Болалар ёшида учрайдиган тиш каттик


-rasm. Pastki jag` tishlar alveolyar o`sig`ida destruktiv, osteoporoz



Download 7,81 Mb.
Pdf ko'rish
bet93/250
Sana18.12.2022
Hajmi7,81 Mb.
#890559
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   250
Bog'liq
bolalar terapevtik stomatologiyasi

59-rasm. Pastki jag` tishlar alveolyar o`sig`ida destruktiv, osteoporoz 
o`zarishlar. Panoram rentgen tasviri. 
 
Suyak to`qimalaridagi destruktiv buzilish jarayoni to`rt bosqichdan 
(boshlang`ich, I, II, III) iborat. 
Jarayonning 
boshlang`ich 
bosqichi 
alveolalar 
o`rtasidagi 
suyak 
to`sinchalarning qisman yoki to`liq destruksiyasi bilan harakterlanadi. Bunda 
to`sinchalar cho`qqi qismida suyak destruksiyasi bo`lmasligini yoki yengil 
osteoporoz o`zgarishlarni kuzatish mumkin. Agar suyak to`qimasining 
destruksiyasi yoki osteoporozi to`sinchalarning 1/3 qismida kuzatilsa, xastalik I 
darajali, 2/3 qismida kuzatilsa II darajali, 2/3 qismdan ko`prog`ida bo`lsa 
xastalikning III darajali jarohatlanganligini bilish mumkin. (57- rasm). 
6.7. Milklarning surunkali kataral yallig`lanishi 
Keltirib chiqargan sabablarga ko`ra, mahalliy (chegaralangan) va diffuz 
(keng tarqalgan) bo`ladi. Malalliy milk yallig`lanishlari asosan mahalliy noxush 
ta’sirotlar oqibatida yuzaga keladi. Noxush ta’sirotlardan mikrobli blyashkalar, tish 
toshlari, kariyes kovagining o`tkir qirralari, osilib turuvchi plombalar, ortodontak 
vositalar, metall yoki plastmassadan tayyorlangan tojlar, shuningdek tishni 
davolash jarayonida ishlatiluvchi kimyoviy moddalarning (mishyak, formalin) 
milkka tushishi shular jumlasidandir. 
Diffuz yallig`lanish hazm sistemasining bir qator xastaliklarida (surunkali 
dizenteriya, gepatit, xoletsistit, surunkali kolit), organizmda kislorod tanqisligida 
(yurak-qon tomir xastaliklari), markaziy asab sistemasi kasalliklarida, balog`at 
yoshidagi ichki sekretsiya bezlari faoliyatining o`zgarishida, S vitamini 
tanqisligida va surunkali yuqumli xastaliklarda yuzaga keladi. Bayon qilingan 
kasalliklar organizmning, jumladan parodont to`qimasining mikroblarga nisbatan 
turg`unligini susaytiradi.(43-rasm) Shuning uchun bu xastaliklarda kelib chiqqan 


116 
surunkali milk yallig`lanishini umumiy belgilar sifatida nazarda tutish lozim va uni 
bartaraf qilishda mahalliy choralar bilan birgalikda asosiy kasallikni aniqlab, davo 
tadbirlarini qo`llash zarur. 
Surunkali milk yallig`lanishida bemorda shikoyat bo`lmasligi mumkin. 
So`rab-so`rishtirilganda og`izda noxush ta’m borligini, noxush hid paydo 
bo`lganligini, axyon-axyonda ovqat chaynash paytida milk qonaganligini va 
sezilar-sezilmas og`riq paydo bo`lishini aniqlaymiz. 
Bunday bemorlarda xastalikning boshlanish davrida milk so`rg`ichlarining 
shishganligini, keyinchalik esa ularning hajmi oshib, gipertrofiya belgilari paydo 
bo`lganini, ba’zan milk qirg`oq qismida shish belgilari, suv yig`ilishi hollarini 
ko`ramiz. Milk shilliq pardasining tusi o`zgarmasligi mumkin, biroq so`rg`ichlar 
paypaslanib sekin bosilganda qonash belgilari kelib chiqishi xususiy xol bo`lib 
hisoblanadi. Bunday hollarda vazoparez (tomirlar devoridagi elastiklik 
xususiyatining keskin pasayishi) simptomi kuzatiladi. Yallig`langan milk sathiga 
to`mtoq uchli asbob bilan bosilganda hosil bo`lgan iz juda sekinlik bilan yo`qoladi. 
Xastalikning keyingi - ikkinchi davrida shishinqirab, hajmi oshgan milk 
so`rg`ichlari va qirg`oq shilliq pardasi ko`kimtir tusga kiradi, qon oqishi kamayadi. 
Yallig`lanish 
jarayoni 
asosiy 
xastalikning 
qaytalanishi 
bilan 
yana 
o`tkirlashadi.(64,65-rasmlar) 
Surunkali kechuvchi gingivit qaytalanib o`tkirlashganda milkda og`riq 
paydo bo`ladi, qon oqishi kuchayadi, yallig`langan milk sathi shishadi va qizaradi, 
milk-tish cho`ntagida serozli ekssudat ko`payadi. Tekshirilib ko`rilganda so`lak 
tarkibida leykotsitlarning ko`chib tushgan epiteliy hujayralari sonining 
oshganligini (Yasinovskiy sinamasi) va milk sathida gematoma (qon qo`yilishi) 
hosil bo`lish vaqti qisqarganligining (Kulajenko sinamasi) guvoxi bo`lamiz. 
Bemorning umumiy ahvolida o`zgarish kamroq kuzatilsada, yengil bexollik va 
subfebril tana harorati qayd etiladi. 
Patomorfologik 
(to`qimada 
me’yordan 
chetga 
chiqish 
hollari) 
o`zgarishlardan shilliq parda epiteliysining ko`plab ajralishi (deskvamatsiya), 
qalinlashuvi (parakeratoz), limfo-leyko-plazmotsitar infiltrgatsiyasi, to`qimada suv 
yig`ilishi va kollagen tolalarning bo`kishi kabi belgilar aniqlanadi. To`qimada 
bunday o`zgarishlarni ko`rish uchun milk so`rg`ich qismidan kesib olinib 
(biopsiya), gistologik preparat tayyorlanadi va mikroskop ostida ko`riladi. 
Biopsiyadan tayyorlangan preparatlar maxsus bo`yoqlar bilan bo`yalganda, 
to`qimada glikogen moddasining ko`plab yig`ilishini, semiz hujayralar sonining 
oshganligini va oqsil-mukopolisaxarid birikmasining o`zgarganligi ma’lum 
bo`ladi. Bu xil patomorfologik o`zgarishlar milk to`qimasida surunkali 
yallig`lanish jarayoni kechayotganligidan va bu jarayonning o`tkirlashganligidan 
dalolat beradi. 
Surunkali milk yallig`lanishini parodontit xastaligidan osonlik bilan farqlab 
ajratish mushkullik tug`dirmaydi. Parodontit xastaligidan farqli o`laroq, 
gingivitlarda klinik yoki parodontal cho`ntaklar hosil bo`lmaydi. Rentgen tasvirida 
tishlarni o`rab turgan alveolyar suyak to`qimasida o`zgarishlar qayd qilinmaydi. 
Surunkali kataral milk yallig`langanda tezda milk shilliq pardasidagi belgilar 
yo`qolib, milk dastlabki holiga qaytadi. Asosiy xastalikni aniqlash va davo 


117 
tadbirlarining o`z vaqtida amalga oshirilmasligi oqibatida parodontit xastaligi 
rivojlanadi. 

Download 7,81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   250




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish