274
2. T.R.Yuldashev. “Neft va gaz konlari mashina va jihozlari” Qarshi.: Uslubiy
qо‘llanma. Qarshi -2015 yil
32.1. Neft, gaz beraoluvchanlik oshirish usullarining klassifikatsiyasi
«Neft beraoluvchanlik» tushunchasi, uyumdan olinishi mumkin bo‘lgan neft
miqdorining yigindisi bo`lib, u har xil ko`rinish – ya’ni qismlardan tashkil topgan
bo`ladi, chunonchi;
Tabiiy sharoitda uyumning ishlatilishi natijasida erishilgan neft beraoluvchanlik
miqdori.
Uyumga tashkaridan sun’iy ravishda ta’sir kilinganligi natijasida erishilgan neft
beraoluvchanlik;
bu ko‘rsatkich uz navbatida:
a) qatlamga suv xaydash usuli bilan;
b) qatlamga gaz yoki xavo xaydash usuli bilan;
v) qatlamga issiqlik manbalari (qizdirilgan bug`, issiq suv va x.k.) xaydash usuli bilan;
g) qatlamga sirt faol moddalar, kislota ishqor mitsillyar eritma va x.k. xaydash usuli
bilan erishishimiz mumkin;
d) Qatlam ichidagi neftning bir qismini yondirish usuli bilan
e) quduq tubiga ta’sir qilish bilan (kislota xaydash, gidroyorish, elektr isitkichlar bilan
ta’sir v ax.k) erishilishi mumkin.
Neft olishni ko`paytirish usullari bilan neft beraoluvchanlikni oshirishga erishish
mumkin bo`ladi. Uyum qatlamning tabiiy ish tarzi bo`yicha ishlatilganda erishiladigan
neft beraoluvchanlik adabiyotlarda aksariyat «birlamchi neft beraoluvchanlik» deb
ataladi.
Uyumni ishlatish jarayonida unga dastlabki vaqtlardan suv xaydash usuli
qo`llanilsa va shu tariqa uyum ishlatilishi oxirigacha olib borilsa bu xollarda erishilgan
neft beraoluvchanlik «birlamchi va ikkilamchi usullar bilan erishilgan» deb
xisoblanadi. Agar qatlamga suv xaydash qazib chiqarish davrining o`rtalaridan
boshlansa, unda suv xaydash jarayoni boshlanguncha erishilgan neft beraoluvchanlik
birlamchi, suv xaydash jarayoni boshlangandan keyingisi «ikkilamchi neft
beraoluvchanlik» deb xisoblanadi.
Uyumni ishlatish jarayonida aksariyat quduqlar maxsulotini oshirish uchun
qilingan har bir ta`sir etish jarayoni ma’lum miqdorda neft beraoluvchanlikni oshiradi.
Bu ishlar qatlam(uyum) bo`yicha bir gurux quduqlarda galma – galdan amalga oshirilib,
neft chiqarish ishlariga ko`mak beradi, quduqlar maxsulot miqdorini, ya`ni, neft
beraoluvchanlikni oshiradi. Bu usullar adabiyotlarda aksariyat «neft beraoluvchanlikni
oshirishning uchlamchi usullari» deb nomlangan.
Shunday qilib, qatlam (uyumning) neft beruvchanligi undagi balans
zaxiralarining bir qismi bo`lib, balans zaxiralari qatlamdan olinishi mumkin bo‘lgan
(birlamchi, ikkilamchi va uchlamchi usullarning qo`llanishi natijasidan olinishi mumkin
bo‘lgan neftlarning yigindisi sifatida) neft miqdori hamda qatlamda (uyum) qoldiq
sifatida qolgan neft miqdorining yig`indisidan iborat bo`ladi, ya’ni
Do'stlaringiz bilan baham: