84
aralashmasi serezin deyiladi. Kimyo sanoatida parafinlar karbon kislota, sirt yoyuvchi
vositalar hamda sirt-faol moddalarni olishda ishlatiladi. Undan tashqari neftni qayta
ishlashda bitum va neft koksi (eng og‘ir fraksiyalaridan biri) qorakо‘ya (rezina
sanoati uchun), muhim erutuvchilar-benzol va toluol olinadi. Shu bilan birga neft
mahsulotlaridan kimyo sanoatida turli xildagi moddalar olinmoqda.
Bunda olingan fraksiyalarning ba’zisi qayta ishlov berishga uzatilsa, ba’zilari
esa tayyor Tovar sifatida ishlatiladi. Neftni dastlabki haydash jarayoni atmosfera
sharoitida ishlaydigan trubali va atmosfera-vakuum trubali qurilmalarda amalga
oshirilishi mumkin. Ushbu qurilmalar asosan neftni tuzsizlantirish yoki ikkilamchi
haydash qurilmalari bilan kombinasiyalashgan holatda ishlatiladi.
Jarayonga beriladigan hom ashyo va olinadigan mahsulotlar. Bu tizimda
homashyo sifatida tuzsizlantirilgan neft ishlatilib, quyidagi mahsulotlar ishlab
chiqariladi:
1.Uglevodorod gazi – suyuqlik holida ajratib olinadi va gazni fraksiyalarga
ajratish qurilmalariga uzatiladi yoki neft zavodlarida yoqilg‘i sifatida ishlatiladi.
2.Benzin fraksiyasi – qaynash harorati 50-180
0
Sbо‘lgan fraksiya bо‘lib,
avtomobillarda qо‘llaniladigan benzinning komponenti, katalitik reforming va piroliz
hamda ikkilamchi haydash jarayonlari uchun xomashyo sifatida qо‘llanilishi
mumkin.
3. Kerosin fraksiyasi - 120-315
0
S da qaynaydigan fraksiya bо‘lib, refaol hamda
karbyuratorli traktor dvigatellari uchun yoqilg‘i sifatida yoki gidrotozalagich
qurilmalari uchun qullanilishi mumkin;
4. Dizelfraksiyasi - 180-360
0
S da qaynaydigan fraksiya bо‘lib, dizel dvigatellar
uchun yoqilg‘i yoki gidrotozalagich qurilmalar uchun xomashyo sifatida qо‘llaniladi;
5. Mazut - neftni atmosfera sharoitida haydash jarayonida olingan qoldiq
bо‘lib, 350
0
S dan yuqori haroratda qaynaydi. U bug‘ ishlab chiqarish qurilmasida
yoqilg‘i sifatida, hamda gidrotozalash va termik kreking qurilmalarida xomashyo
sifatida qо‘llaniladi;
Xulosa
О‘zbekiston Respublikasidagi neftkonlari mahsulotlarining klassifikasiyasi, neft
quduqlaridagi mahsulotlarni tayyorlashdagi texnologik sxemalar, hozirgi vaqtda
quduq mahsulotlari о‘lchaydigan Sputnik turidagi har xil modifikasiyadagi
avtomatik qurilmalar, Sputnik-V va Sputnik-A lar kabi Sputnik-B40 yordamida
suvlangan va suvlanmagan quduqlarning debitini о‘lchash, AGО‘Qlarining
modifikasiyalari, Sputnik AM 40-8-400; Sputnik AM 40-10-400; Sputnik AM 40-14-
400; Sputnik B 40-14-500.larning turlari, nftning tarkibidagi suvning miqdorini
о‘lchash, gazning va suyuqlikning sarfini о‘lchash kabi mavzular yoritilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: