon, Namangan va Farg’ona viloyatlarining qishloq aholi
punktlarida joylashtirish;
- xorijiy investorlar tomonidan to’g’ridan-to’g’ri xususiy xorijiy investitsiyalarni
O’zbekiston Respublikasining kafolati berilmagan holda amalga oshirish;
- korxonaning ustav kapitalida xorijiy ishtirokchilarning ulushi kamida 50 foizni
tashkil etishi lozim;
- ushbu korxonalar davlat ro’yxatidan o’tkazilgandan keyin to’g’ridan-to’g’ri
xususiy xorijiy investitsiyalarni kiritish;
- xorijiy investitsiyalarni erkin almashtiriladigan valyuta yoki yangi zamonaviy
texnologik uskuna tarzida qo’yish;
- mazkur imtiyozlarni qo’llanish muddati davomida imtiyozlardan olingan
daromadni korxonani yanada rivojlantirish maqsadida qayta investitsiyalashga
yo’naltirish.
Do'stlaringiz bilan baham: |