38.MAVZU.Psixik zo‘riqish va o‘ta zo‘riqishning sport faoliyatiga ta’siri.
Reja:
1.Mashg’ulot jarayonidagi psixik o‘ta zo‘riqishlarning belgilari.
2. Psixik zo‘riqish va o‘ta zo‘riqishning sportchi faoliyatiga ta’siri va oqibatlari.
Bo’lib o’tgan musobaqalardan so’ng sportchi o’ta
murakkab psixologik
holatlarni boshdan kechiradi. Mazkur hissiyotlarning kelib chiqishiga ko’plab
omillar
ta’sir etib, quyida ulardan ayrimlarini ko’rib chiqamiz: a) erishilgan natija, g’alaba
yoki mag’lubiyatdan, uning ijtimoiy ahamiyatidan ta’sirlanish; b) kutilmagan
natijadan yoki ayni maqsad qilib qo’yilgan natijaga erishilganidan hayajonlanish;
natijaning mazkur sportchining intilish darajalariga mos kelishidan ta’sirlanish; c)
o’tkazilgan musobaqaning keskinligidan, g’alabani ta’minlagan yoki mag’lubiyat
keltirgan o’sha jangning qiyin kechganligidan ta’sirlanish; d) shuningdek, bu
jarayonga – sportchining shaxs sifatidagi fazilatlari, undagi istiqbol rejalari, mazkur
rejalarning erishilgan natijalarga
muvofiqligi, uning irodaviy sifatlari, ma’naviy va
emotsional barqarorligi va hokazolar ham o’z ta’sirini ko’rsatadi.
Sport musobaqalari, odatda, sportchining g’alabasi yoki mag’lub bo’lishi bilan
tugaydi. Psixologik nuqtayi nazardan g’alaba – bu muvaffaqiyat, mag’lubiyat esa –
muvaffaqiyatsizlikdir.
Sportda erishilgan g’alaba, odatda, sportchida ijobiy emotsional holatlarni hosil
qiladi, ya’ni:
• sport kurashida o’zining chindan ham ustunligini his etish, erishilgan
natijadan qoniqish;
• hayotsevarlik, quvnoqlik kayfiyati, tetiklik;
• o’z kuchiga ishonch hissi;
• mashqlarni davom ettirish va yana musobaqalarda ishtirok etish istagi.
G’alabaga erishilganda paydo bo’ladigan ijobiy his-tuyg’ular ba’zan o’ta
yorqin namoyon bo’lib, sportchining tashqi reaksiyalarida ham sezilib turadi:
bunday
hollarda sportchi hayajonlanganidan sakrab yuboradi, do’stlarini quchoqlaydi, zero
u
juda katta quvonch va shodlikni, baxtiyorlikni boshdan kechiradi. Odatda, bunday
kuchli va yorqin his-tuyg’ular, g’alaba chindan ham juda og’ir jangda qo’lga
kiritilsa, buning uchun sportchi juda kuchli va o’ziga munosib raqib bilan bellashsa
namoyon
bo’ladi. Biroq, jangning shiddati haddan tashqari og’ir kechgan bo’lsa, sportchi o’z
tuyg’ularini birdan namoyish etmasligi ham mumkin. Buning uchun unga ma’lum
muddat kerak bo’ladi. Bu vaqt ichida u biroz
dam oladi, bo’lib o’tgan voqealarni
idrok etadi, shundan so’nggina u g’alaba natijasini chindan his eta oladigan psixik
holatga kirishi mumkin.
G’alaba ba’zan sportchida salbiy his tuyg’ularni ham paydo qilishi mumkin,
masalan:
• manmanlik, o’z sport imkoniyatlarini yuqori baholash;
• o’z-o’ziga ortiqcha ishonish;
• bundan keyingi mashg’ulotlarga
loqaydlik, e’tiborsizlik bilan
munosabatda bo’lish. Shuning uchun ham musobaqada g’alaba qo’lga kiritilgandan
so’ng sportchi o’z murabbiysi bilan birga, fursatni boy bermay, o’z
vaqtida kelgusi
ishlarni amalga oshirish rejalarini tuzib olishi lozim.
Musobaqada mag’lub bo’lish ham sportchiga ikki xil, ya’ni ijobiy va salbiy
ta’sir ko’rsatishi mumkin. Bunda aksariyat hollarda quyidagi emotsional holatlar
kuzatiladi:
•
ruhiy siqilish holati, o’z kuchiga ishonmaslik, omadi kelgan do’stlaridan
xafa bo’lish va ularga hasad bilan qarash;
•
apatiya hissi, hamma narsadan ko’ngil sovushi, befarqlik, sportga
bo’lgan qiziqishning so’nishi, hatto mashg’ulotlarga ham qatnashmay qo’yish;
Ammo shuni ham unutmaslik kerakki, raqibga bir marta hisobni boy berish, bu
hali tamoman mag’lub degani emas, agar raqib chindan ham kuchli bo’lsa, o’zining
tayyorgarligi, mahorati bilan sizdan ancha ustun bo’lsa, u bilan imkon qadar olishib,
unga “sharaf bilan” yutqazish ham mumkin. Bunday hollarda mag’lubiyat ham
o’ziga
xos sport g’alabasi sifatida talqin etilib, shunga muvofiq qoniqarli hissiyotlar bilan
kechadi.
Shu boisdan, ba’zan mag’lubiyat ham sportchida faol his-tuyg’ularni keltirib
chiqarishi, unda o’z xatolarini bartaraf etish, sport mahoratini oshirish va
shunday
qilib, kelgusi musobaqalarda g’alabani qo’lga kiritish istagini paydo qilishi mumkin.
Mag’lubiyatga uchraganda sportchiga taskin berishning eng yaxshi yo’li u yo’l
qo’ygan xato va kamchiliklarni ongli ravishda tahlil etish (albatta, buni sportchi
biror
fursat dam olgandan keyin amalga oshirish lozim), kelgusi musobaqalar uchun faol
mashg’ulotlarni boshlab yuborish hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: