Болалар ёшида учрайдиган тиш каттик



Download 7,81 Mb.
Pdf ko'rish
bet88/250
Sana18.12.2022
Hajmi7,81 Mb.
#890559
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   250
Bog'liq
bolalar terapevtik stomatologiyasi

 
Maxalliy sabablar:
1. Tishlardagi karashlar, toshlar. 
2. Bir tomonlama ovqat chaynash. 
3. Og`iz bo`shlig`i gigiyenasiga rioya qilmaslik. 
4. Noto`g`ri qo`yilgan osilib turgan plombalar 
5. Noto`g`ri o`rnatilgan ortodontik appapatlar (koronka, yoylar, briketlar va 
h.k.). 
6. Til va lablar tizginchalarining anomal holati. 
7. Og`iz daxlizining kichikligi. 
8. Chuqur prikus. 
9. Ochiq prikus. 
10. Jag`larning to`liqmas taraqqiyoti. 
11. Tishlar qatori anomaliyasi. 
Bunday hollarda patologik yallig`lanish jarayonining ko`lami kichik, 
chegaralangan bo`lib, u parodont to`qimasining shu noxush sabab tufayli ta’sir 
qilib turgan sathidagina aniqlanadi. 
Umumiy sabablar: 
1. 
Pubertat taraqqiyot davrida garmonal o`zgarishlar (infantilizm, erta 
ro`y beradigan jinsiy taraqqiyot, xayz buzilishi va h.k.) 
2. 
Endokrin bezlar xastaligi (miksedema, gipofizar nanizm, epidemik 
buqoq, Itsenko-Kushing xastaligi). 
3. 
Markaziy nerv sistemasi xastaliklari (Daun kasalligi-
oligofreniya va boshqalar). 
4. Qandli diabet kasalligi. 
5. Xazm sistemasi kasalliklari. 
6. Qon sistemasi xastaliklari
7. Yurak-qon tomir yetishmovchiligi 
8. Har xil sistemali – ideopatik xastaliklar (X-gistiotsitoz, Papiyon-Lefevr 
sindrom iva h.k.) 
Umumiy sabablar oqibatida yuzaga keladigan parodont kasalliklarining ko`lami 
tarqalgan bo`lib, barcha tishlar atrofida rivojlanishi mumkin. 
6.4. Parodont kasalliklari patogenezi 
Yallig`lanish jarayoni bilan kechuvchi parodont xastaliklariga milk 
yallig`lanishi (gingivit) va parodontit kiradi. Bulardan gingivit kasalligi kengrok 
tarqalgan bo`lib, butun dunyo sog`liqni saqlash tashkilotiiing 2007 yilda e’lon 
qilingan ma’lumotiga qaraganda bolalar va o`smirlar o`rtasida 80% ga qadar 
aniqlanadi. Bu xastalik bolalarda ko`proq doimiy tishlar shakllangandan keyin 
yuzaga keladi va asosan surunkali tarzda kechadi. 


107 
Bolalar o`rtasida uchraydigan surunkali milk yallig`lanishining 80-85% i 
kataral yallig`lanishga, 12-15% i esa-gipertrofik va atrofik turlariga to`g`ri keladi, 
15 yoshli bolalarda parodontit xastaligi 3-5% ni tashkil qilishi mumkin. 
Og`iz bo`shlig`i gigiyenasiga muntazam ravishda rioya qilmaslik oqibatida 
tishlar yuzasida yumshoq karashlar hosil bo`ladi, bu esa o`z navbatida milklarning 
serozli kataral yallig`lanishiga olib keladi. Bunday hollarda og`iz bo`shlig`i shilliq 
pardasi ko`zdan kechirilganda milklarning shishinqirab qizarishi, ayniqsa ularning 
tishlar orasida joylashgan so`rg`ich qismida va ba’zan qirg`oq qismida yaqqol 
namoyon bo`ladi. 
Ovqat ko`pincha og`iz bo`shlig`ida kasallangan (pulpit, periodontit) tishlar 
mavjud bo`lgan hollarda faqat bir tomondagi jag`larda chaynalishi sababli ovqat 
chaynalmaydigan jag` tishlarining atrofini o`rab turgan parodont to`qimasida 
yallig`lanish hollari kuzatiladi. Ovqat chaynalmaganligi sababli parodont 
to`qimasida qon aylanishi va to`qimalar oziqlanishn buziladi, tishlarda ko`plab 
yumshoq karashlar paydo bo`ladi. Natijada milklar qizarib shishinqiraydi va 
yumshaydi. Tish karashlari tozalanayotganda qonash belgilari paydo bo`ladi. 
Lab va til tizginchalarining kaltalashuvi va yo`g`onlashuvi ham serozli 
kataral yallig`lanishni keltirib chiqaradi. Oqibatda bu xol pastki kurak tishlar 
atrofidagi milk to`qimasining atrofiyasi (pasayishi) ga olib keladi. Bunday hollarda 
markaziy kurak tishlarning toj qismi haddan tashqari uzaygandek tuyuladi. Milk 
to`qimasining ana shunday chegaralangan holda pasayishi retraksiya deb ataladi. 
Ba’zan pasgki lab tizimchasi milk shilliq pardasining yuqori qismiga - 
cho`qqisiga (me’yorda lab tizimchasi milkning o`rta qismiga birlashgan bo`ladi) 
yopishgan bo`lsa, shu chegaralangan milk sathida yallig`lanish jarayoni vujudga 
keladi. Bunday jarayonlarga lablar harakati paytida milk so`rg`ichlarining tish 
sathidan ajralishi va natijada kengaygan milk-tish cho`ntagiga ovqat qoldiqlarining 
kirib qolishi, ularning bijg`ishi (chirishi) va mikroorganizmlar ko`payishi sabab 
bo`ladi. Bunday sharoitda milk shilliq pardasi muntazam ravishda jarohatlanadi va 
yallig`lanish jarayoniga uchraydi. Uzoq vaqt davom etgan bunday holat natijasida 
klinik yoki parodontal cho`ntaklar hosil bo`ladi va bu belgilar chegaralangan 
parodontit xastaligi yuzaga kelganligidan dalolat beradi. 
Kichik og`iz daxlizi. Bunday anomaliya (me’yordan chetga chiqish holati) 
jag` suyagi alveolyar o`sig`i kam rivojlanishining natijasidir. Milk shilliq pardasi 
alveolyar suyakka yopishgan qismining balandligi bunday paytda 1-3 mm ga teng 
bo`ladi va dahliz chuqurligi kamayadi. Ovqat chaynash, mimik harakatlar paytida 
milkning qirg`oq va so`rg`ich qismi tish sathidan ajraladi. Yallig`lanish jarayoni 
yuqorida ko`rib o`tilgan yo`ldan boradi va chegaralangan gingivit yoki parodontit 
xastaliklarining yuzaga kelishini ta’minlaydi. 
Tish-jag` sohasining anomaliyalari va deformatsiyalari. Bunday me’yordan 
chetga chiqish hollari bolalapda ko`p uchraydi. Natijada ba’zi bir gurux yoki 
aloxida tishlarga tushadigai bosim (ovqat chaynash paytida, jag`lar yumilganda) 
me’yordan oshib ketadi. Fiziologik faoliyatiing tishlar o`rtasida noto`g`ri 
taqsimlanishi natijasida parodont to`qimasida noxush, chegaralangan patologik 
vaziyat yuzaga keladi. 


108 
Yuqori kurak tishlarining tishlar yoyidan ichkariroqda, tanglay sohasida 
o`sib chiqishi natijasida pastki kurak tishlar ovqatni kesish paytida odatdan 
ko`proq gorizontal bosim qarshiligiga uchraydi. Bu xol shu tishlar atrofidagi milk 
to`qimasida atrofiya belgisini keltirib chiqaradi. Bunday jarayonning uzoq vaqt 
davom etishi pastki kurak tishlarni o`rab turuvchi suyak to`qimasining so`rilishiga 
(rezorbsiya) sabab bo`ladi. 
Oldingi kurak tishlarning haddan tashqari chuqur prikusi natijasida jag`lar 
bir-biriga tegib turganda (og`iz berk holatda), ovqat mahsulotlari tishlab 
kesilayotgan hollarda bu tishlarga me’yordan ortiq og`irlik tushadi. Shu bilan bir 
qatorda milklarning surunkali jarohatlanib turishi kuzatiladi. Yuqorida bayon 
qilingan sabablar tufayli oldingi kurak tishlar atrofini qopla6 turgan milk 
yallig`lanib, uning shishinqirab qizarishi, ya’ni gipertrofik gingivit xastaligi 
kuzatiladi. 
Yana bir me’yordan chetlashish holati tishlarning bir-biriga og`iz 
bekitilganda tegmasligi yoki ochiq tishlar yoyi anomaliyasida faoliyat paytida 
tishlarga fiziologik bosim tushish; tarqalmaydi. Fiziologik jarayonda to`liq ishtirok 
eta olmagan tishlar atrofidagi milk to`qimasida qon aylanishi va oziqlanish 
jarayonlari buzili6, kataral yallig`lanish yoki milk to`qimasining gipertrofiyasi 
sodir bo`ladi. Anomaliya holati bartaraf etilmagan taqdirda, chegaralangan 
parodontit xastaligi rivojlanadi. Oqibatda parodontal cho`ntaklar hosil bo`ladi va 
tishlar qimirlaydigan bo`lib qoladi. Rentgen tasvirida periodontal tirqishning 
kengayganligini va alveolalar o`rtasidagi suyak to`sig`ida, ayniqsa uning o`rta 
qismida suyak to`qimasining siyraklanish (osteoporoz) belgilarini ko`ramiz. 
8-12 yashar bolalarda jag` suyaklari rivojlanishining orqada qolishi 
oqibatida tishlar tig`izligi kelib chiqadi. Natijada bunday holat milkning kataral, 
keyinchalik gipertrofik yallig`lanishiga olib keladi. Ana shunday anomaliyalar 
mavjud bo`lgan bolalarda 13-15 yoshlar atrofida parodontit belgilari paydo 
bo`lganligini rentgen tasvirlaridan bilib olish mumkin. Alveolyar to`siqlarning 
cho`qqi qismida so`rilish (rezorbsiya) sodir bo`lishi oqibatida, ularning o`lchamlari 
pasayadi, parodontal cho`ntaklar hosil bo`ladi. 
Gingivit va parodontitlarni yuzaga keltirishda tish usti karashlari muhim o`rin 
tutadi. Ayniqsa ular tarkibidagi mikroorganizmlar (Str. Sangues, Vas. 
melanogenicus, Astinomyces viskozus va boshqalar). Mazkur mikroorganizmlar 
parodont yumshoq va qattiq to`qimalarida destruktiv jarayonlarni vujudga 
keltirishadi, suyak to`qimasining yemirilishiga olib keluvchi sharoit yaratishadi. 
Ma’lumki bir qator mikroorganizmlar majmuasi bevosita suyak to`qimasi 
osteoklast hujayralarini faollashtirishi qkibatida suyak to`qimasinig so`rilishiga 
olib keladi. Bundan tashqari mikroblar organizmda immunologik o`zgarishlar 
vujudga keltirib, limfotsitlar sensibilizatsiyasi natijasida limfokin ishlab chikilishi 
ham osteoklast hujayralarini faollashtiradi. 
Har qanday patogen mikroorganizmlar chaqirgan yallig`lanishi jarayonidek, 
parodont to`qimalarining ham yallig`alanishi faqat mikroblar mavjudligidan 
tashqari umum organizm qarshilik kuchi bilan ham bog`liqdir. Yallig`lanish 
jarayonining o`tkirligi, klinik, morfologik hususiyatlari va yallig`lanish oqibatlari 
qanday kechishini, organizm reaktivlik holati aniqlab beradi. 


109 
Bugungi kunda zamonaviy ma’lumotlarga tayangan holda parodont 
patogenezini 4 etap-davrga bo`lishi mumkin. 
Birinchi davr-bunda bakteriyalar, ayniqsa Streptococcus mutans va 
zamburug`lar pellikkula bilan qoplangan tish yuzasiga juda jips yopishib 
koloniyalar hosil qilishadi. Shundan so`ng boshqa mikroorganizmlar qo`shilishi, 
ularning o`sib ko`payishi, tish karashning hajmini har taraflama oshishi, shu 
jumladan tish ildiziga qarab siljib ko`payishi kuzatiladi. Milk suyuqligi o`sish va 
xemotaksis faktorlari aerob va anaerob mikroorgnizmlarni milk-tish egatchasiga 
migratsiyasini (initilishini) ta’minlaydi. Bu mikroorganizmlar tish bo`yin qismi 
sathiga, cho`ntaklar epiteliysiga yopishib olib, milk suyuqligini oqishiga to`sqinlik 
qila boshlashadi. 
Ikkinchik davr-mikroblar invaziyasi davri bo`lib, bunda patogenlashgan 
infeksiya yoki ular toksini milk shilliq qavatiga botib kirib, xatto alveola suyak 
usti pardasigacha yetib borishadi. 
Uchinchi davrda-bu patogen mikroblar ular toksinlari ta’sirida to`qima 
hujayralarining o`limi, parchalanishi bilan tavsiflanadi. Bu davrda ikki xil 
mexanizm ishga tushishini hisobga olmoq lozim: a) mikroorganizmlar yoki ular 
hayot foliyati natijasida ajratgan mahsulotlarning bevosita ta’siri; b) 
organizmning umumiy reaktivligidan kelib chiqqan bilvosita ta’sirotlar. Bevosita 
ta’sir bu-ekzotoksinlar va gistolitik fermentlar (bakterial kollagenaza) ta’sirida 
to`qimaning erishi va destrukiyasidir. Bundan tashqari baktriyalar ishlab chiqqan 
vositalar organizmda toksik mahsulotlar ishlab chiqilishiga va ular ta’sirida ham 
to`qimalar parchalanishi, o`limi, sodir bo`lishi mumkin. Misol uchun, tish 
karashlari bakteriyalari ajratadigan ekzotoksinlar makrofaglar faollashuviga turtki 
bo`lib, natijada ular kollagenaza fermentini ishlab chiqarishadi va to`qima erib, 
parchalana boshlaydi. 
To`rtinchi davr-to`qimalarning tiklanish davri. Parodont shilliq pardasi 
tiklanib, epitilizatsiya jarayoni faollashadi. Bu davrda gistologik va klinik 
ma’lumotlar parodont yallig`lanishi davrida o`tkirlashuv va yaxshilanish fazalari 
bir necha bor almashinuvi mumkinligini ko`rsatadi. Tuzalish (remissiya) fazasida 
yallig`lanish kamayishi, milk, to`qimasini kollagen tolalar yordamida tiklanishini 
(fibroz milk), shu bilan bir qatorda alveolyar suyak ustida rentgan tasvirlarda 
suyak to`qimasining me’yoriy buzilishlari, strukturalar soyasida o`zgarishlar 
mavjudligi seziladi. 
Parodont yallig`lanishi patogenezidagi yuqorida zikr etilgan davrlarni har 
doim aniq ajratib bo`lmaydi. Sababi: 
a) mikroorganizmlarning karashlar ustida koloniya hosil qilishi barcha 
davrlarda davom etadi; b) mikroorganizmlar invaziyasi va to`qimalar 
parchalanishi bir vaqtda davom etishi mumkin; v) mikroblarni to`qimaga botib 
kirishini ta’minlovchi faktorlar (milk o`tkazuvchanligini oshishi) parodontit kelib 
chiqishida muhim o`rin tutsa kerak. Parodont to`qimasining tiklanish davri 
boshqalardan aniq ajralib turadi va to`qimalar strukturasini buzilishi davridan 
so`ng sodir bo`ladi. 

Download 7,81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   250




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish