O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligi qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti “Neft va gaz” fakulteti



Download 14,73 Mb.
Pdf ko'rish
bet89/363
Sana22.12.2022
Hajmi14,73 Mb.
#894170
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   363
Bog'liq
O`quv uslubiy majmua NGKM (Восстановлен)

 
20.2. Botma markazdan qochma nasoslar 
Ishlatish sharoitiga muvofiq botma markazdan qochma nasoslar ikkita turda 
ishlab chiqariladi. Neftli va tarkibida mexanik aralashmalar ko‘p (0,001% massaga 
nisbatan) bo‘lmagan suvlangan quduqlarni ishlatishda qo‘llaniladi. Yuqori suvlangan va 
tarkibida mexanik aralashmalar 1%.dan katta bo‘lgan suyuqliklarni qazib olishda, 
eyilishga chidamli nasoslar qo‘llaniladi. 
Botma markazdan қочма насослар ko‘ndalang o‘lchamlari bo‘yicha uchta shartli 
guruhlarga bo‘linadi, 5, 5A va 6, bu mustahkamlash tizmasining nominal diametrini 
ifodalaydi va u orqali botma nasos tushiriladi. 5- guruhdagi nasoslarni korpusini tashqi 
diametri 92mm, 5A-guruhniki esa -103mm, 6-chi guruhniki esa-114mm. Botma 
markazdan qochma nasoslarning valini aylantirish chastotasi 2800-2900 ay/daq. 
chegarasida bo‘ladi. 
Botma markazdan qochma nasos ko‘p sonli ishchi halqalarning jamlanmasi, yo‘ 
naltiruvchi apparatlar valga oldindan yig‘ilgan va quvurli tayyorlanmalardan 
tayyorlangan po‘lat korpus bilan tugallangan bo‘ladi. Ishchi halqalarning va yo‘ 
naltiruvchi apparatlarning soni ishlab chiqarilayotgan nasoslarda 84-tadan 332-tagacha 
bo‘ladi.
Botma nasosning tashqi diametri tekis kabel bilan yig‘ilganda mustahkamlash 
tizmasiga erkin joylashishiga qarab aniqlanadi va mustahkamlash tizmasining diametri 
146(5″) mm bo‘lganda - 92mm.ga teng, mustahkamlash tizmasini diametri 168m (6″) 
mm bo‘lganda 114 mm.ga teng qabul qilinadi. 
Ko‘p pog‘onali botma elektrnasosning korpusi po‘lat quvurdan iborat bo‘ladi, 
ichki sirt yuzasi yaxshi silliqlangan va ikki tomonida ham rezbasi mavjud (20.2-rasm) 
20.2-rasm. Botma markazdan qochma nasos: 
1-shlitsali mufta; 2-radial tirgak podshipnik; 3-qabul turi; 4-tekstolit halqasi; 5-
nasosning asosi; 6-maxsus vtulka; 7-shayba; 8-ishchi halqa; 9-tekstolit shaybasi; 10-


154 
yo‘naltiruvchi apparatlar; 11-yuqori podshipnik; 12-nippel boshchasi; 13-shayba; 14-
ushlovchi kallak. 
Nasos korpusining pastki tomonidan nasosni asosi (5) buraladi, aylanmasi 
bo‘yicha qabul qiluvchi tur (3) o‘ralgan. To‘rdan nasosning bo‘shlig‘iga mexanik 
aralashmalarning tushishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Korpusning yuqori tomonida №12 nippel 
gayka mustahkamlanadi. Nasosning asosiga maxsus vtulka (6) jips qilib yopishtiriladi, 
undan keyin yo‘ naltiruvchi apparat (10), ishchi halqa (8) bilan yig‘ma holda
o‘rnatiladi.
Eng yuqoridagi yo‘ naltiruvchi apparatning ustiga yuqoridagi podshipnik (11) 
montaj qilinadi. Bu hamma detallar yig‘ilgandan keyin, nasosning asosi va nippel 
gayka bir-biri bilan qisiladi va qo‘zg‘almas holatda saqlab turiladi.
Ishchi halqa nasosning vali bilan prizmatik pona yordamida bog‘langan va val 
bo‘ylab siljishi mumkin. Har bir ishchi halqa ishlatish vaqtida yo‘ naltiruvchi apparatga 
va uni ustidagi sirtga tirkaladi.
Nasosni bunday o‘rnatishda, ishchi halqalardagi o‘qli yuklanma, yo‘ naltiruvchi 
apparatlarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri uzatiladi va u orqali nasosni asosiga beriladi. Ishchi 
halqalar bilan yo‘ naltiruvchi apparatlar oralig‘idagi ishqalanishni kamaytirish uchun 
tekstolitli shayba (9) o‘rnatiladi. Tekstolitli shaybaning (9) halqasi ishchi halqaning 
pastki yuzasidagi pazga kuch tasirida bostiriladi va uning vtulkasiga shayba (7) 
kirgiziladi.
Valning yuqori yuzasida paydo bo‘ladigan suyuqlikning bosimini, yuqoridagi 
o‘qli kuchlanishni ikkitalik radial (2) tayanch podshipnik qabul qiladi. Nasosning 
korpusi nasos kospressor quvurni tizmasi bilan tutqich boshchasi (14) yordamida 
biriktiriladi, bunda u nippel-boshchasining (12) bo‘rtib turuvchi qismiga bo‘raladi.
Kallak ichki rezbaga ega bo‘ladi, rezbasi nasos-kompressor quvurnikiga mos 
keladi, tashqi tomoniga maxsus yo‘ nilma ariqchasi o‘rnatilgan bo‘ladi, ushlash
ishlarida qo‘llaniladi.
Val bilan protektorni biriktirish uchun valning pastki uchiga shpitsali mufta (1) 
kiydiriladi. 20.3-rasmda nasosning bitta pog‘onasining sxemasi tasvirlangan. Parrak 
nasos (1) rotorning tarkibiga kiradi, nasos statori (3) elementlariga va tekstolit
halqasiga (4) tirkaladi. Bundan kelib chiqib o‘qli yuklama ya’ni val dvigatelida 
kuchayadi, nasos korpusiga uzatiladi. Parrakli shtangalar o‘rtadagi valga (2) va 
statorning tarkibidagi elementlari nasos korpusiga tortuvchi gaykalar yordamida 
mahkamlanadi. 
Markazdan qochma botma nasosning ishlash tartibi shunday tavsiflanadiki, u 
orqali o‘tadigan suyuqlikning napori nasosning asosiy organi bo‘lgan ishchi halqaning 
aylanishini kuchaytiriradi.
Elektr markazdan qochma nasos ishlatilayotgan vaqtida suruvchi teshiklar orqali 
kirib keladigan suyuqlik, markaziy ishchi halqaning ochiq qismidan uning parragiga 
tushadi va u bilan nasos bo‘shlig‘iga kiradi va u yerda aylanma harakatga ega bo‘ladi. 
Halqadan otiladigan suyuqlik katta tezlikka ega bo‘ladi va shu bilan harakat energiyasi 
kinetik energiyaga ega bo‘ladi.
Bunday energiyani boshqa turdagi bosim energiyasiga aylantirishda, maxsus yo‘ 
naltiruvchi qurilmalar xizmat qiladi. U figurali parraklar tizimidan tuzilgan bo‘ladi, 


155 
butun ishchi halqani egallab oladi. Suyuqlik parraklar oralig‘idan o‘tadi, o‘zini harakat
yo‘ nalishini o‘zgartiradi, asta sekin tezligini yo‘ qotadi va navbatdagi pog‘onaga
oqib o‘tadi.
Bitta pog‘onada hosil qilinadigan suyuqlikning napori 3,5-5,5m. suvli ustunni 
tashkil etadi. Masalan: 900-1000 m naporni ta’minlash uchun nasos korpusiga 160-200 
pog‘onalar montaj qilinadi. Agarda katta napor yaratish kerak bo‘lsa, ikki seksiyali 
nasoslar qo‘llaniladi. Mexanik aralashmalar tarkibida (1 grammdan 10 grammgacha har 
1 litrda) ko‘p bo‘lgan quduqlarni ishlatishda, suyuqlikni haydab chiqarish uchun 
eyilishga mustahkam bo‘lgan botma elektr markazdan qochma nasoslar qo‘llaniladi.


Download 14,73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   363




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish