220
«Молодой учёный» . № 28 (370) . Июль 2021 г.
Молодой ученый O'zbekiston
hamkorlik hamda uning huquqiy asoslarini shuningdek,
Mustaqil Davlatlar Hamdo'stligi hamda Shanxay hamkorlik
tashkiloti bilan nafaqat xalqaro jinoyatchilik balki, transmilliy
xarakterdagi jinoyatlarga barham berish borasidagi o'zaro
hamkorligini o'rganib uni tahlil etish muhim ahamiyat kasb
etadi.
O'zbekiston Respublikasi Markaziy Osiyo mintaqasida
joylashgan, shu sababli ham mintaqaviy tashkilotlar bilan
jinoyatchilikka qarshi kurash masalasi va boshqa masalalar
yuzasidan ham hamkorlikni oshirishdan manfaatdor hisoblanadi.
Ushbu mintaqada jinoyatchilikka qarshi kurash masalasida
Shanxay hamkorlik tashkiloti hamda Mustaqil Davlatlar
Hamdo'stligi mamlakatlari bilan hamkorlikni amalga oshiradi.
O'zbekiston Respublikasining Mustaqil Davlatlar Hamdo'stligi
mintaqaviy tashkiloti bilan hamkorligining xalqaro‑huquqiy
asoslari.
Mustaqillikka erishga dastlabki davrlardanoq
mamlakatimiz MDH a'zosi hisoblanadi. Mustaqil Davlatlar
Hamdo'stligi (MDH) 1991-yil 8-dekabrdagi MDH tuzish
to'g»risida bitim va 1991-yil 21-dekabrdagi mazkur Bitim
Protokoli asosida tashkil qilingan. Ozarbayjon Respublikasi,
Armaniston Respublikasi, Belarus Respublikasi, Qozog'iston
Respublikasi, Qirg'iz Respublikasi, Moldova Respublikasi,
Rossiya Federatsiyasi, Tojikiston Respublikasi, Turkmaniston,
O'zbekiston Respublikasi va Ukraina MDH ishtirokchi davlatlari
hisoblanadi [7].
Hamdo'stlik ishtirokchi davlatlarning barqaror rivojlanishi
va xavfsizligiga to'sqinlik qiluvchi har qanday tahdid va xavf-
xatarlarga o'z vaqtida munosib javob qaytarish borasida o'zaro
maqbul yondoshuvlar va kelishilgan amaliy chora-tadbirlarni
ishlab chiqish, muammo va kelishmovchiliklarni hal qilish,
MDH hududidagi fuqarolarning o'zaro muloqot yuritishlari
uchun keng imkoniyat yaratdi.
O'zbekistonda MDHga ko'p rejali munosabatlarni
muvofiqlashtiruvchi mexanizm va bevosita muloqotlar olib
borish, davlatlararo muzokaralarni tashkil qilish, jumladan
MDH formatida davlat rahbarlari va tegishli idoralar boshliqlari
darajasida ikki tomonlama uchrashuvlar o'tkazish maydoni,
shuningdek, ko'p tomonlama hamkorlik shart-sharoitlarini
yaratishda manfaatdor bo'lgan suveren davlatlarning birlashmasi
sifatida qarashadi.
MDHning 1993-yil 22-yanvardagi Minsk konsensiyasini
ko'rsatish mumkin. Ushbu konsensiya Rossiya, Tojikiston,
Turkmaniston, Qozog'iston, Qirg'iziston, Belarus, Moldova,
O'zbekiston va Ukraina o'rtasida — fuqarolik, oilaviy va jinoyat
ishlari bo'yicha huquqiy yordam to'g»risida bo'lib O'zbekiston
uni 1993-yil 6-mayda ratifikatsiya qilgan. Ushbu shartnomaga
binoan tegishli davlatga ayblanuvchini topshirish to'g»risidagi
talabnoma yuborilishi kerak. Talabnomada shaxsning familiyasi,
ismi sharifi, fuqaroligi, turar joyi, tashqi qiyofasi belgilari,
jinoyatdan ko'rilgan zararning miqdori ko'rsatiladi. Davlat
shaxsni qachon va qayerda topshirishini xabar berishi lozim.
Shaxs qidiruvi interpol tizimi orqali ham e'lon qilinishi mumkin.
Buning uchun ushbu tashkilotda mavjud bo'lgan qoidalarga bo'y
sunish lozim bo'ladi. Xalqaro qidiruv e'lon qilishi uchun mas'ul
idoralar Ichki ishlar vazirligi, IIB va O'zbekiston MMB Interpol
bo'limlari hisoblanadi. Hozirgi paytda xorijda jinoyatchining
qidiruvini tashkil etish uchun xalqaro qidiruvning asoslari
va tushunchalari ishlab chiqilgan. Unda mazkur qidiruvning
asoslari va shartlari, yashiringan shaxslar qidiruvini tashkil
etishga tegishli hujjatlar aylanuvi, hamda Interpol MMB
tomonidan jinoyatchilarni chet elda aniqlanishi bilan bog'liq
hamkorlik masalalari yoritiladi [8].
Shuningdek, O'zbekiston MDHning jinoiy ishlar bo'yicha
hamkorlikka oid quyidagi hujjatlariga qo'shilgan:
— «Mahkumlarni jazoni o'tashlarini davom ettirishlari
uchun topshirish to'g»risida'gi Konvensiya (1998 yil 6
mart, Moskva) [9];
— «Jinoiy jazolarni ijro etishni tashkil etish sohasidagi
hamkorlik to'g»risida'gi Bitim (1997 yil 12 sentyabr,
Baku) [10];
— «Mustaqil davlatlar ichki ishlar vazirliklarining
jinoyatchilikka qarshi kurash sohasidagi hamkorligi
to'g»risida'gi Bitim (1992 yil 24 aprel, Olma-ota) [11];
— «Mustaqil davlatlar ichki ishlar vazirliklarining uyushgan
jinoyatchilikka qarshi kurash sohasidagi hamkorligi
to'g»risida'gi Bitim (1994 yil 17 fevral, Ashxabod) [12].
O'zbekiston Respublikasi MDHning asosiy nizomiy va
tarmoq organlari faoliyatida ishtirok etadi. O'zbekiston
Hamdo'stlik tashkil etilgandan bоshlab uning dоirasida iqtisоdiy
intеgratsiyani chuqurlashtirish va yangicha asоsda хo'jalik
alоqalarini jarayonlarga siyosiy tus bеrmagan hоlda amalga
оshirish tarafdоri bo'lgan davlatlar qatoriga kirgan.
MDH Ichki ishlar vazirliklarining 1992-yilgi Jinoyatchilikka
qarshi kurash borasidagi o'zaro hamkorlik to'g»risidagi
kelishuviga asosan, tomonlar milliy qonunchiligi asosida
jinoyatchilikka qarshi kurash borasidagi hamkorlikni quyidagi
shakllarda amalga oshiradilar:
1) jinoyat ishlari, tezkor hisobot ishlari va ma'muriy
huquqbuzarliklar to'g»risidagi hujjatlarga oid so'rovnoma
va iltimoslarni bajarish;
2) sodir etilgan va tayyorgarlik ko'rilayotgan jinoyatlar va
ularga tegishli shaxslar to'g»risida tezkor-qidiruv, tezkor-
aniqlov va kriminalistik ma'lumotlar, shuningdek, arxiv
ma'lumotlari bilan almashuv;
3) tezkor-qidiruv va protsessual harakatlarni o'tkazishda
ko'maklashish;
4) ish tajribasi, normativ va qonun hujjatlari, ichki
ishlar organlari masalalari bo'yicha o'quv adabiyotlar,
shuningdek, kadrlar malakasini oshirishda yordam
ko'rsatish;
5) bir-birlarini o'zaro kelishuv asosida avtomobil,
kriminalistik va maxsus texnika, aloqa vositalari bilan
ta'minlash;
6) maxsus va boshqa turdagi yuklarni transport vositalari
orqali tashishga ko'maklashish;
7) ichki ishlar organlari ish faoliyati masalalari bo'yicha
ilmiy-texnik ma'lumotlar almashish, hamkorlikda
ilmiy izlanishni o'tkazish, o'zaro qiziqish uyg'otayotgan
dolzarb muammolar bo'yicha dasturlar ishlab chiqish
[11].
Do'stlaringiz bilan baham: |