O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi s. R. Sharipov yer tuzish asoslari


-yildan 1965-yilgacha cho‘l va bo‘z yerlarni o‘zlashtirish bilan bog‘liq, qidiruv



Download 1,25 Mb.
Pdf ko'rish
bet20/139
Sana22.12.2022
Hajmi1,25 Mb.
#893977
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   139
Bog'liq
eHevjBJCoB4JqK8WGQNEIXO9KtrvmUduaDRhcMiZ

1954-yildan 1965-yilgacha cho‘l va bo‘z yerlarni o‘zlashtirish bilan bog‘liq, qidiruv 
ishlari, xo‘jaliklararo va xo‘jaliklarda ichki yer tuzish bilan birgalikda, katta miqyosdagi 
yer tuzish tadbirlari o‘tkazildi. Almashlab ekishlarni joriy etish va o‘zlashtirishga ham 
katta e’tibor qaratildi. 


18 
navbatdagi ommaviy tadbir tusini oladigan bir-ikki ishga olib kelish mumkin emas. Bizning 
davlatimizda yer tuzuvchilarning barcha kuchi majburan bitta nimadadir to‘plangan davrlar bo‘ldi; 
buni normal holat deb aytish mumkin emas. 
Yer tuzishning mazmuni va usullari mamlakatimiz va chet ellar tajribasi, ilm-fan yutuqlari 
asosida, jamiyat talablari bilan bog‘liq, yer islohotini amalga oshirish jarayonida, keyinchalik ham 
rivojlanaveradiyu. 
5. 
 
Yer tuzishning mazmunini va usullarini ilmiy asosda takomillashtirish
Mamlakatimiz - maydoni bo‘yicha ham, har xil tabiiy mintaqalarda joylashgan yer 
egaliklari va yerdan foydalanishlar soni bo‘yicha ham katta yer xo‘jaligiga ega. Minglab yirik 
va o‘n minglab mayda yerdan foydalanuvchilar mamlakatimizning butun hududi bo‘ylab 
joylashgan. Ular doimiy harakatda, ijtimoiy ishlab chiqarish talablari, ijtimoiy va boshqa 
omillardan kelib chiqadigan to‘xtovsiz rivojlanishda. Bu sharoitda yer tuzish faqat jiddiy ilmiy 
asosdagina muvaffaqiyatli rivojlanishi mumkin. 
Hozirgi vaqtda kelib yer tuzish uzoq va murakkab yo‘lni bosib o‘tdi, katta va har tomonlama 
tajriba to‘pladi. U butun yer fondidan va uning ayrim qismlaridan foydalanishni tashkil etish va uni 
muhofaza qilish bo‘yicha tadbirlarning rivojlangan tizimiga aylandi. Har qanday ob’ektiv ijtimoiy-
iqtisodiy hodisa sifatida u o‘zining qonuniyatlariga ega, ular yer tuzish fanining o‘rganish ob’ektlari 
ham hisoblanadi. Asosan oxirgi yuz yillikda tarkib topgan bu fan amaliy tajribaga va nazariy 
umumlashtirishga suyanib, mamlakatimizda yer tuzishning rivojlanishiga yordam beradi. 
Yer tuzish fanining oyoqqa turishi yig‘ilgan tajribani ijodiy qayta ko‘rib chiqish, olingan 
natijalar va boshqa sharoitlar va vaziyatlar uchun oldinga surilayotgan konsepsiyalardan boshlandi. 
Asta-sekin yer tuzuvchilar imkoniyatlarini kengaytirib, ular oldida yangi istiqbollarni ochadigan 
nazariya ishlab chiqildi. Bu nazariya butun, hamma qismlari bir-birlari bilan mantiqiy bog‘langan, 
ichki tabaqalashgan bilimlar tizimini o‘zida mujassamlashtiradi. Uning konseptual asosi zamonaviy 
agrar - iqtisod nazariyasi hisoblanadi. 
Yer tuzish to‘g‘risidagi bilimlar tizimi sifatida yer tuzish fani va uning asosiy o‘zagi - yer 
tuzishni loyihalash fanlararo bilimlar sohasi hisoblanadi. Bunda yerning bir tomondan tabiiy resurs 
sifatida, ikkinchi tomondan esa ijtimoiy-iqtisodiy aloqalar manbai sifatidagi vazifalarini 
o‘rganadigan, bir fanning har xil tomonlari sifatida xizmat qiladigan tabiiy va ijtimoiy fanlarning 
yaqin o‘zaro ta’sirlari kuzatiladi. Yerning iqtisodiy vazifasi mehnatning eng ahamiyatli sharti va 
umumiy ishlab chiqarish vositasi sifatida dehqonchilik va butun qishloq xo‘jaligi chegaralaridan 
ancha uzoqqa chiqadi, sababi, yerda ijtimoiy faoliyatlarning hamma turlari - ishlab chiqarish bilan 
bog‘liq va bog‘liq bo‘lmagan, amalga oshiriladi. 
Yer tuzish nazariyasi va amaliyoti umuman xalq xo‘jaligida va ayniqsa agrosanoat majmuasida 
ilmiy-texnik taraqqiyot bilan chambarchas bog‘liq. Yer tuzish fani o‘z rivojlanishida iqtisodiy, 
tabiiy, texnik, huquqiy, qishloq xo‘jalik va boshqa fanlar yutuqlaridan ham foydalanadi. Yer tuzish 
tabiat va jamiyat qonuniyatlarini qanchalik to‘la aks ettirsa, fan va texnikaning oxirgi yutuqlarini, 
ishlab chiqarish talablari va ijtimoiy sharoitlarni yanada yaxshiroq hisobga oladi, yerlardan 
foydalanish va uni muhofazalash, hududni tashkil etish shakllari maqsadga muvofiqroq bo‘ladi. 
Yer tuzish chizmalari va loyihalarida aks etdiriladigan, yerdan foydalanishni tashkil etishga 
o‘zgarishlar va yaxshilashlar kiritadigan barcha yer tuzish tadbirlari har tomonlama asoslangan 


19 
bo‘lishi kerak. Loyiha fanni ishlab chiqarish bilan bog‘laydi. Shuning uchun ham yer tuzish ishlarini 
loyihalash va asoslashning samarali usullari judayam zarur. Bunday masalalar yechimining ilmiy 
usullarini ishlab chiqish bilan ilmiy fanlar - yer tuzishni loyihalash, yer tuzishning ilmiy asoslari, yer 
tuzishda modellashtirish va boshq. shug‘ullanadi. 
O‘tkazilgan izlanishlar asosida amaliy ishlar maqsadlari uchun yo‘riqnomalar, ko‘rsatmalar, 
qo‘llanmalar, me’yorlar, standartlar ishlanadi, ular keyinchalik fan yutuqlariga va ishlab 
chiqarishning yangi talablariga mos ravishda yangilanadi. 

Download 1,25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   139




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish