291
XXXV maruza. Neftni kon sharoitida yig‘ish va tayyorlash uchun jihozlar
Reja:
35.1. Gazdan suyuqliklarni ajratish uchun jihozlar
35.2. Gravitasiyali ajratgichlar
Tayanch iboralar:
gaz ajratgich, tovar ajratib olish, suvsizlantirish,
tuzsizlantirish, barqarorlashtirish, ajratgichlar, markaziy yig‘uv, GО‘Q, NTQ, SKS,
NQOT, kompleks tayyorlash.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. T.R.Yuldashev, X.Q. Eshkabilov. “Neft va gaz konlari mashina va
mexanizmlari” Qarshi.: Qashqadaryo kо‘zgusi OAV nashriyoti. –Darslik-2015 yil.
2. T.R.Yuldashev. “Neft va gaz konlari mashina va jihozlari” Qarshi.: Uslubiy
qо‘llanma. Qarshi -2015 yil
Neft va gazni tayyorlashning texnologik jarayoni bir nechta bosqichlarda amalga
oshiriladi va unga quyidagilar kiradi: neftning va qatlam suvining aralashmasidan gazni
ajratish; quduq mahsulotini hajmini o’lchash; qatlam suyuqligini va gazni kon ichida
tashish; neftni tuzsizlantirish
va suvsizlantirish; neftni saqlash; gazni tashishga
tayyorlash; qatlam suvini tayyorlash.
Neftni yig’ish va tayyorlash tizimi ulushiga konni jihozlash xarajatlarining 50 %
ga yaqinrog’i to’g’ri keladi. Bu tizimlar o’lkan va metall sarfi ko’p.
Neft va gazni
konlarda tayyorlash uchun har xil turdagi asbob-uskunalar ishlatiladi. Bu asbob-
uskunalar neftdan erigan gazni to’liq ajratib olish, neftni qatlam suvlaridan to’liq
tozalash, neft tarkibidagi tuzlarni yuvish va qum zarrachalarini
ajratib olish uchun
xizmat qiladi.
Bu asbob–uskunalarga ajratish, tindirgich,
qizdirgich, sovutgich, aralashtirgich,
elektrodegidrator, saqlagich va boshqalar kiradi.
Ajratgichlar turli ko’rinishda ishlab chiqiladi va quyidagi ishlarni bajaradi:
1. neftda erigan gazni ajratib oladi;
2. neftgaz oqimining aralashishini kamaytiradi
va shu bilan gidravlik
qarshiliklarni pasaytiradi;
3. neftgaz aralashmasi harakatidan hosil bo’lgan ko’piklarni yo’qotadi;
4. neftdan suvni ajratib oladi;
5. oqim harakatining nomuntazamligini yo’qotadi;
6. mahsulot miqdorini o’lchaydi.
Ajratgichlarning quyidagi tasnifi mavjud:
A) ishlatilish maqsadi boyicha:
- o’lchovchi – ajratuvchi;
- ajratuvchi.
B) geometrik shakli boyicha:
- silindrik;
292
- sharsimon.
D) o’rnatilishiga muvofiq:
- tik, - qiya, yotiq.
E) ajratish uchun asosiy ta’sir etuvchi kuchlar boyicha:
- gravitasiya, markazdan qochuvchi; inersiya kuchlari.
F) ishlatish bosimi boyicha:
- yuqori bosimli (6,4-2,5 MPa);
- o’rta bosimli (2,5-0,6 MPa);
- past bosimli (0,6-0,1 MPa);
- vakuumli.
J) ulangan quduqlar soni boyicha:
- bitta quduq uchun;
- quduqlar guruhi uchun.
H) ajratadigan fazalar boyicha:
- ikki fazali (gaz-neft);
- uch fazali (gaz-neft-suv).
Do'stlaringiz bilan baham: