O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi s. R. Sharipov yer tuzish asoslari


Yer tuzishning bu turining o‘ziga xos xususiyati - ma’lum korxonada, ayrim yerdan



Download 1,25 Mb.
Pdf ko'rish
bet31/139
Sana22.12.2022
Hajmi1,25 Mb.
#893977
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   139
Bog'liq
eHevjBJCoB4JqK8WGQNEIXO9KtrvmUduaDRhcMiZ

Yer tuzishning bu turining o‘ziga xos xususiyati - ma’lum korxonada, ayrim yerdan 
foydalanish (yer egaligi) ichida yerdan foydalanishni tashkil etish va hududni tashkil etish 
chegarasidan chiqadigan masalalarni yechishdir. Uning yordamida nafaqat ayrim yerdan 
foydalanish (yer egaligi) tashkil etiladi, takomillashtiriladi va o‘zgartiriladi, balki ularning 
tizimi tashkil etiladi. Xo‘jaliklararo yer tuzishning ob’ekti quyidagilar bo‘lishi mumkin: 
mavjud xo‘jaliklar yerlarida tuzilayotgan yangi xo‘jalik; bir-birlari bilan bog‘liq yer egaliklari 
(yerdan foydalanishlar) guruhi; o‘zlashtirilayotgan yerlar massivi; ma’muriy tuman hududi; 
boshqa keng hududlar. 
Xo‘jaliklararo yer tuzishning maqsadi joylashishi, maydoni, shakli, ichki tarkibi bo‘yicha 
ratsional va ijtimoiy ishlab chiqarish talablariga mos keluvchi yer egaliklari, yerdan foydalanishlar 
va ularning tizimlarini tashkil etish hisoblanadi. Ratsional deb shunday yer egaligi (yerdan 
foydalanish) hisoblanadiki, u o‘zining o‘lchamlari (joylashishi, maydoni, shakli, tarkibi. chegaralari) 
bilan yerdan eng samarali foydalanishni, ishlab chiqarish, ekologik va boshqa maxsus maqsadlarga 
erishishni ta’minlaydi. Agar mavjud yer egaligi iqtisodiyotga va ishlab chiqarishni tashkil etishga, 


27 
yerdan foydalanishga ta’sir etuvchi qandaydir noqulaylikka va kamchilikka ega bo‘lsa, ularni 
tartibga solish (takomillashtirish) o‘tkaziladi. 
Qator vaziyatlarda mavjud xo‘jaliklarning maydonlari va joylashishidagi o‘zgarishlar yangi 
noqishloq xo‘jalik maqsadlaridagi yerdan foydalanishlarni tashkil etish maqsadida sodir bo‘ladi. Yer 
tarmoqlararo resurs hisoblanadi va xo‘jaliklararo yer tuzish yordamida nafaqat qishloq xo‘jalik 
korxonalari uchun, balki, boshqa tarmoqlar korxonalari, muassasalari va tashkilotlari uchun ham yer 
uchastkalari ajratiladi; mana shunda uning tarmoqlararo xarakteri namayon bo‘ladi. Agar bir toifaga 
mansub yerlarda (masalan, o‘rmon fondi) boshqa toifaga mansub yerdan foydalanish tuzilsa 
(masalan, sanoatga), yerlarni toifalar orasida taqsimlash sodir bo‘ladi; bu ham xo‘jaliklararo yer 
tuzish yordamida amalga oshiriladi. 
Yer egaliklari va yerdan foydalanishlar kamchiliklarini tugatish faqat qishloq xo‘jalik 
korxonalariga taalluqli bo‘lib, ularda yer asosiy ishlab chiqarish vositasi hisoblanadi. Bu 
kamchiliklarning asosiylari quyidagilar - noratsional o‘lchamlar, ko‘p polosali joylashish, boshqalar 
yerlariga kirib qolish, chegaralar notekisligi, uzoqdagi yerlar, yerdan foydalanish chegaralarining 
eroziyaga xavfli joylashishi. 
Xo‘jaliklararo yer tuzish usullari bilan joylarda ma’muriy chegaralar va yerdan foydalanishning 
maxsus tartibiga ega hududlar chegaralari ham belgilanadi. 
Yer egaliklarini (yerdan foydalanishlarni) tashkil etish bo‘yicha xo‘jaliklararo yer tuzish 
loyihalarida quyidagi masalalar yechiladi: yer egaligining (yerdan foydalanishning) maydoni 
aniqlanadi; uning hududda joylashishi; unga zarur yerlar tarkibini kiritish; uning qulay shaklini 
belgilash; yer egaligining (yerdan foydalanishning) to‘g‘ri chegaralarini belgilash. 
Xo‘jaliklararo yer tuzish iqtisodiy samarali bo‘lishi kerak; shuning uchun loyiha, loyihaviy yer 
egaligi (yerdan foydalanish) qanchalik xo‘jalikning ishlab chiqarish yoki ijtimoiy talablariga 
mosligini va taklif etilayotgan hududning tashkil etilishi qanday iqtisodiy yoki ijtimoiy samara 
berishini ko‘rsatuvchi hisob-kitoblar bilan mustahkamlanadi. 

Download 1,25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   139




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish