Xo‘jaliklararo yer tuzish masalalarini ma’muriy tuman hududida yechishda, ya’ni, yer
egaliklari va yerdan foydalanishlar o‘lchamlarini, ularning ichki tuzulishini, yer massivlarining
joylashishini, chegaralarini, qishloqlarini belgilashda atrof muhitga ta’sir etadigan barcha
sharoitlar va omillar hisobga olinishi kerak. Loyihada qilingan tavsiyalar quyidagilarni
ta’minlashi kerak:
Yerlarni muhofaza
qilish
- bu yerlarni saqlashga, tiklashga va holatini yaxshilashga; yer
resurslaridan nooqilona, asoslanmagan foydalanish va sarflashlarning, qishloq xo‘jalik
yerlarining unumdorligi pasayishining va maydoni kamayishining oldini olishga qaratilgan
tashkiliy-xududiy, tashkiliy-xo‘jalik, huquqiy, iqtisodiy, texnik va boshqa tadbirlar tizimidir.
31
* yerlarning mahsuldorligini va sifatini saqlashni;
* har bir yer egaligini va yerdan foydalanishni o‘rab turgan hududda yer va tabiiy
resurslarni muhofaza qilishni;
* hududni xo‘jaliklarda oqilona ichki tashkil etish uchun optimal sharoit yaratishni;
* hududni, atmosferani va suv manbaalarini ishlab chiqarish va boshqa ob’ektlar
chiqindilari bilan ifloslanishdan himoya qilishni;
* yerlarni shamol va suv eroziyalaridan himoyalashni;
* sug‘oriladigan va melioratsiyalangan yerlarni himoyalashni;
* yerlarni sho‘rlanishdan va sh.o‘. himoyalashni.
* yer egaliklarini va yerdan foydalanishlarni, ularning tizimlarini loyihalashda keyinchalik
yerlarni va atrof muhitni muhofaza qilish bo‘yicha xo‘jaliklarda ichki chegaralarni loyihalashni
ta’minlovchi tadbirlar belgilanishi va sharoitlar yaratilishi kerak, shu jumladan:
Do'stlaringiz bilan baham: |