O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi s. R. Sharipov yer tuzish asoslari


birgalikda qo‘yilgan vazifasini oqilona va samarali yechishni ta’minlovchi asosiy



Download 1,25 Mb.
Pdf ko'rish
bet30/139
Sana22.12.2022
Hajmi1,25 Mb.
#893977
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   139
Bog'liq
eHevjBJCoB4JqK8WGQNEIXO9KtrvmUduaDRhcMiZ

birgalikda qo‘yilgan vazifasini oqilona va samarali yechishni ta’minlovchi asosiy 
masalalaridur.


26 
Prof. G.I.Goroxov biroz boshqacharoq yondoshuvni taklif etdi: u xo‘jalikda ichki yer tuzishning 
quyidagi shakllarini ajratadi: soddalashtirilgan; xususiy; to‘la; eksperimental. (Zemleustroystvo 
kolxozov i sovxozov. - Kiev: Urojay, 1985-y. 10-b.). Ularning har biri haqiqatdan ham amaliyotda 
o‘z o‘rniga ega. 
Yer tuzish shakllari tushunchasi oldin ham, o‘tgan asrning 20-chi yillarida mavjud edi. Prof. 
K.N.Sazonov uni quyidagi tarzda ta’riflagan edi: «Asosan aniq maqsadga qaratilgan ayrim yer tuzish 
tadbirlari yer tuzish shakllari (yoki ko‘rinishlari) deb ataladi» (K.N.Sazonov. Zemleustroitelnoe 
proektirovanie. - M. - L., 1929-y 101-b.). 
Umuman, aytish mumkinki, «yer tuzish shakli» atamasi hali umumiy qabul qilingan aniq 
mazmunga ega emas; shunga qaramasdan hozirgi vaqtda yerda xo‘jalik yuritishning har xilligi 
sharoitida undan voz kechish maqsadga muvofiq bo‘lmaydi. 
2. 
 
Xo‘jaliklararo yer tuzish 
 
Qadim zamonlardanoq yer tuzishda yerlarni chegaralash, ya’ni yer egaliklari va yerdan 
foydalanishlar chegaralarini belgilash va o‘zgartirish, ularni huquqiy va texnik rasmiylashtirish katta 
ahamiyatga ega. Oldinlari u chegaralash deb atalar edi. Hozir esa bu atama bizning mamlakatimizda 
ishlatilmaydi, biroq «chegara belgilari» - joylarda yer egaliklari va yerdan foydalanishlar 
chegaralarini mustahkamlash uchun maxsus belgilar, atamasi saqlanib qoldi. 
Yer egaliklari chegaralari, ma’lumki, yer egasi huquqlarini belgilaydi. Yer tuzishning bu 
elementining katta ahamiyatiga qaramasdan, chegaralarni belgilashning o‘zi faqat xo‘jaliklararo yer 
tuzish vazifalarining bir qismini yechadi va asosan huquqiy va texnik harakat hisoblanadi. 
Xo‘jaliklararo yer tuzishda eng asosiy masala - butun yer egaliklari va yerdan foydalanishlarni 
asosli tashkil etish, ya’ni yangi qishloq xo‘jalik yer egaliklari va yerdan foydalanishlarini yoki 
boshqa xo‘jaliklar, korxonalar, tashkilotlar va muassasalar yerdan foydalanishlarini tashkil etish, 
mavjudlarini tartibga solish va o‘zgartirish, bunda nafaqat chegaralarini balki ularning maydonlari 
va ichki tarkibini ham aniqlash hisoblanadi. 
«Yerdan foydalanish va yer egaliklari» atamasi o‘ziga qator xo‘jaliklararo yer tuzishga aloqador 
xususiy tushunchalarni qamrab oladi. O‘zlashtirilayotgan yerlarda yoki mavjud xo‘jaliklar yerlarida 
yangi xo‘jaliklar yer massivlarini yaratish (konstruksiyalash) uni tashkil etish deb ataladi. Bir guruh 
xo‘jaliklar yer egaliklari va yerdan foydalanishlari soni, maydonlari va joylashishidagi sezilarli 
o‘zgartirishlarni qayta tashkil etish deb atashadi. Ma’lum yer egaligi yoki yerdan foydalanishning 
o‘lchamlarini (joylashishi, maydoni, chegarasi) maqsadli yaxshilash yerdan foydalanishni (yer 
egaligini) takomillashtirish, tartibga solish yoki kamchiliklarni tugatish deb ataladi. Bu ishlarning har 
biri o‘zida loyihani tuzishni, asoslashni va boshq. o‘z ichiga oladigan xo‘jaliklararo yer tuzish 
bo‘yicha ishlar majmuini ifodalaydi. 
Xo‘jaliklararo yer tuzish yordamida O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida belgilangan 
tartibda yer uchastkalarini berish va qaytarib olish amalga oshiriladi. 

Download 1,25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   139




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish