O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligi qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti “Neft va gaz” fakulteti


Botma markazdan qochma nasos quduqlarni ishlatish



Download 14,73 Mb.
Pdf ko'rish
bet88/363
Sana22.12.2022
Hajmi14,73 Mb.
#894170
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   363
Bog'liq
O`quv uslubiy majmua NGKM (Восстановлен)

 
20.1. Botma markazdan qochma nasos quduqlarni ishlatish 
Shtangali chuqurlik nasoslari yordamida quduqlarni ishlatish MHDlarida keng
qo‘llaniladi, hozirgi vaqtgacha neftni qazib olishda eng yaxshi usullaridan biridir. Shu 
bilan birgalikda mahsulotlarning suvlanganligi, konlarni 2- bosqichida ishlatish hamda 
3- va 4- bosqichlarida neft qazib olish ko‘rsatkichlarining pasayishiga yo‘ l qo‘ymaslik 
uchun suyuqlikning ko‘proq qazib olish talab qilinadi, chuqurlik shtangali nasoslar bilan 
amalda 40-50m³/kun miqdordan ko‘p mahsulot qazib olishni imkoniyati yuq.


151 
Bundan tashqari shtangali chuqurlik qurilmalarining o‘rtacha ta’mirlash davri 
260-280 kunni tashkil etadi. Shtangali chuqurlik nasoslarining qo‘llanishi bilan bir 
qatorda davlatlarning ko‘pgina konlarida markazdan qochma botma elektr nasoslarni 
tadqiqot qilish ishlari olib borilgan.
1970 yillarda MQBENlar yordamida 5000 tadan quduqlarda ishlatilgan.
Bu davrda asosan botma markazdan qochma elektr nasoslarning uzatish
ko‘rsatkichlari 40, 80, 120, 160 va 200m³/kun bo‘lgan turlari amaliyotga ko‘proq 
tadbiq etilgan. Bunda chuqurlik – nasosli quduqlarning o‘rtacha debiti 10-15t/kun -ga 
teng.
Markazdan qochma botma elektr nasoslar, chuqurlik shtangali nasoslarga 
nisbatan katta yutuqlarga egadir:
1. yer usti jihozlarining soddaligi;
2. Quduqdan suyuqlikni 100m³/kun qiymatgacha qazib olish imkoniyati;
3. Quduqlarning chuqurligi 3000m.dan katta bo‘lganda ham foydalanish
imkoniyatining mavjudligi;
4. MQBEN ta’mirlash davrini (500 kundan to 2-3yilgacha) yuqoriligi;
5. nasos jihozlarining quduqdan ko‘tarmasdan tadqiqotni olib borishni
imkoniyatining mavjudligi;
6. nasos–kompressor quvurlarni ishlatish davrlaridagi parafin yotqiziqlarining
uncha qiyin bo‘lmagan ususlarda bartaraf qilish;
7. ishlab chiqarish madaniyatini oshirish;
Yhqoridagi ko‘rsatmalardan ko‘rinib turibdiki, so‘nggi yillarda kon amaliyotida 
MQBEN suvlangan, yuqori debitli, qiya va chuqur quduqlarni ishlatishda keng 
qo‘llanilmoqda (20.1-rasm).
Botma markazdan qochma elektrnasosning qurilmasi botma elektrnasosdan (4) 
iborat bo‘lib, u quduqqa nasos-kompressor quvurlari (5) orqali tushiriladi, botma 
elektrdvigatel (1) maxsus aylana (6) va tekis himoyalangan kabel, kabel 
elektrdvigateldan elektrenergiyani oladi, avtomatik boshqaruv stansiyasi (10), protektor 
(2), avtotransformatordan (9) tashkil topgan.
 
20.1- rasm Botma markazdan qochma elektr nasosini o‘rnatish: 


152 
1-botma elektrdvigatel; 2-gidravlik himoya (protektor); 3-filtr-tur; 4-botma 
elektrnasos; 5-nasos-kompressor quvurlari; 6-himoyalangan kabel; 7-quduq usti
armaturalari; 8-rolik; 9-avtotransformator; 10-avtomatik boshqaruv stansiyasi; 11-kabel 
uchun ustun. 
Elektrdvigatel yig‘ilgan holatda pastki oraliqqa joylashtiriladi, uning ustidan 
gidravlik himoya (protektor), protektor ustiga nasos o‘rnatiladi. Bu tugunlar bir-biri 
bilan flanetslar yordamida biriktiriladi. Elektrdvigatel protektor va nasosning vallari 
bir-biri bilan shlitsa mufta yordamida biriktiriladi. Botma elektr markazdan qochma 
agregatning elektrdvigateli nasosning tagiga joylashtiriladi.
Shuning uchun nasosga yon tomondan suyuqlik kirib keladi, suyuqlik halqali 
fazasi bilan ishlatish tizmasi va elektrdvigatel oralig‘idan, filtr-tur (3) orqali kirib
keladi. Botma elektrdvigatelni elektr toki bilan ta’minlash uchun unga maxsus 
bronirlangan uchta simli aylanali kabelda elektr toki uzatiladi hamda kabel quduqqa 
nasos kompressor quvurlari orqali tushuriladi va unga metalli bog‘lovchilar yordamida 
mahkamlanadi.
Nasos uchastkasidan yuqoriga va elektrdvigatelni ishga tushurguncha tekis kabel 
qo‘llaniladi, nasosga va protektorga ham metalli belbog‘lar yordamida mahkamlanadi.
Tekis kabel botma agregatning diametrini maksimal kichraytirish uchun
qo‘llaniladi.
Quduq usti jihozlari quduq usti armaturasidan(7) rolikdan (8), kabel (11) uchun 
baraban tirgaki, avtomatik boshqaruv stansiyasidan (10) va avtotransformatordan (9) 
tashkil topgan. Avtomatik boshqaruv stansiyasi yordamida botma nasos agregati, qul 
yordamida yoki avtomatik holda qo‘shiladi va uni ishi nazorat qilinadi. 
Avtotransformator kabeldagi (6) kuchlanish pasayib ketganda, uning o‘rnini to‘ldirish 
uchun mo‘ljallangan bo‘ladi, tokni birinchi botma elektrdvigatelga keltiriladi. 
Avtotransformator atmosfera yog‘ingarchiliklaridan himoya qilinishi uchun 
alohida xonaga o‘rnatiladi. Quduq usti armaturasi (7) quduq mahsulotlarini otma 
tizimga yo‘ naltiradi, quduqqa kabel kirgizilganligi uchun quvur orqasi halqasining 
germetikligini ta’minlaydi, quvur orqasida to‘planib qolgan gazni otma tizimga yo‘ 
naltiradi. Rolikni tushirish va ko‘tarish jarayonlarida, kabelni egilishdan va
shikastlanishdan himoya qiladi. Baraban-kabellarni tashishda xizmat qiladi hamda 
nasos qurilmasini quduqdan ko‘tarib olishda kabellarni yengil tarqatish va o‘rab olishda 
xizmat qiladi.
Quduqlarning usti jihozlarining tarkibi elektr markazdan qochma nasoslar bilan 
ishlatilganda, otma tizimga o‘rnatilgan uchlik (troynik) va zulfinlardan tuziladi. Nasos-
kompressor quvurlar maxsus planshayba yordamida mustahkamlash tizmasining 
flanetsiga osib qo‘yiladi.
MQBEN qo‘yidagi shaklda ishlaydi. Elektr toki konning elektrpodstansiyasini 
avtoransformatori (9) orqali boshqaruv stansiyasiga (10) beradi, undan keyin kabel (6) 
orqali botma elektrdvigatelga (1) uzatadi. Natijada elektrdvigatelda aylanish harakati 
paydo bo‘ladi va u birgalikda nasosning valini aylantiradi va MQENni ham harakatga 
keltiradi. Agregat ishlayotganda suyuqlik markazdan qochma nasosni filtr-to‘ri (3) 
orqali suriladi va nasos-kompressor quvur orqali quduqning ustiga haydaladi.


153 
Nasos agregati ishlatishdan to‘xtab qolganda nasos-kompressor quvuqlaridagi 
suyuqlarni oqib ketmasligi uchun, NKQga botma nasosning usti qismiga teskari klapan 
o‘rnatiladi.
Nasosning ustiga to‘kuvchi klapan o‘rnatiladi, u orqali suyuqlik nasos-
kompressor quvurlardan ko‘tarilish vaqtida quduqqa to‘kiladi.

Download 14,73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   363




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish