3.
ishqalanuvchi juftlikning optimal ish rejimi moylanishning
yaxshilanishi hisobiga ta’minlanadi;
4.
ish xususiyatlari yaxshilangan moylar qo’llaniladi, bunda ularning
plyonka hosil qilish xususiyatiga katta
ahamiyat beriladi;
5.
yuqori sifatli materiallar qo’llaniladi;
6.
kompressordagi siklik nagruzka ostida ishlovchi elementlar soni
kamaytriladi;
7.
mashinaning vibroaktivligi kamaytiriladi;
8.
kompressorning
harakatlanish
mexanizmi
detallari
tezroq
siyqalanishi uchun obkatka
rejimi mukammallashtiriladi;
9.
ta’mirga yaroqliligi oshiriladi;
10.
mashinani ochmay texnik diagnostika qilish usullari ishlab chiqiladi
va qo’llaniladi;
11.
kompressor va issiqlik almashinish apparatlarining ichki ishchi
yuzalarining tozalik va
quruqlik darajasini oshiriladi;
12.
ishqalanuvchi juftlikdagi detallar geometrik formalarining aniqligi
ta’minlanadi;
13.
ishqalanuvchi juftlikdagi detallar yuzalarini mustahkamlovchi
ishlov berishning zamonaviy usullari qo’llaniladi;
14.
issiqlik almashinish apparatlarining
korrozoyaga chidamliligi
oshiriladi.
12.3.Ekspluatatsiyada zarur puxtalikni ta’minlash usullari
Ekspluatatsiyada zarur puxtalikni quyidagi usullar bilan ta’minlanadi:
1.
texnik xizmat ko’rsatish va ta’mirlashning ratsional ekspluatatsion
harajatlarni kamaytiruvchi sistemalari qo’llaniladi;
2.
texnik xizmat ko’rsatish va ta’mir ishlarini rejali- ogohlantiruvchi ta’mir
grafigi boyicha olib boriladi;
3.
sovitish
qurilmalari, sovitish agentlari va moylraning texnik xujjatlarda
ko’rsatilmagan rejimda ishlatilishiga yo’l qoyilmaydi;
4.
kichik kompressor va agregatlarning tiklanishini markazlashgan ta’mir
korxonalarida olib borilishini yo’lga qoyiladi;
5.
Ekspluatatsiya joyida tiklanishi qiyin bo’lgan
detallar, o’rta va yirik
porshenli
kompressorlarning
tirsakli
vallari
va
shatunlarini
markazlashtirilgan ta’mirini kengaytiriladi;
6.
ishqalanish yuzalari yeyilgan asosiy detallarning zamonaviy tiklanish
usullari qo’llaniladi;
7.
almashtiriluvchi detallarni zavodda tayyorlanganlari bilan almashtiriladi;
8.
barcha tozalash ishlarini o’z
vaqtida olib boriladi;
9.
ishlatilgan moylarni regeneratsiya qilish qurilmalaridan foydalaniladi;
10.
sovitish qurilmalarini o’z vaqtida yangilanib turiladi;
ta’mirlovchi va xizmat ko’rsatuvchi personalning malakasi doimo oshirib boriladi,
ish rejimlari avtomatlashtiriladi.
Nazorat savollari
1. Ekspluatatsiyada zarur puxtalikni ta’minlash usullarini sanab bering.
2. Ta’mir ishlarini rejali - ogohlantiruvchi ta’mir grafigi bo’yicha olib boriladigan
ishlarni tushuntirib bering.
3. Ekspluatatsiya joyida tiklanishi qiyin bo’lgan detallarni ta’mirini olib borish
ketma – ketligi.