72
HAYOTIY JARAYONLARNING KIMYOVIY ASOSLARI
III BO‘LIM
antitoksinlar ishlab chiqib ularga qarshi kurashadi. Antitana va an-
titoksinlar ta’sirida immunitet hosil bo‘ladi.
Zaxira funksiyasi
— ayrim oqsillar sut, tuxum, o‘simlik
donlari da zaxira holatda to‘planib embrion, murtak uchun ozuqa
sifatida sarf bo‘ladi.
Energetik funksiyasi
— oqsillar muhim energiya manbayi
hamdir. 1 g oqsil kislorod ta’sirida to‘liq parchalanganda 17,6
kJ
ener giya ajralib chiqadi.
oqsillar
gormon
vazifasini ham bajaradi. Masalan, insulin
gormoni oqsil tabiatiga ega bo‘lib, qonda glukoza miqdorini na-
zorat qilib turadi. umuman tirik organizmlarga xos bo‘lgan barcha
vazifalarni bajarish oqsil molekulalari tomonidan amalga oshiriladi.
1. hujayrada oqsillar qanday funksiyalarni bajaradi?
2. oqsilning katalizator funksiyasi nimadan iborat?
3. oqsillarning transport funksiyasini tushuntiring.
4. Quyidagi masalaning javobini hisoblab toping.
Agar 15
–
16 yoshli o‘quvchining bir kecha-kunduzdagi iste’mol qil-
gan ovqati tarkibida 100 gramm oqsil, 95 gramm yog‘, 400
gramm ugle-
vod bo‘lsa, bu miqdordagi oqsil, yog‘ va uglevodning parchalanishi nati-
jasida biomolekulalar (a), biopolimerlar (b) dan necha kkal va qancha kJ
ener giya hosil bo‘lishini aniqlang.
28 §.
Nuklein kislotalar
“Nuklein kislotalar” degan atama lotincha “nukleus”, ya’ni
yadro so‘zidan olingan. Nuklein kislotalar birinchi marta 1869-
yilda shvetsariyalik vrach F.Misher tomonidan leykotsitlar yadro-
sidan topilgan. Nuklein kislotalar ikki xil bo‘ladi: DNk —
dezoksiri-
bonuklein kislota va RNk — ribonuklein kislota.
DNk asosan hujayraning yadrosida, shuningdek mitoxondriya
va plastidalar tarkibida uchraydi. RNk esa yadro, sitoplazma, mi-
toxondriya, plastida va ribosomalar tarkibida uchraydi.
http:eduportal.uz
73
hAYoTIY JARAYoNLARNING kIMYoVIY ASoSLARI
III Bo‘LIM
Nuklein kislotalarning biologik ahamiyati nihoyatda katta. ular
hujayra
oqsillarining sintezlanishida, irsiy axborotlarning nasldan
naslga o‘tishida muhim rol o‘ynaydi. DNkdagi irsiy axborotni berili-
shi tufayli avlodlar o‘z ota-onasiga o‘xshash bo‘ladi.
DNK.
Barcha hujayralar – hayvon va o‘simliklar hujayralari-
da irsiy axborotni saqlovchi tuzilma rolini DNk bajaradi. DNk
orga nik birikmalar ichida strukturasi jihatidan o‘ziga xos tuzilgan
birikmadir. DNK qo‘sh spiral. DNK molekulasi bir-birining atrofida
spiral bo‘lib buralgan ikkita zanjirdan iborat ekanligi 22- rasmda
ko‘rinib turibdi. DNK qo‘sh spirali o‘rtasidagi masofa 2 nm atrofida
bo‘ladi. uning uzunligi esa bir necha o‘n
ming hatto bir necha yuz
ming nanometrga yetishi mumkin. DNk spiralidagi qo‘shni nukleo-
tidlar orasida masofa 0,34 nm ga teng bo‘ladi.
har bir DNk molekulasi polimer bo‘lib, uning monomerlari
nukleotidlardir. Nukleotid tarkibi uchta modda azotli asos, ugle-
vod (dezoksiriboza) va fosfat kislotasi qoldig‘idan iborat kimyo-
viy birikmadir. DNk molekulasi to‘rt xil nukleotidlarni birikishidan
hosil bo‘lgan. Nukleotidlar bir-biridan faqat azotli asosi bilan farq
qiladi. Nukleotidlar nomi tarkibidagi azotli asos nomi bilan atala-
di. Shunga ko‘ra ularni: adeninli azotli asos adenin (A) nukleotid,
guaninli (G), timinli (T) nukleotid va sitozinli (C) nukleotid deb ata-
ladi. kattaliklari jihatidan A-G ga T-C ga teng bo‘ladi. har
bir nuk-
leotidlarninig o‘rtacha molekular massasi 345 ga teng. DNk qo‘sh
spiral, uning qo‘sh spirali hosil bo‘lishida DNk iplarining bir-biriga
nisbatan qanday joy olishini va ularni qanday kuchlar bog‘lab tu-
rishini ko‘rib chiqaylik.
DNk qo‘sh spiralini shakllanishida nukleotidlar o‘rtasida-
gi komplementarlik (lotincha “komplement” – to‘ldirish so‘zidan
olingan) asosiy ahamiyatga ega. A (adenin) doimo T (timin) ga,
G (guanin) doimo C (sitozin)ga komplementar. Agar DNkning
bir zanjirida A(adenin) bo‘lsa hamisha ikkinchi zanjirda T (timin),
bir zanjirda G (guanin) bo‘lsa, uning qarshisida doimo C (sito-
zin) bo‘ladi. Nukleotidlar shu tariqa joy olgandagina, qo‘sh spiral
http:eduportal.uz
74
HAYOTIY JARAYONLARNING KIMYOVIY ASOSLARI
III BO‘LIM
orasidagi masofa butun DNk bo‘ylab bir xil bo‘lishi ta’minlanadi va
qarama-qarshi turgan nukleotidlar o‘rtasida juda ko‘plab
vodorod
bog‘lar vujudga keladi. A (adenin) bilan T (timin) o‘rtasida ikkita,
G (guanin) bilan C (sitozin) o‘rtasida uchta vodorod bog‘ bo‘ladi.
Shuning uchun ham doimo adenin timinga, guanin sitozinga kom-
plementar bo‘ladi (22- rasm).
DNkning tuzilishini amerikalik biolog J.uotson va angliyalik
fizik olim F.Krik tomonidan 1953- yilda kashf etilgan.
RNK.
RNk molekulasi ham DNk molekulasi kabi polinukleo-
tid zanjirdir, lekin DNkdan farq qilib, RNk molekulasi bir zanjirli
bo‘ladi. Xuddi DNkdagidek, RNk strukturasi ham to‘rt
xil nukleo-
tidlarning navbatlashib borishi bilan yuzaga keladi, lekin RNk nuk-
leotidlarining tarkibi DNk nukleotidlaridan bir oz farq qiladi, ya’ni
RNkdagi uglevod dezoksiriboza emas, balki ribozadir, ribonuk-
lein kislota degan so‘z ham RNk uglevodidan kelib chiqqan. RNk
tarkibida ham azotli asoslar A,G,C bo‘ladi lekin azotli asos timin
Do'stlaringiz bilan baham: