110
6.5. Balog`at yoshi davrida o`smir yoshlar organizmida sodir
bo`ladigan o`zgarishlar.
Jaxon Sog`liqni Saqlash Tashkilotining ma’lumotlariga binoan balog`at
yoshida kechadigan somatik, psixologik va ijtimoiy mukammallashish
jarayonlarini inobatga olgan xolda o`smirlik davri 10- 20 yoshlarni o`z ichiga
olishini 1977 yilda ekspertlar tomonidan ma’lum qilingan. Aynan shu davrda inson
organizmi, uning a’zolari va sistemalari morfologik va funksional struktura
jixatdan shakllanishini tugallanishi markaziy nerv sistemasi, neyro-endokrin sfera,
vegetativ- asab, immun tizimidagi o`zgarishlar bilan bevosita bog`liq xolda
kechishi tekshiruvlar asosida isbotlangan.
Ko`pgina klinik va eksperimental kuzatuvlar miya po`stlog`ining jinsiy
yetilishida muxim axamiyat kasb etishini tasdiqlaydi. O`spirinlik davrida miya
po`stloq qismi o`zining shakllanishini tugallashi bilan bir qatorda yangi
o`tkazuvchi yo`llar, ayniqsa assotsiativ muloqot yo`llari vujudga kelishini
ta’minlaydi. Miya po`stlog`ini po`stloq osti soxasi bilan bog`lovchi yo`llar, oraliq
miyani gipofiz bilan bog`lovchi bog`lar takomillashadi. Adenogipofiz massasi ikki
barobar oshib, funksional xolati faollashadi. Adenogipofiz tomonidan somatotrop
(STG) va tireotrop (TTG) garmonlarini ishlab chiqarish kuchayadi. STG garmoni
ta’sirida o`smirlar tana o`lchamlarining jadal o`sishi kuzatiladi. O`rtacha ularning
bo`yi yiliga 8-10sm ga cho`zilishi kuzatilgan.
TTG garmoni o`z navbatida qalkonsimon bez faoliyatini oshirib, tireoid
garmonlar sekretsiyasini kuchaytiradi. Bu esa o`z navbatida o`spirin organizmi
to`qimalarida kechadigan modda almashinuvi jarayonlarini keskin faollashuviga
sabab bo`ladi.
Balog`at yoshi davrida, jinsiy yetilish jarayoni gipotalamo-gipofizar-
germinativ sistemaning faoliyat boshlashiga turtki bo`ladi. Gipotalamus
faoliyatining faollashuvi gonadotrop garmonlarini ishlab chiqarishni va uning
siklik jarayonini ta’minlaydi. Gipofiz tomonidan ishlab chiqarilgan gonadotrop
garmonlari (FSG, LG) o`g`il bolalar va qizlar jinsiy endokrin bezlari (qizlarda
tuxumdon, o`g`il bolalarda urug`don) faoliyatini oshiradi. Bular o`z navbatida
to`qimalarda mikrotsirkulyatsiyani kuchaytirib modda almashinuvini tezlashtiradi,
shilliq qavatlar giperplaziyasi va gipertrofiyasini ta’minlayd. Bunda kechadigan
garmonal o`zgarishlar, to`qimalardagi o`zgarishlar og`iz bo`shlig`i shilliq
pardasiga xam, shu jumladan parodont to`qimalarida sodir bo`ladigan
o`zgarishlarni yuzaga keltiradi. Mazkur jarayonlarda esterogen va testosteron jinsiy
garmonlari muxim o`rin tutadi.
O`smirlik davrida sodir bo`lib yuzaga keladigan neyro-endokrin xolat bu
davrdagi immun sistema faoliyatiga xam o`z ta’sirini ko`rsatadi.
Balog`at yoshida sodir bo`ladigan neyro-endokrin o`zgarishlar immun sistemada
ijobiy xolatlarni yuzaga keltirishi bilan birgalikda ko`pgina salbiy xolatlarga xam
sababchi bo`lish ko`pgina tekshirish va kuzatishlarda aniqlangan (YU.E.Valtishev
1996; V.F.Chebotarev 1979; While va Kent 1977; Pierpady 1976; O.V. Zaratyans
1990; Sastro 1974; va x.k.).
Ayniqsa, mazkur o`zgarishlar oqibatida ayrisimon (timus) bezning shu davrda
involyutsiyaga uchrashi immun sistemasi tizimida katta yo`qotish xisoblanadi va
111
bu xolat balog`at yoshida insonlarning immunologik qobiliyatni ancha pasayishiga
olib kelishi aniqlangan.
Balog`atga yetish davrida timus faoliyatini pasaytiruvchi va immun sistemaga
susaytiruvchi ta’sir ko`rsatuvchi quyidagi xolatlar yuz beradi:
1.
Paratireoid garmon - timusda atrofiya chaqiradi, T-limfotsitlar sonini
kamaytiradi va timusning gumoral faktori sirkulyatsiyasini susaytiradi.
2.
Kortikosteroidlar (buyrak usti bezi garmonlari) – eng kuchli garmonal faktorlar
xisoblanib, limfoid to`qima proliferatsiyasini va faoliyatini pasaytiradi.
Limfotsitlarni timogen va steroidlarga sezgirligini pasaytirib, ularni ko`plab
o`limiga sabab bo`ladi.
3.
Testosteron – limfoid to`qima faoliyatini susaytirib immun javoblarni
kamaytiradi. Buning isboti – kastratsiya qilingan hayvonlarda immun qobiliyat
keskin ko`tariladi.
4.
Progesteroning – immunitetga supressiv – susaytiruvchi ta’siri dozasiga
bog`liq.
5.
Androgenlar – parasimpatik nerv sistemasi tonusini kuchaytirish orqali immun
sistemaga kuchli supressiv ta’sir ko`rsatadi.
Balog`at yoshi fiziologik xususiyatlarini o`rganish va kuzatish natijasida, mazkur
davrda
inson
organizmining
reaktivligini
o`zgartiruvchi,
rezistentligini
(kasalliklarga nisbatan turg`unligini) pasaytiruvchi xolatlarga, immunologik
yetishmovchiliklarga quyidagi sabablar asos bo`lishi e’tirof etilgan:
1.
Gipotalamo-gipofizar majmua faolligini oshishi FSG, LG, STG, AKTG,
jinsiy va boshqa xil garmonlarni ishlab chiqarilishini kuchayishiga olib
keladi.
2.
Mazkur davrda garmonal disbalanslar, katabolik jarayonlarni kuchayishi
turg`unlikni pasayishiga olib keladi.
3.
Mazkur yoshda (10-16) psixo-emotsional xolatning turg`unmasligi,
surunkali stress xolati, AKTG va katexolaminlarning ko`plab ishlab
chiqarish radikallarning erkin oksidlanishiga sabab bo`ladi. Bu sharoitda
antioksidantlarning
yetishmovchiligi
xujayralar,
jumladan
immun
xujayralari membranasini shikastlanishiga olib keladi.
4.
Monotsitlar faoliyatning buzilishi (fagotsitoz).
5.
Timus involyutsiyasi sababli immunitetning xujayraviy zvenosini keskin
susayishi, immunoglobulinlar ishlab chiqarilishining pasayishiga olib keladi.
6.
Markaziy asab sistemasida po`stloq-po`stloq osti qismlari munosabatlarining
buzilishi asab sistemasini adaptatsion qobiliyatini susaytiradi.
Xulosa qilib aytganda balog`at yoshida sodir bo`ladigan asab sistemasidagi,
garmonal, endokrin, nerv-endokrin, immunologik tizimlarda yuz beradigan
o`zgarishlar o`smir, o`spirinlar organizmida jismoniy o`sish, jinsiy balog`atga
112
yetish, ikkilamchi jinsiy a’zolarning shakllanishi va boshqa voyaga yetish xolatiga
olib keluvchi o`zgarishlarga olib keladi. Shu bilan bir qatorda mazkur o`zgarishlar
ko`pchilik xollarda immunologik tizimning faoliyatini susayishiga, timus
involyutsiyasini ta’minlovchi sharoitlarga sabab bo`lishi organizm reaktivligini
oshishiga va turg`unligini pasayishiga sabab bo`lar ekan. Shuning oqibatda
balog`at yoshi davrida insonlarning har xil kasalliklarga chalinishga bo`lgan
moyilligi ortadi. Shu jumladan bunday xolatni og`iz bo`shlig`i a’zolarida ayniqsa
parodont to`qimasida yaqqol kuzatish mushkullik tug`dirmaydi.
Bu xolat balog`at yoshida parodont kasalliklari o`smir yoshlar orasida 60-70%
ni tashkil etishini tushintirsa ajab emas.
Bolalar o`rtasida mahalliy sabablar chegaralangan yoki o`choqli parodont
xastaligini vujudga keltiradi.
Umumiy sabab asosida sodir bo`lgan parodont yallig`lanishi ko`pchilik
holda diffuz tarqalgan bo`ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |