122
ko`pchilik hollarda umumiy pediatriyaga xos kasallik deb hisoblanadi. Keyinchalik
bolalar terisida mayda toshmalar, papullalar yoki dog`lar paydo bo`lishi, ularni
po`stloqlar bilan qoplanishi, po`stloqlarning qovjirab tushishi, teri tashlash hollari,
ayniqsa kallaning sochli qismida, quloq orqasi, ko`krak terisida ko`proq uchraydi.
Xastalikning IV shaklida bu klinik belgilar juda tez ko`payib unga og`ir
limfodenit, stomatit, ekzoftalm, otit, chanqash, poliuriya, diareya, taloq va
jigarning kattalashuvi va yurak qon tomir yetishmovchiligi belgilari qo`shiladi.
Aksariyat hollarda kasallik o`tkir infeksiya xastaligiga o`xshab boshlanib, shiddatli
tusda kechadi va noxush oqibatlar bilan tugashi mumkin. Bunday hollarda yarali
nekrotik gingivit, stomatit va destruktiv o`choqlar nafaqat alveolyar suyak
o`sig`ini, balki jag` suyagi tanasini, kalla suyagini va boshqa skelet suyaklarini
ham jarohatlaydi. Bu narsa X – gistiotsitoz uchun xos hisoblanadi.
X – gistiotsitozning II III shakllari patologik jarayonning unchalik keng
tarqalmasligi (suyak to`qimasi bundan mustasno) bilan tavsiflanadi.
Bunda xastalik sekin, o`tkirlashuv jarayoni remissiyalar davri bilan
almashinib kechadi. Jarayonning rivojlangan davri uchun ekzoftalm, chanqash
(bola 10 litrgacha suv ichadi), taloq, jigar kattalashuvi, limfodenitlar, gigivit va
stomatitlar harakterlidir.
Xastalikning dastlabki davrlarida yuzaga keladigan gingivit boshqa belgilar
(adinamiya, oriqlash, dermatit, limfodenit va boshqalar) bilan birgalikda xastalikka
erta to`g`ri tashxis qo`yish uchun xizmat qilishi mumkin.
Bu xastaliklarda parodontit – parodontoliz belgilari bo`lib: yarali gingivit,
tishlarning qimirlashi, tish ildizlarining ochilib qolishi, chuqur, granulyatsiya
to`qimasi bilan to`lgan tish milk patologik cho`ntaklarning mavjudligi, og`izdan
qo`lansa hid tarqalishi hisoblanadi.
Kasallik to`lqinsimon tusda kechadi va doimo skelet suyaklari, jumladan
jag` suyaklarining jarohatlanishi xususiy xoldir. Rentgen tasvirlarda destruktiv
suyak jarohatlanishining boshqa xastaliklardan farqi lakunar tipdagi suyak
so`rilishi hisoblanadi, ayniqsa alveolyar suyak o`sig`i sohasida.
Xastalikning I shakli (Taranыnov eoztnofil granulyomasi) surunkali
yo`sinda kechib, skelet suyaklaridan faqat bittasini shikastlaydi va oqibati bilan
ancha yengil hisoblanadi. Shu jarayon jag` suyagida kechsa, og`iz bo`shlig`ida
suyak destruktiv jarohatlanish sohasida og`ir parodontoliz holati kuzatiladi.
Mazkur
xastaliklarni
aniqlashda,
ularga
qarshi
davo
tartiblarini
rejalashtirishda albatta pediatrlar bilan hamkorlikda ish olib borish zarur. Chunki
faqat og`iz bo`shlig`ida olib boriladigan simptomatik davo choralari yaxshi samara
bermaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: